145
Ilg’or firmalarda burch qoidasi asosan aniq faoliyat yo‘nalishiga va
xizmatchilarning ahloq mehyorlariga ega bo‘lishiga imkon yaratadi. Firmaning
asosiy maqsadi qandayligiga qarab rivojlanishning eng yaxshi muqobilligini
tanlash mumkin.
Firma va korporatsiyaning portfel strategiyasini ishlab chiqishda ikkinchi vazifa
bo‘lib, rejalashtirish hisoblanadi. U qimmatbaxo qog‘ozlar, tashkilot xujjatlari,
buyurtmalar portfeli tushunchasi bilan nomlanadi. Portfel strategiyasi bu
firmaning asosiy va umumiy maqsadlarni ishlab chiqishdir. U ikkita
ko‘rsatkichni o‘z ichiga qamrab oladi.
1.Firma taraqqiyotini asosiy yo‘nalishlarini aniqlash.
2.Firma faoliyatini bosh, umumiy maqsadlarini ifodalash va belgilash.
Vazifa tanlashga o‘xshab, portfel strategiyasini tanlash ham firmaning oliy
menedjer korpusining vazifasi hisoblanadi. Shu bilan birga u to‘g’ridan-to‘g’ri
yoki bevosita firmaning boshqaruv faoliyatini o‘rta va quyi saviyalari bilan
yaqin bog‘laydi, chunki portfel strategiyasini shakllantirish faqat tashkilotning
ichki va tashqi omillari haqidagi mahlumotlar olinganda mumkin bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: