Ta’limdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, ishlab chiqarishda va
umuman jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni ko‘zgudagidek aks
ettiradi. Unda asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli va zaif
tomonlarni, imkoniyatlarni va tahdid soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun
foydalaniladigan omillar ta’lim sohasiga ham joriy qilinadi.
Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga
imkon beradi va oqilona o‘zgarishlarga ko‘maklashadi. Tashkilot strategiyaga
ega bo‘lmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul
vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning
еtakchi maqsadlari ta’lim tashkilotini rivojlantirishning muayyan vaqt oralig‘iga
mo‘ljallangan umumiy dasturini ishlab chiqish bilangina emas, balki ushbu
ta’lim tashkiloti ko‘rsatadigan ta’lim xizmatlarining eng muhim yo‘nalishlarini,
shuningdek, bu yo‘nalishlarning istemolchilar ehtiyojlariga nechog‘li mosligini
tushunib olish va ularni qayta ko‘rib chiqish bilan ham belgilanadi.
Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning ma’lum bir majmuini
ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi. Ularning ro‘yxati quyidagicha
bo‘lishi mumkin:
Garchand nazariyadan amaliyot sari ishlash oqilona yo‘l bo‘lsada, strategik
rejalashtirishga kirishayotib rioya qilish lozim bo‘lgan xatti-harakatlar majburiy
izchilligi mavjud emas. Biroq kelajakni rejalashtirishda tizimli yondashish
nihoyatda muhim. Strategiya istemolchilarning turli guruhlari ehtiyojlariga
tayanishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda bosh maqsadni belgilab beradigan
hamda umuman nuqtai nazarni kengaytiradigan siyosat va rejani tuzish zarur.
Strategik rejalashtirishda harakatlarning muayyan izchilligi bo‘lishi mumkin.
151
Ta’lim tashkilotining bosh maqsadi uning yo‘nalishini, boshqalardan farqini
belgilab beradi. Bosh maqsadning ushbu ta’lim tashkilotining barcha
imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishga imkon beradigan zarur
harakatlarga o‘tishini ta’minlash juda muhim. Ular o‘z sohasining
peshqadamlaridan bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganliklarini, odatda, istar-istamas
oshkora e’lon qiladilar. Ular, bu holda, mag‘lubiyatga uchrash ehtimolidan
cho‘chiydilar. Siz asosiy maqsadni aniqlar ekansiz, uzoq muddatga
mo‘ljallangan, aniq ifodalangan sifat strategiyasiga tayansangiz, bu hol, albatta,
aks etishi lozim. Ta’lim tashkilotini vazifalarining asosiy qoidalarini
belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur:
-yodda oson saqlanishi;
-oson ommalashishi;
-tashkilotning nima bilan shug‘ullanishi aniq belgilanishi
-sifatni oshirishga qo‘shilgan hissa darajasi;
-tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari to‘g‘risida nizom bo‘lishi;
-isteomolchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi;
-moslashuvchan bo‘lishi shart.
Ta’lim tashkiloti qadriyatlarni o‘zi aniqlab olishi zarur, ammo ular quyida
tavsiya qilinadiganlardan aksariyatini o‘z ichiga olishi mumkin:
-ta’lim oluvchilar (magistr, talaba)ni birinchi o‘ringa qo‘yamiz;
-kasbiy halollikni yuqori darajada tutgan holda ishlaymiz;
-yagona jamoa bo‘lib ishlaymiz;
-doimiy yaxshilanishga (taraqqiyotga) intilamiz;
-barchaga teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlaymiz;
-ta’lim xizmatlarining eng yuqori sifatini ta’minlaymiz.
Nuqtai nazar, vazifa va qadriyatlar aniqlangach, ularni erishish mumkin bo‘lgan
maqsadlar bilan bog‘lash kerak. Ular o‘lchanadigan bo‘lishi juda muhim, ya’ni
ularning yutuqlari natijasini muntazam ravishda baholab turish mumkin bo‘lishi
lozim. Shunday qilib, maqsadlar haqiqiy va erisha oladigan bo‘lishi kerak.
152
Ehtimol tutilgan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va
omadsizliklarni tahlil qilish strategik rejalashtirishning zaruriy bosqichi
hisoblanadi. U ta’lim tashkilotining imkoniyatlarini aniqlashning samarali
vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Unda ikkita tarkibiy qismni, ya’ni, ob’ekti ta’lim tashkilotining o‘z faoliyati
bo‘lgan ichki tahlilni va uning faoliyatidagi tashqi vaziyatlar tahlilini ajratib
ko‘rsatish mumkin. Kuchli va zaif tomonlarning nisbatini, mohiyatan, ta’lim
tashkiloti samaradorligining ichki auditi deyish mumkin. Imkoniyatlar va
ehtimol tutiladigan xavf-xatarlar jihati esa ta’lim tashkiloti ish olib boradigan
sharoitdagi tashqi vaziyatlarga tegishlidir.
Bu tahlilning maqsadi — afzallikni kuchaytirib, nuqsonlarni mumkin qadar
kamaytirish, xavf-xatarni susaytirib, yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat.
Agar tahlilni ham istemolchilarning talablariga, ham ta’lim tashkilotining talab
bozorida raqobatlashish imkoniyatlariga qarasak, tahlilning samaradorligini
oshirish mumkin bo‘ladi. Bular uzoq muddatli korporativ strategiyani
yaratishda ikki asosiy soha hisoblanadi. Ta’lim tashkiloti strategiyasi ta’lim
tashkilotining raqobatbardoshliligini oshirib, istemolchilarni o‘ziga jalb etishini
maksimal darajada kuchaytiradigan tarzda ishlab chiqilishi lozim.
Agar bu ahloq – odab va qadriyatlarni o‘rganish bilan qo‘shilsa, u holda ushbu
tashkilotning raqobatchilaridan farqini belgilab olish mumkin bo‘ladi.
Tashkilotning farqli hususiyati belgilab olingach, uning uchun sifat
tavsifnomasini aniqlash ancha oson bo‘ladi.
Ehtimol tutilgan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va
muvoffaqiyatsizliklarni tahlil qilish natijalari quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin:
Ijobiy omillar:
o‘quvchilarning ko‘p miqdorda qabul qilinishi;
ijodiy boshqaruv ishi;
imtihonlarning ijobiy natijalari;
kuchli musiqa va san’at kafedralari;
153
ota-onalarning kuchli ko‘magi;
hokimiyat organlarining qo‘llab-quvvatlashi.
Salbiy omillar:
eski, xarob bino;
xodimlarning yoshi (o‘rta va katta yoshdagilarning ko‘pligi);
byudjetning ozligi;
uskuna va jihozlar kamligi.
Istiqbollari:
yaxshi еrda joylashgan, o‘zi kabi yuqori obro‘-e’tiborga ega
bo‘lgan qo‘shni ta’lim tashkiloti bilan qo‘shilish;
predmet bo‘yicha olimpiadalarda va sportda obro‘-e’tibor qozonish;
qo‘shilish va yangi tashkilot hosil bo‘lishi natijasida umumiy
yuksalish;
taklif qilinadigan ta’lim xizmatlari sonini ko‘paytirish uchun
xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish imkoniyati;
birlashgan tashkilot qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishi
mumkin.
Muvoffaqiyatsizliklar:
o‘z qiyofasini, ustunliklarini va obro‘-e’tiborini yo‘qotish xavfi;
vaqtidan ilgari nafaqaga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan tajribali
o‘qituvchilarni yo‘qotish xavfi;
boshqa ta’lim tashkilotining muhiti ustun bo‘lib qolishi;
ba’zi bir hokimiyat vakillarining qo‘llab-quvvatlashlaridan mahrum
bo‘lish ehtimoli.
Muvoffaqiyatning tanqidiy omillari (MTO) — bu, agar ta’lim tashkiloti
istemolchilar talablarini qondirishga va bosh vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan
bo‘lsa, u erishishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ular strategiyaning
navbatdagi bosqichi bo‘lib, ta’lim tashkilotining asosiy tavsifi yo‘nalishini
belgilab beradi.
154
Ular faoliyat ko‘rsatkichlari (FK) bilan, juda bo‘lmasa ham, o‘xshash. Farqi
shundaki, faoliyat kursatish, odatda, muvoffaqiyatning tanqidiy omillaridan
kelib chiqadi va ta’lim tashkilotining asosiy vazifasiga yoki istemolchilar
talabiga doim ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’lluqli bo‘lavermaydi.
Dostları ilə paylaş: |