Ta’lim sifatini boshqarish jarayonini loyihalashtirish
Ta’lim tashkilotlarida boshqaruv faoliyati muammolarini oldindan
konseptual tarzda ishlab chiqish ta’lim sifatini boshqarish tizimini
loyihalashtirishning invariant asosga ega bo‘lgan jarayonini ko‘rib chiqishga
o‘tish imkonini berdi. Bu turli ta’lim tashkilotlarida undan foydalanish imkonini
yaratdi.
Eng avvalo, har bir konkret holda boshqaruv jarayoniga va uning
yakunlariga ishning mavjud aniq ahvol, ta’lim tashkiloti hayot faoliyatining
o‘ziga xos xususiyatlari, uning rahbarlarining individual fazilatlari va boshqa
omillar katta tahsir ko‘rsatishi mumkinligini ta’kidlab o‘tamiz. Shu bois ta’lim
sifatini boshqarishni tizimli yondashuv asosida loyihalashtirish yo‘llarini ko‘rib
chiqqan holda, boshqaruv tarkibining standart, qat’iy tartibga solingan harakat
dasturini bermaslikka intilamiz.
Bizningcha, ta’lim tashkiloti boshqaruv xodimining e’tiborini «ta’lim
tashkilotida ta’lim sifatini boshqarish tizimini tahlil qilishning morfologik,
tarkibiy,
funksional
jihatlarini,
boshqaruv
jarayonlarining
еtakchi
yo‘nalishlarini, ularni amalga oshirish shakllari va usullarini egallashga qaratish
muhimdir.
Ta’lim sifatini boshqarish jarayonini tadqiq qilishning morfologik jihati
122
uni tarkibiy qismlarga, elementlarga ajratishni hamda asosiy xususiyatlari va
sifatlarini tegishli ravishda ham miqdor, ham sifat jihatidan tavsiflashni ko‘zda
tutadi. Bunda, eng avvalo, zikr etilgan tizim sifatini va uning yaxlitligini
belgilovchi omillarni hisobga olish muhimdir.
Obyektni shu tarzda o‘rganishning asosiy vositasi dekompozitsiya metodi
hisoblanadi.
Tizimli tahlil sxemasiga muvofiq, tadqiqot predmeti morfologik
tavsiflangandan keyin uning tarkibiy tahlili bajariladi. Rahbar ushbu bosqichda
qismlar va elementlarning o‘zaro aloqalari va munosabatlarini aniqlaydi va
integrativ natijani belgilaydi.
Tuzilmani tavsiflash uchun ta’lim sifatini boshqarish jarayonining
maqsadlari va pirovard natijasini aniq tasavvur etish, uni tashkil qiluvchilarni
ajratib, ularni barcha o‘zaro aloqalarda tadqiq qilish, boshqaruv sifatini
o‘zgartirishdagi rolini ko‘rsatish kerak. Boshqaruv xodimi, ta’lim sifatini
boshqarish tuzilmasini tahil qilar ekan, kuchli va zaif o‘zaro aloqalarni, ularning
tavsifiy belgilari va xossalarini, ta’sir ko‘rsatish zarur bo‘lgan aloqalarining
turlarini aniqlaydi, asosiy muammolarni belgilaydi. Ta’lim sifati ko‘p jihatdan
uning tuzilmasiga bog‘liqligini e’tibordan chiqarmaslik kerak.
Ta’lim tashkilotida sifatni boshqarish tizimini funksional tadqiq qilishda
boshqaruv xodimi qanday qilib tizim shunday holga tushib qolganligi
sabablarini aniqlaydi. Bu еrda funksiyalarning o‘zaro harakatini aniqlash, ushbu
tizimdagi ana shu tarkibiy qismlarning har birining, shuningdek, tizim barcha
elementlarining ahamiyatini belgilash kabi murakkab vazifalarni hal qilish lozim
bo‘ladi. Bunda elementlar va kichik tizimlar o‘z funksional vazifalarini
bajarayotgan yoki bajarmayotganligi hamda ularning umuman tizimga qanday
ta’sir ko‘rsatayotganligi aniqlanadi. Ma’lumki, bitta bo‘lsada, funksional
aloqaning yo‘qligi, o‘zaro aloqalarning buzilishi tizimning buzilishiga olib
keladi.
Ta’lim tashkilotida sifatni boshqarish muammosini genetik tadqiq qilishda
123
boshqaruv xodimi ta’lim sifatini boshqarish jarayonining o‘tmishdagi, bugungi
kundagi va kelgusi holati o‘rtasidagi aloqani aniqlaydi. Tizimning aynan genetik
xususiyatlari tizim ichidagi aloqalarni, shuningdek, uning tashqi muhit bilan
aloqasini shart qilib qo‘yadi.
Tizimni tahlil qilish texnologiyasi ancha murakkab, ammo boshqasi ham
ayon. Tizimli tahlil boshqaruv faoliyati holatini organik birlikda, tarkibiy
qismlarining aloqalari va o‘zaro aloqalarini bilish, ushbu holat sabablarini
obyektiv aniqlash, keyingi rivojlanish istiqbolini ko‘rish imkonini beradi.
Ta’lim sifatini boshqarishda asosiy e’tibor loyihalashtirish faoliyatiga
beriladi. Bu sifatni boshqarish metodologiyasi tomonidan ko‘zda tutilgan -
bunda sifat tadqiq qilish va loyihalashtirish, rivojlanish dasturlari va
konsepsiyani ishlab chiqish bosqichida qo‘yilishi kerak.
Sifatni boshqarish sohasi mutaxassislari mahsulot yoki xizmatlar sifatini
loyihalashtirishda ustuvorlik ishlab chiqarish bosqichigacha beriladi, deb
ta’kidlamoqdalar. Bunga tadqiqotlar, loyihalashtirish va ishlanmalar bilan
bog‘liq faoliyat kiradi, ya’ni ushbu bosqichlarda sifat asoslariga zamin
tayyorlanadi (A. T. Kurakin, I. G. Leonov, L. I. Novikova).
Tadqiqotlar ishlab chiqarish (ta’lim) jarayonlariga loyihalashtirish sifati
kuchli ta’sir etishini ko‘rsatadi. Pedagogikaga oid adabiyotlarda loyihalashtirish
deganda bo‘lg‘usi ishlarning taxminiy variantlarini tuzish va uning natijalarini
bashorat qilish tushuniladi. Ta’lim tashkilotida sifatni boshqarishning ilmiy
tashkil etilishi loyihalashtirish bosqichlarini aniq maqsadga yo‘naltirilgan holda
va batafsil ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Bunda sifatini oshirish, buning uchun
tegishli shakl va metodlarni tanlashga doir konkret vazifalar va chora-
tadbirlarning asosiy tarzda tushuntirish va belgilanishini nazarda tutiladi.
Boshqaruv xodimlari faoliyati dasturi «rejali faoliyatning umumiy
strategiyasini belgilab beradigan tamoyillar tizimi» bo‘lmish dasturli-maqsadli
yondashuv asosida ishlab chiqiladi (A. T. Kurakin, L. I. Novikova). Dasturli-
maqsadli yondashuv aksariyat tadqiqotchilar (V. G. Afanasev, Ye. P. Golubkov,
124
Yu. A. Konarkevskiy, I. S. Ladenko, G. A. Tulchinskiy, I. K. Shalaev va
boshqalar) tomonidan tizimli yondashuvni aniqlashtirish sifatida ko‘rib
chiqilmoqda. Masalan, birovlar ushbu yondashuvni boshqaruv faoliyatiga
tatbiqan pirovard natijaga yo‘naltirilgan maqsadli dasturni ishlab chiqish sifatida
tavsiflashsa
(I. S. Shalayev),
boshqalar
dasturlarning
shakllantirilishini
boshqaruv
jarayonlarining
rejalashtirilishidan
iborat
deb
hisoblashadi
(I. S. Ladenko, G. L. Tulchinskiy).
Dostları ilə paylaş: |