126
faoliyat turiga muvofiklikni belgilovchi shaxsning xususiyati. Bu shaxsning
bioijtimoiy o‘ziga xosligi, uning takrorlanmasligi.
Ayni shu turli individual xususiyat (jo‘shqinlik)ga ega shaxslar bilan
rahbarning ishlashiga to‘g‘ri keladi. Jo‘shqinlik turini bilish unga
muayyan shaxsga u yoki bu faoliyat talabi bilan to‘g‘ri yondashishga,
muomalaning ayni bo‘lgan shakl va usullarini tanlash, jamoani uyushtirishga
imkon be-radi.
Jo‘shqinlikni quyidagi turlari bir-biridan farq qiladi:
sangvinnik,
flegmatik, xolerik, melanxolik.
Sangvinik: odamlar bilan tezda chiqishib ketadi va ular bilan faol
aloqaga kirishadi; bir taqliddagi ishlarni yotirmaydi va bir tur faoliyatni
boshqa tur faoliyatga oson almashtiradi; serzavq, o‘z hissiyotlarini oson
boshqaradi va yangi sharoitga tezda moslashadi. Baland ovozda, tez va dona-
dona qilib gapiradi, nutqiga ifodaviy xatti-harakat va imo-ishoralarni qo‘shib
yuboradi. O‘z aqliy qobiliyatiga nisbatan mulozamatlarga farqsiz emas.
Dostları ilə paylaş: