157
beradigan qarorlarni qabul qilishlari hamda ularni amalga oshirsh uchun turli
tadbirlarni amalga oshirshlari zarur.
Ta’lim muassasalarini boshqarishni ilmiy asosda tashkil etishda quyidagi
keltirilgan muammolarni inobatga olish va ularni ijobiy yechimlarini topish
boshqaruv faoliyatida samaradorlikka erishishning asosiy sabablaridan biri
sifatida xizmat qiladi:
-ta’lim muassasalarini boshqarish jarayonida innovatsion tuzilishga ega bo‘lgan
murakkab pedagogik tizim sifatida yondashish;
-rahbarning boshqaruv madaniyati, shaxslararo munosabatlar hamda tarbiyaviy
munosabatlarni ilmiy asoslangan tamoyillar asosida shakllantirish;
-ta’lim tashkilotining innovatsion faoliyati jarayonida rahbarning kasbiy
mahorati va o‘zi haqidagi fikrlariga ilmiy yondashish;
-ta’lim tashkilotlarini boshqarish jarayonida innovatsion yondashuvlarning
natijalari bo‘yicha teskari aloqani yo‘lga qo‘yish.
Boshqaruv samaradorligiga erishish uchun ta’lim tashkiloti rahbarlari
muassasaning asosiy maqsadlari yo‘nalishida strategik rejalashtirish sirlarini,
boshqaruv usullari, metodlari hamda tamoyillari, innovatsion texnologiyalarni
bilishi va bular asosida jamoaning integrativ faoliyatiga murakkab pedagogik
tizim sifatida yondashuvlarga yo‘naltirilgan innovatsion faoliyatni tashkil etishi
zarur hisoblanadi.
Aniqlashtirilgan o‘quv maqsadlari (talabaning vazifalari). Talaba ushbu
mavzuni to‘la o‘zlashtirgandan so‘ng boshqaruv tamoyillari va usullari,
rahbarning vakolatlari, rahbarning ish vaqtini rejalashtirish, boshqaruv
mexanizmi, ishontirish mexanizmi, bo‘ysinuvchi shaxslar bilan munosabatlar,
rag‘batlantirish, rag‘batlantirish tarkibi, mexanizmi va nazoratini o‘rganadilar.
Dostları ilə paylaş: