O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

Nazorat savol va topshiriqlar: 
1. Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Boshqaruv tizimi qanday tizim? 
3. Oliy ma’lumotli mutaxassislardan samarali foydalanish uchun nima kerak? 
4.Ta’lim tizimida qanday usullarini bilasiz? 


85 
Adabiyotlar ro’yhati: 
1. Sh.M. Mirziyoyev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy 
javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: 
“O‘zbekiston”. – 2017.– 102b. 
2. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan 
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b. 
3. 
Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: 
Turon-Iqbol, 2006. – 592 b. 
4. 
Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-
nashriyot¸ 2006. -259 b. 
5. 
Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 
boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006. 
8-МАVZU: SIFATNI TOTAL (OMMAVIY) BOSHQARUV TIZIMI. 
 
Tayanch tushunchalar: test, loyixalash, sifat, kafolat, strategiya, DTS, 
ta’limni rejalashtirish, loyixalash, yangi usul. 
Ta’lim sifatini loyihalash. U sifatni boshqarish jarayoniga asos bo‘ladi. 
Bu funksiya iste’molchilarning malakali kadrlarga bo‘lgan talabini muntazam 
o‘rganish, mutaxassislar, standartlar modelini tahlil qilish negizida amalga 
oshiriladi. Buning uchun ta’lim sifatini tavsiflovchi muayyan ko‘rsatkichlarning 
shakllantirilgan tizimi bo‘lishi zarur. Barcha ish sifatni o‘lchash va baholashning 
miqdoriy uslublariga asoslangan bo‘lishi lozim. 
Ta’lim sifatini monitoring qilish, ya’ni ta’lim tizimining amal qilish 
jarayonini muntazam kuzatish, uning ahvolini kuzatib borish. Bunday kuzatish 
natijalari ta’lim sifatini ob’ektiv baholash hamda pedagoglar jamoasi 
faoliyatining keyingi yo‘nalishini bashorat qilish imkonini beradi. 
Ta’lim sifati tizimini (sifat kafolatini) ta’minlash. Bunga boshqaruv 


86 
xodimi tomonidan tashkiliy tuzilmani yaratish, majburiyatlar va mas’uliyatni 
taqsimlash, o‘qitishning tegishli metodikalarini, texnologiyalarini tanlash, 
moddiy va moliyaviy zaxiralardan samarali foydalanish, pedagogik jarayonni 
amalga oshirish singari tadbirlar kiradi. Boshqaruv xodimining mas’uliyati va 
rahbarlik roli sifat tizimini ta’minlashning zaruriy shartidir. 
Boshqaruv xodimlarining sifatni shakllantirish omillariga ta’sirini sifatni 
boshqarishning muhim funksional elementlariga kiritish mumkin. 
Quyida kasb-hunar ta’limi sifatini boshqarishning yo davlat darajasida 
yoki idoralararo va tarmoq darajasida amalga oshiriladigan ayrim jihatlari 
keltiriladi. 
Kasb-hunar ta’limi sifatini kafolatlash — TM bilan ta’lim oluvchi 
o‘rtasidagi bitim (kelishuv) asosida rejalashtirilgan va erishilgan natijalarni 
ta’minlash. Bu qabul qilingan DTS, ISO me’yorlari, shuningdek, natijalar va 
normativlarga yo‘naltirilgan yondashuvlarga (EN 450) bog‘liq. 
Sifatni kafolatlash barqaror natijalarga erishishga qaratilgan siyosatga 
xizmat qiladi. U ta’lim oluvchi natijalarini baholash xususiyatiga ta’sir 
ko‘rsatadi. 
Sifatni kafolatlash ta’lim jarayonini shakllantiruvchi sifatlar parametri 
negizida yotadi. 
Bugungi kunda sifatni kafolatlashga bitiruvchilarning malaka standarti 
talablariga muvofiqligini nazorat qilishdan ko‘ra ko‘proq baholash strategiyasi 
orqali erishiladi. 
Sifatni kafolatlash TM xodimlarini ixtisoslashtirish va yuqori malakali 
o‘qituvchilar hamda boshqaruv xodimlari tomonidan amalga oshiriladigan yaxlit 
ta’lim jarayoni sifatini oshirish muammosini oldingi qatorga chiqaradi. 
Sifatni kafolatlash sifatni boshqarishga qo‘yiladigan muhim talabga 
aylanadi. Biroq sifatni boshqarish og‘ishlarni aniqlashdan ko‘ra ko‘proq ularni 
bartaraf etishga taalluqlidir. 
Sifatni boshqarish maqsadi — sifatni kafolatlash talablarini bajarish, 


87 
shuningdek, ta’lim parametrlarini o‘zgartirish foydasiga xalqaro va davlat, ichki 
hamda tashqi darajalarda miqdoriy va sifatiy baholashga ta’sir ko‘rsatish 
vositasida faoliyat barqarorligini oshirish. 
Sifatni kafolatlashda bu sohadagi xalqaro tajriba hisobga olinadi hamda 
milliy darajadagi ta’lim tashkilotlarini, shuningdek, davlat amaldorlari va 
boshqa manfaatdor ishtirokchilarni o‘z faoliyatini xalqaro standartlar bilan 
qiyoslash yo‘li bilan baholashga undaydi. U ishga joylashish sifatini aniqlash, 
ochiq-oydinlikni ta’minlash va faoliyatning xilma-xil turlarini qiyoslash uchun 
muhim. Shu bois, u ayni mahalda maqsad, jarayon hamda natija sifatida voqe 
bo‘ladi. 
Sifatni kafolatlash talablari ta’lim jarayonini o‘zgartirishni yuksak 
darajada rag‘batlantiradi. Sifatni kafolatlash bilimlarning faqat o‘qituvchilar 
tomonidan berilishi strategiyasi o‘rniga innovatsion ta’lim sohasidagi 
kashfiyotlar strategiyasiga afzallik bergan holda ta’lim jarayonini qo‘llab-
quvvatlaydi. 
Sifatni kafolatlash sohasidagi hozirgi siyosat yangi bilim olish jarayoniga 
asoslanadi, bunda ushbu jarayonni belgilovchi o‘quvchining pozitsiyasi faol 
bo‘ladi. O‘qitish ko‘proq tadqiqotchilik faoliyati va uni yangi texnologiyaga 
tayangan holda qo‘llanish bilan bog‘liq. 
Sifatni kafolatlash ta’lim olayotganlar, o‘qituvchilar, shuningdek, ta’lim 
sohasidagi mas’ul hokimiyat tuzilmalariga ta’limning konkret natijalarini 
umumiy va ochiq mehnat bozori doirasida olingan natijalar bilan qiyoslash 
imkonini beradi. 
Davlat tomonidan tizimning manfaatdor ishtirokchilari bilan birgalikda 
kasb-hunar ta’limida sifatni kafolatlash tizimi joriy etilishi bilan sifatni 
ta’minlashning malaka standartlari asosida yangicha markazlashuvni TM 
darajasida markazlashuvdan chiqish talablari bilan qo‘shib olib boruvchi tizim 
yaratildi. 
Ta’lim sifatini kafolatlashni ta’minlashga institutsional yondashuv. Ta’lim 


88 
sifatini kafolatlashni ta’minlashga bunday yondashuv ta’lim tashkilotining 
tuzilishi, tashkil etilishi va faoliyatini takomillashtirishga asoslangan. 
O‘quv rejalari va ta’limga tegishli xarajatlarni; ta’lim olayotganlarni 
baholash vositalari va sertifikatsiyalashni; o‘qituvchilar, kuratorlarning 
mosligini baholashni; uskunalar va xonalarning muvofiqligini baholashni 
me’yoriy hujjatlar va standartlar belgilab beradi. 
Butun institutsional jarayonni (ta’lim berishni rejalashtirishdan tortib uni 
amalga oshirishgacha) baholash uchun qator mezonlar mavjud bo‘lib, konkret 
ta’lim tashkilotining ta’lim xizmatlari bozoriga muvofiqligini ular bilan 
qiyoslash orqali amalga oshiriladi. Ularga quyidagilar kiradi: 
 o‘quv rejalari, DTSda sanab o‘tilgan sohalarga o‘qitish nuqtai 
nazaridan; 
 o‘qituvchilar, ma’muriy va yordamchi tarkibning yuqori kasb 
mahorati; 
 ta’lim jarayonining mazmunini muvofiqlashtirish va ta’lim 
oluvchilarni korxonalarga ishlab chiqarish amaliyotiga yo‘llash 
uchun TMning ish beruvchilar bilan o‘zaro munosabati; 
 kasb-hunar tayyorgarligi maqsadlari yo‘lida uskunalarning 
yaroqliligini tekshirish; 
 ta’lim oluvchilarni tanlash jarayoni; 
 malaka imtihonlarini o‘tkazishni tashkil qilish — bitiruvchilarni 
olgan ixtisosi bo‘yicha ishga joylashtirish. 
Institutsional yondashuvda sifatni baholash ta’lim berish tugab, bitiruvchi 
ishga joylashgandan keyingina (yoki ishga joylashish imkonsiz bo‘lsa) to‘la 
o‘tkazilishi mumkin. Kasb-hunar ta’limi sifatini nazorat qilish an’anaviy 
metodlar bilan, ya’ni erishilgan natija rejalashtirilgan talablarga muvofiqligini 
yakuniy tekshirish orqali amalga oshiriladi (bunda institutsional tayyorlashda 
jarayonni 9000 me’yorga yo‘naltirgan holda ISO standartlaridan ko‘proq 
foydalanilishigina yangilikdir). 


89 
Natijalar sifatiga asoslangan yondashuv. Bizning davrimizda rivojlangan 
mamlakatlarda sifatni kafolatlash bilim asosida yondashuv orqali amalga 
oshiriladi. 
Diqqat markazida ta’lim jarayoni emas, balki ta’lim oluvchilar namoyish 
etgan kasb-hunar bilimida ifodalangan natijalarni baholash turadi. 
Bilimni, u qaerda egallanganidan qat’iy nazar, namoyish etish mumkin. 
Ushbu konsepsiyaning mohiyati bilimni baholash maqsadida uni namoyish 
etishdadir. 
Yondashuv bilimni namoyish etishni o‘quv dasturi tarkibidan ajratib 
turadiki, bilim ushbu dastur jarayonida egallangandir. Yondashuv: 
 individ biron-bir ishni bajarish yoki ishlab chiqarish jarayonidagi 
real vaziyatda natijaga erishish mahoratini namoyish etishini; 
 ta’lim berish istalgan joyda (korxonada, o‘quv yurtida, jamoat 
tashkilotida) o‘tkazilishini; 
 baholash ta’lim beriladigan joy bilan bog‘liq bo‘lmagan uchinchi 
tomondan (imtihon qiluvchi organ) bajarilishini; 
 sertifikat beruvchi tashkilot hech kimga afzallik bermagan holda 
barcha tomonlarning manfaatlarini teng darajada ifodalashini 
nazarda tutadi. 
Ta’lim sifatini nazorat qilish va baholash. 
Baholashni ta’lim tizimi strategiyasi muvofiqligining, samaradorligining 
va uni ro‘yobga chiqarishning keyingi tahlilini maqsad qilib qo‘ygan jarayon 
deb belgilash mumkin. 
Baholashning muhimligi u yuz berayotgan o‘zgarishlarni monitoring 
qilish, tizimning hamda uning tarkibiy qismlarining kuchli va zaif tomonlarini 
imkon qadar ilk bosqichda aniqlash uchun hamda ushbu tizimning samarali 
(samarasiz) amal qilishini, sabablari bilan birga, tavsiflash uchun xizmat 
qiladigan vosita ekanligidan kelib chiqadi. 
Muvaqqat ko‘rsatgichlar nuqtai nazaridan qaraganda, baholashdan 


90 
maqsad — o‘tgan faoliyatnigina emas, balki joriy faoliyatni ham baholash, 
shuningdek, istiqbol uchun tavsiyalar ishlab chiqishdir. Ustiga ustak, baholash 
turli vaqtlarda va turli mintaqalarda amal qilib turgan xilma-xil tizimlar hamda 
ularning tarkibiy qismlarini qiyoslash uchun muhim vositadir. 
Baholash protsedurasi boshqarish hamda rejalashtirishning qudratli 
mexanizmidir, chunki u strategik qarorlar qabul qilayotgan shaxslarga o‘zlari 
tanlagan narsani tashkiliy va ta’lim darajalarida tekshirishga ko‘maklashadi. 
Baholash ta’lim tizimining umumiy rivojlanishi uchun hayotiy zarurat. Baholash 
auditoriya, alohida o‘quvchining faoliyatini baholash doirasidan ancha tashqari 
chiqadi va umuman butun tizimni qamrab oladi. 
Baholashdan maqsad — ta’lim tizimi va uning tarkibiy qismlari DTS 
asosida tavsiflanishi mumkin bo‘lgan ko‘rsatkichlarning umumiy shkalasini 
ta’minlash. Shu ma’noda baholash jarayoni ta’lim tizimlarini qiyoslash va 
ularning tarkibiy qismlarini vaqt, mintaqa yoki konseptual ko‘rsatgichlar 
bo‘yicha baholash uchun zarur ma’lumotlar taqdim etadi. 
Sifatni kafolatlashning yana bir jihati ta’lim oluvchilar uchun ta’lim 
sifatining yuqori darajasini ta’minlashdir. Masalan, ISO standartlari va ta’lim 
natijalarini baholashning o‘zgarib borayotgan tizimlari yordamida individual 
o‘quv faoliyati natijalarini sifatni kafolatlashga urg‘u bergan holda baholashning 
yangi tizimi rivojlanmoqda. Ta’lim xizmatlarining standartlarga muvofiqligini 
nazorat qilish va baholash bilan birga, tayyorlash ishini amalga oshirayotgan 
pedagog xodimlar yuqori malakali va yaxshi shakllanganligiga ishonch ham 
bo‘lishi zarur. Bunda sifatni boshqarish faoliyati og‘ishlarni aniqlashga 
qaratilganidan ko‘ra ko‘proq sharoit yaratishga (standartlardan og‘ishning oldini 
olishga) qaratiladi. Bu strategiya TIMSS, PISA singari va hokazo yangi milliy 
hamda xalqaro test tizimlarini joriy etish bilan olib boriladi. 
Umumiy va kasb-hunar ta’limida markazlashtirilgan umumiy testlarni 
yaratish bilan birga tashqi, ichki va markazlashtirilgan baholash tizimi vujudga 
keladi, shuningdek, ta’lim oluvchilarning o‘zlashtirishini nazorat qilish tizimi 


91 
ta’lim berish tugaganidan keyin emas, balki ta’lim berish davrida baholashning 
ular uchun qulay bo‘lgan doimiy tartibini joriy etish vositasida o‘zgaradi. 
Yevropada ta’lim oluvchini rag‘batlantiruvchi, shakllantiruvchi baholash tizimi 
deb ataluvchi eng muvaffaqiyatli baholash tizimi shotlandiyalik tadqiqotchilar 
tomonidan ishlab chiqilgan. Baholash tizimining diqqat markazida «musbat» 
yoki «manfiy» kategoriyalari orqali baholanadigan yakuniy testdan 
o‘tkazishning pirovard natijasini nazorat qilish va baholash emas, balki ta’lim 
sifatini oshirish jarayoni turadi. 
Monitoringga asoslangan shakllantiruvchi baholash tizimi baholashning 
ilmiy konsepsiyasidagi, ko‘nikmalari va jarayonidagi, shuningdek, o‘quv 
dasturlaridagi o‘zgarishlarni aks ettiradi hamda o‘quv jarayonini ta’limning 
ichki tizimida (ichki sifat) va undan tashqarida (tashqi sifat) takomillashtirish 
uchun foydalaniladi. 
Ta’lim sifati me’yorlari — ta’lim sifatiga qo‘yiladigan, jamiyat va 
shaxsning muayyan tuzilma va darajadagi ta’lim sifatiga bo‘lgan ehtiyojlariga 
muvofiq keluvchi, aniqlangan, tan olingan va hujjatlarda qayd etilgan talablar 
tizimlari. 
Ta’lim sifati mezonlari — ta’lim sifatining o‘rnatilgan me’yorlar, talablar, 
etalonlar, standartlarga mosligi darajasini belgilovchi ko‘rsatkichlar. 
Ta’lim sifatini baholash — xususiyatlar (yo‘l qo‘yishlar, tavsiflar, 
parametrlar, munosabatlar) o‘zgarishining sifatning etalon darajasini, me’yorini 
qayd etuvchi asos bilan nisbatini ifodalovchi o‘lchov. 
Ta’lim sifati monitoringi — ta’lim sifati holatini va o‘zgarishlarini, uni 
baholash va bashoratlashni kuzatishga yo‘naltirilgan majmuaviy tizim. 
Ta’lim sifatini ta’minlash — ta’lim sifatini belgilangan me’yorlardan, 
talablardan, standartlardan past bo‘lmagan darajada tutib turish; ta’lim 
tizimlarining hayotiy siklida amal qilishi bo‘yicha belgilangan maqsadlarni 
ko‘zlab ta’lim tizimlarida amal qilish sifatini boshqarish. 
Ta’lim sifatini boshqarish — «boshqaruv subyekti» tomonidan ta’limdagi 


92 
barcha ob’ektlar va jarayonlarga nisbatan sifatning qaror topishi, ta’minlanishi, 
rivojlanishi (yaxshilanishi)ni qo‘llab-quvvatlash jarayonlariga ta’sir ko‘rsatish 
hamda ular tomonidan ta’riflangan maqsadlar, me’yorlar, standartlarga muvofiq 
teskari aloqa (nazorat, baholash, tahlil)ni uyushtirish. 
Ijtimoiy institut bo‘lgan ta’limning sifat ijtimoiy me’yorlariga 
muvofiqligiga munosabatini boshqarish. 
Baholash standartlaridan foydalanishning yana bir jihati me’yor, bu 
mutaxassislarni baholash bo‘yicha tayyorlashdir. Bunda boshqa masalalar 
tug‘iladi. Masalan: baholashning vazifasi nimadan iborat? Baholash maqsadlari 
va mazmuni bo‘yicha yozma bitimlar mavjudmi? Maqsadlar aniq 
belgilanganmi? Baholash dasturi bosqichlarini qanday qilib aniqlash mumkin? 
Mezonlar to‘g‘ri tanlanganmi? Dastur puxta asoslanganmi? Baholashda kim 
ishtirok etadi? Baholash jarayonini takomillashtirish imkoniyatlari bormi? 
Baholash natijalari zarur darajada to‘liq va asoslimi? Baholash bo‘yicha 
hisobotning «musbat» va «manfiy» tomonlari nimalardan iborat? Baholash 
natijalaridan foydalanuvchilarga yordam ko‘rsatish rejalashtirilmoqdami? Baho 
ta’lim sifatini oshiradimi? 
Ta’lim sifati — ta’limning rang-barang ehtiyojlarga, maqsadlarga, 
talablarga, me’yorlarga (standartlarga) muvozanatli muvofiqligi. Ta’limning 
ierarxik uyushgan, ijtimoiy ahamiyatli muhim xususiyatlari (tavsifi, 
o‘lchovlari)ning tizimli yig‘indisi. 
Mutaxassislarni tayyorlash 
sifati 
muammolari 
— mutaxassislar 
tayyorlashning (ham natija, ham jarayon sifatida) rang-barang ehtiyojlar, 
maqsadlar, talablar, me’yorlar, standartlarga muvozanatli muvofiqligini 
(muayyan ma’noda) ta’minlash maqsadida xilma-xil tabiatga ega bo‘lgan hamda 
tadqiq qilinishini va hal etilishini talab etayotgan mutaxassislar tayyorlash sifati 
sohasidagi dolzarb nazariy va amaliy masalalar yig‘indisi. 
Ta’lim sifatini tizimli tadqiq etish — tadqiqot obyekti bo‘lish ta’lim 
sifatini tarkiblashtirishning zarur darajadagi chuqurligini (ijtimoiy va shaxsiy 


93 
rivojlanishning konkret bosqichi uchun) ta’minlovchi tadqiqot va uning tadqiqot 
predmeti sifatidagi barcha jiddiy (ta’limni samarali tashkil qilish va boshqarish 
uchun) o‘zaro aloqalarini hisobga olish. 
Kadrlarni tayyorlash va raqobatbardoshligi sifatini oshirish yo‘nalishlari 
majmui orasida mutaxassis tayyorlash sifatini to‘g‘ri yo‘naltirish, o‘lchash va 
baholashni tanlash alohida o‘rin tutadi. 
Shu maqsadda: 
 birinchidan, 
fan, 
texnika, 
texnologiya, 
ijtimoiy 
soha 
rivojlanishining u yoki boshqa tendensiyalarini ta’minlash uchun 
mutaxassislarning qanday sifat ko‘rsatkichlari eng muhim; 
 ikkinchidan, mutaxassis tayyorlashda ham, ularning kasbiy faoliyati 
jarayonida ham talab etilayotgan sifat ko‘rsatkichlarini qanday 
metodlar bilan obyektiv, aniq va ishonchli o‘lchash hamda baholash 
mumkin, — degan kamida ikki savolga javob berish zarur. 
Bunda mutaxassisning kasbiy sifatlarini «bilim», «malaka» va 
«ko‘nikma» tushunchalari bilangina tasavvur qilish еtarli emasligini nazarda 
tutish zarur. Rivojlangan mamlakatlarda mutaxassislar tayyorlash sifatini 
baholash mezonlari jumlasiga, kasbiy bilimlar bilan bir qatorda, intellektual 
rivojlanish, shaxsiy xususiyatlar, qobiliyatlar tavsifi ham kiritiladi. Ayni shu 
sifatlar mutaxassisning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlashda 
o‘zini namoyon etishini ancha keng aks ettiradi. 
Testlar yuqorida keltirilgan mezonlar bo‘yicha mutaxassislarni 
tayyorlashning sifat ko‘rsatkichlarini o‘lchash vositalaridan biri bo‘lib xizmat 
qilishi mumkin, ular bilan o‘lchash natijalari reyting orqali baholanadi. 
Zamonaviy mutaxassisning sifatini o‘lchash mezonlarini tanlash va 
shakllantirish uchun O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimiga ta’lim 
oluvchilarning tayyorlik sifatini baholash va nazorat qilish bo‘yicha tegishli 
tartibot va mexanizmlarni joriy etish tavsiya qilinadi. Pedagogik testdan 
o‘tkazish va reyting-nazorat shunday metodlar bo‘lishi mumkin. 


94 
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida ushbu yo‘nalishda 1992 yildan 
buyon muayyan maqsadni ko‘zlab ish olib borilmoqda. Davlat test markazi 
tashkil qilingan, u abiturientlarni yagona test sinovlaridan o‘tkazadi, 
o‘quvchilarning bilimi sifatini baholash hamda nazorat qilishni ishlab chiqish va 
takomillashtirish, 
ta’lim sifatini aniqlashning ishonchli va ob’ektiv 
mexanizmlarini ta’minlash bo‘yicha tadqiqot olib boradi. 
Bu jihatdan quyidagilar eng dolzarb vazifalar hisoblanadi: 
 o‘lchash va baholash metodologiyasining birligini, bir darajadagi 
har xil ta’lim tashkilotlarida baholarning qiyoslanuvchanligini, 
ularni teng darajada talqin qilishni, shuningdek, bu baholarning 
chet el ta’lim tashkilotlari baholari bilan qiyoslanuvchanligini 
ta’minlovchi ta’lim sifati reyting-nazorati mexanizmini ishlab 
chiqish; 
 o‘qituvchilarni test o‘tkazish va reyting-nazorat nazariyasi hamda 
amaliyoti masalalari bo‘yicha maxsus tayyorlash; 
 ta’lim jarayoniga reyting-nazoratni samarali joriy etish uchun 
barcha ta’lim tashkilotlarini tegishli kompyuter majmuasi va 
dasturiy ta’minot bilan ta’minlash; 
 reyting-nazoratga o‘tish mumkin bo‘lgan Davlat ta’lim 
standartlarini, o‘quv rejalarini va dasturlarini ishlab chiqish. 
Abiturientlarni obyektiv tanlash oliy ta’lim sifatini oshirishning ta’sirchan 
mexanizmi hamda omilidir. Bu nafaqat oliy ta’lim sifatining, balki uzluksiz va 
uzviy jarayon bo‘lgan butun ta’lim tizimining ham muammosidir. Shu sababli 
unga batafsil to‘xtalamiz. 
Buyuk olim Abu Rayhon Beruniy: «Har bir avlod to‘plangan tajribani 
keyingi avlodga qoldiradi, u esa bu tajribani yanada rivojlantiradi va boyitadi», 
— deb yozgandi. Anchadan buyon еtilib kelayotgan va vaqti-vaqti bilan 
keskinlashayotgan ta’lim tizimiga, jumladan, oliy ta’lim tashkilotlariga qabul 
qilishda test o‘tkazish metodini joriy etish, shuningdek, uni takomillashtirishga 


95 
yondashish imkoniyatlari to‘g‘risida gap ayni shu nuqtai nazardan boradi. 
Bu muammo sof ilmiy yoki utilitar (amaliy) ahamiyatga ega bo‘libgina 
qolmay, mubolag‘asiz aytish mumkinki, bugungi kunda ijtimoiy-iqtisodiy 
ahamiyat ham kasb etadi va amalda mamlakatning barcha fuqarolariga 
taalluqlidir. Chunki ushbu sohada ish qanday yo‘lga qo‘yilganligi kadrlar 
tayyorlash sifatida, pirovard natijada esa, shaxsni shakllantirish, o‘sib 
kelayotgan avlodni tarbiyalashda jiddiy aks etadi. 
Nazarimizda, hozirgi paytda test o‘tkazishni tashkil qilish va uning 
tartibining o‘zida, ayniqsa, test sinovlari mazmunida (ham ichki, ham tashqi 
xususiyatlarga ega) ko‘plab savollar yig‘ilib qolganki, ushbu ta’limiy-ijtimoiy 
hodisani takomillashtirish uchun ularni tahlil qilish hamda maqbul qaror qabul 
qilish zarur. 
Mualliflarning ushbu muammo bo‘yicha ko‘pgina pozitsiyalari, tabiiyki, 
munozarali bo‘lib, keng ravishda asoslanishi hamda faktik ma’lumotlar bilan 
tasdiqlanishi darkor. Biroq Amir Temur faoliyatining, uning hayotiy 
pozitsiyasining «Kuch — adolatdadir» degan shiorini oliy o‘quv tashkilotlariga 
abiturientlarni testdan foydalanib tanlash amaliyotiga to‘liq ravishda tatbiq etish 
mumkin. 
Gapni Oliy ta’lim tashkilotlariga test orqali tanlash yoshlarning o‘qishga 
munosabatini tubdan o‘zgartirdi, katta ijtimoiy adolatni ta’minladi va umuman 
olganda, respublikada ta’limni isloh qilish jarayonlariga, umuman kadr 
tayyorlashga ijobiy ta’sir qildi, degan umumiy ta’kidlashdan boshlamoq darkor. 
Aynan islohotlarning keng ko‘lamliligi, teranligi, Kadrlar tayyorlash 
milliy modeli va dasturi ilmiy asoslanganligi hamda prognoz qilinuvchanligi, 
uni bajarish choralari jamiyatda zamonaviy ta’limning komil shaxsni 
shakllantirishga, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga jiddiy ta’sir 
ko‘rsatadigan yuksak qadriyatlarini yuksak darajada tushunishni yuzaga keltirdi. 
Jamiyatda o‘z siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish yo‘lini ro‘yobga 
chiqarish bilan bog‘liq strategik o‘zgarishlar Kadrlar tayyorlash milliy modeli 


96 
hamda dasturini amalga oshirish choralari respublikada yoshlar, kadrlar 
buyurtmachisi — davlat tuzilmalari hamda 
Mualliflar O‘zbekistonda test o‘tkazish metodining qaror topishi va 
rivojlanishi tarixi bo‘yicha materialni tayyorlashda Davlat test markazi 
(DTM)ning rasmiy axborotidan hamda «Axborotnoma», «Vestnik» va 
«Xabarnoma» jurnallarida chop etilgan maqolalardan foydalanishgan. 
Oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun berilgan arizalar keskin 
ko‘payganligi jamiyat, yoshlar tomonidan izchil, maqsadga yo‘naltirilgan davlat 
siyosati shakllantirgan yangi yuksak qadriyatlarning anglanishi natijasidir. 
Ushbu siyosatni amalga oshirish mexanizmlari qatorida abiturientlarni adolatli 
tanlashni ta’minlovchi, ob’ektiv test sinovlari tartibidan foydalanish ham bor. 
Tanlashning ayni mazkur tartibi poraxo‘rlik, tanish-bilishchilik, «telefon 
huquqi» va boshqa salbiy hodisalarni bartaraf etishni ta’minladi, qabul jarayoni 
va natijalarining ota-onalar, abiturientlar, ta’lim sohasi xodimlarining o‘zlari 
tomonidan idrok etilishi uchun qulay psixologik iqlimni yaratdi. 
Oliy ta’lim tashkilotlariga test yordamida tanlash tizimining asosiy 
xususiyatlariga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 
Test tizimini ishlab chiqishga 1993-yilda kirishgandik. Dastlab qabul 
qilingan ikki variantli, 1995-yildan esa uch variantli testdan o‘tkazish, ijobiy 
xususiyatlar bilan birga, bir qator jiddiy kamchiliklarga ham ega ekanligini 
hamma tan olgandi. Ulardan yaqqol ko‘rinib turgani va sezilgani maxfiylik 
talablariga javob bermasligi bo‘ldi. Test topshiriqlari bankini boshqaruv 
tizimining qudratli vositalaridan foydalanmay saqlash ishni murakkablashtiradi 
hamda variantlarni avtomatik tarzda jamg‘arish imkoniyatini to‘liq istisno etadi. 
Variantlarni avtomatlashtirilmagan taqqoslash savolnoma-daftarlar tuzish 
jarayonini murakkablashtirar va ko‘p variantli tizim bo‘yicha test o‘tkazish 
imkonini amalda istisno etardi. Bunda har bir variantning ham murakkablik 
darajasi bo‘yicha, ham har bir o‘quv fanining bo‘limlarini qamrab olish bo‘yicha 
teng qimmatliligiga erishish favqulodda murakkab va mashaqqatli edi. 


97 
Ayni shu kamchilikni tez tugatishning uddasidan chiqildi, chunki u 
DTMni va uning filiallarini texnika bilan yuqori darajada jihozlash, shuningdek, 
fanlar bo‘yicha mutaxassislarni keng jalb etish bilan bog‘liq edi. Bu davrda test 
tizimi tuzilmasi yangicha ko‘rinish kasb etish, bir necha kichik tizimlarni: test 
topshiriqlari bazasi bilan ishlash va variantlarni chop etish; fanlarni joriy etish; 
variantlarni avtomatik ishlab chiqish; javob varaqlarini test bo‘yicha ishlagandan 
so‘ng elektron axborot almashish tizimi bo‘yicha belgilangan shakllarda axborot 
to‘plash; test natijalarini statistik tahlil qilish va hokazolarni o‘z ichiga olgandi. 
Shunday qilib, 1998-yilga kelib test texnologiyasining alohida bo‘g‘inlari 
(o‘qitiladigan ixtisoslar va tillar bo‘yicha variantlardan tortib test natijalarini 
ishlashgacha) avtomatlashtirildi. 
Maxsus 
kompyuter 
dasturlari 
DTMni 
avtomatlashtirishning 
integratsiyalashgan tizimi bazasini yaratish imkonini berdi. Jumladan, har bir 
oliy ta’lim tashkilotida mavjud bo‘lgan va DTM bilan modem orqali bog‘langan 
ABS — abiturentlar uchun tizim va kompyuter dasturlari joriy etildi. 
Amalga oshirilgan ishlar qabul komissiyalari faoliyati hamda 
abiturientlarning asosiy miqdoriy parametrlari to‘g‘risida tizimli ravishda va 
operativ axborot olish imkonini berdi. ABS — abitur yordamida abiturientlar 
guruhini biron-bir belgisiga ko‘ra shakllantirish, rahbarlar va kuzatuvchilarni 
auditoriyalar bo‘yicha taqsimlash imkoniyati paydo bo‘ldi. 
Test varaqlari (abiturientlar javoblari) hisoblab chiqish uchun 
avtomatlashtirilgan tizimga kelib tushardi, unda axborot maxsus dastur bo‘yicha, 
ma’lumotlar bazasi va ochqichlar asosida ko‘p variantli tizim bo‘yicha obyektiv 
ishlanardi. Bundan tashqari test topshiriqlari sifat ko‘rsatkichlarini hisoblash 
uchun maxsus dasturlar ham ishlab chiqilgandi. 
Fanni (uning bo‘limlari va boblarini) bilish, uning mustaqilligi mezonlari 
asosida variantlar sintezi tuzilmasi hamda algoritmi ishlab chiqildi. Ushbu 
tuzilma negizida ko‘p variantli tizim bo‘yicha test o‘tkazish uchun variantlarni 
avtomatik ishlab chiqish kompleks dasturi yaratildi. Bunda ma’lumotlar 


98 
bazasida har bir test topshirig‘i pasportlashtirildi hamda fanlar bo‘limlari 
(boblari) va testlarning murakkablik darajasiga muvofiq kodlandi. 
Shunday qilib, ko‘p variantli tizimda yuqori darajada maxfiylik 
variantlarni sintezlash bo‘yicha kompyuter texnologiyasi, har bir abiturient 
uchun variantni ta’lim yo‘nalishi, o‘qitish tili, shuningdek, javob varaqlarini 
boshdan oxirigacha shifrlash va kodlash maxsus dasturlariga muvofiq 
individuallashtirish ta’minlandi. 
Ko‘p variantli test tizimini amalga oshirishning asosiy komponenti va 
zarur sharti yoshlarning bilim darajasini, mustaqil fikrlash qobiliyatini va 
intellektual rivojlanishini obyektiv baholashni ta’minlaydigan yuqori sifatli test 
topshiriqlari hajmiy bankini yaratish ekanligi aniq. 
Olimlar, tajribali pedagoglar, malakali mutaxassislar tomonidan 
yaratiladigan bunday ma’lumotlar bazasi yildan-yilga ortib va takomillashib 
bordi. Masalan, 2000 yilda bankni shakllantirishda ma’lumotlar bazasida yuz 
mingdan ziyod test topshiriqlari bor edi. Test topshiriqlarining «Axborotnoma», 
«Vestnik» va «Xabarnoma» jurnallarida e’lon qilinishi (test topshiriqlarining 
e’lon qilinishini ko‘pchilik mutaxassislar ma’qullashmaydi, bu haqda quyida 
gapiramiz) ular keng ravishda sinovdan o‘tkazilishiga ko‘maklashdi. 
O‘quvchilarning bilimini baholashning aniqligi va obyektivligini oshirish 
maqsadida test topshiriqlari banki qayta ishlandi, yangilanib, yangi topshiriq 
bilan to‘ldirib borildi. Test topshiriqlari bankini shakllantirishda an’anaga 
aylangan «eng yaxshi pedagogik testlar muallifi» tanlovi katta rol o‘ynaydi. 
2002-yilda 350 dan ziyod pedagog tanlovda qatnashdi, unda talabalar ham, 
o‘quvchilar ham ishtirok etishadi. 
Tanlash mexanizmini takomillashtirishdagi navbatdagi qadam — test 
topshiriqlarining e’lon qilinmagan qismidan foydalanish bo‘lib, bu test 
tizimining filtrlash qobiliyatini oshiradi. Barcha variantlar va barcha fanlar 
bo‘yicha bunday topshiriqlarni berish amaliyotidan foydalaniladi. 
TM bitiruvchilarini avvalgi yillar savollar kitobi va javob varaqlari 


99 
asosida testdan o‘tishga tayyorlash maqsadida mashq tariqasida test o‘tkazildi. 
Buning natijasida ko‘plab bitiruvchilar test texnologiyasini o‘zlashtirishdi. 
Urganch, Buxoro, Farg‘ona, Toshkent va mamlakatning boshqa shaharlarida 
Toshkent aloqa elektrotexnika instituti va «Iste’dod» jamg‘armasining 
kompyuter sinflari negizida joriy etilgan olisdan turib test o‘tkazish tizimi ish 
boshlagani ham ushbu masalani hal etishda ko‘maklashdi. 
Masofadan turib test o‘tkazish tizimi variantlar ishlab chiqiladigan hamda 
ochqichlar turadigan DTMdagi asosiy server bilan bog‘langan. 
Viloyatlar va oliy o‘quv yurtlaridagi kompyuter sinflari bosh server bilan 
bog‘langan, unda robot-avtomat kompyuter dasturi test topshiriqlari variantlarini 
ishlab chiqadi va aloqa yo‘li orqali jo‘natadi, so‘ng test natijalarini olib, ularga 
ishlov beradi va 2—3 daqiqadan so‘ng har bir bitiruvchi test o‘tkazilgan 
fanlardan olingan ballar bo‘yicha ko‘chirma oladi. 
Amalda test seansi va uning natijasi o‘quvchilarning ta’lim yo‘nalishlari 
bo‘yicha bilimlari darajasini operativ baholash imkonini beradi hamda 
abiturientlarga o‘tgan yillardagi o‘tish ballarini hisobga olgan holda ixtisos va 
oliy o‘quv yurtini tanlash imkoniyatini yaratadi. 
Test natijalari e’lon qilinganidan so‘ng DTM oliy o‘quv yurtlariga 
kirolmagan abiturientlarga javob varag‘i, savollar kitobi bilan hamda har bir test 
bloki bo‘yicha test topshiriqlarini bajarishdagi xatolar bilan tanishish 
imkoniyatini berib, ular bilan katta ish olib boradi. 
Yuqorida bayon etilganlardan ko‘rinishicha, test joriy etilgandan buyon 
o‘tgan davr ichida DTMning asosiy e’tibori testning maxfiyligini ta’minlashga, 
test topshiriqlarining variativligini oshirishga va mazmunini takomillashtirishga, 
butun test jarayonining tashkiliy tartibga keltirilishini, texnika va zaxiralar bilan 
ta’minlanishini yaxshilashga yo‘naltirildi. DTMning o‘rta maxsus va oliy ta’lim 
tashkilotlariga abiturient tanlashda test metodidan foydalanishi tegishli 
bosqichda to‘g‘ri bo‘lgan va o‘zini oqlagandi. 
Biroq, kadrlar tayyorlash va uzluksiz ta’lim tizimini Kadrlar tayyorlash 


100 
milliy dasturi va modeliga muvofiq isloh qilishning hozirgi bosqichi test 
sinovlaridan foydalanish metodologiyasi, metodikasi va amaliyotida tub 
o‘zgarishlarni amalga oshirish uni takomillashtirishni qat’iyan zarurligini taqozo 
etmoqda. 
Test 
texnologiyasidan 
foydalanishda 
oliy 
ta’lim 
tashkilotiga 
abiturientlarni tanlash jarayonini takomillashtirish yo‘llari, bizningcha, qanday? 
Birinchidan, test sinovlaridan ta’lim jarayonida o‘quvchilar bilimini 
baholashning ob’ektiv mezoni va abiturientlarni tanlash metodi sifatida so‘zsiz 
foydalanish darkor. Biroq, testlarning mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish 
zarurati еtildi. Test topshiriqlarining bir, xildaligi tor yo‘nalishdaliligi savol 
tug‘diradi, ularning ko‘pi respondentlarning xabardorligiga, xotirasiga 
mo‘ljallangan. Mantiqiy fikrlash, umumiy intellektual qobiliyatlar orqali javob 
topishga erishish bo‘yicha topshiriqlar salmog‘i ko‘payishi darkor. 
Bundan kelib chiqadiki, test sinovlarini takomillashtirish yo‘llaridan biri 
— ularning mazmunini tubdan qayta ishlash, materialni taqdim qilishni yangi 
metodologiya va mantiq bilan to‘ldirish, xotirani baholashga emas, balki 
mustaqil fikrlashga, individiumning umumta’lim tayyorgarligini baholashga, o‘z 
nuqtai nazarini ifodalash va himoya qilish imkoniyatiga yo‘naltirilganligi va h.k. 
Ikkinchidan, abiturientlar hozirgi tanlash tartibida jarayonlar va 
hodisalarga o‘z qarashlarini, ular borasidagi fikrlarini (yozma yoki og‘zaki) 
izhor etish imkoniyatidan mahrumdirlar, bu hol yozma va og‘zaki nutqning, o‘z 
nuqtai nazarini himoya qilish qobiliyatining, fikrlarini bayon qilish 
ko‘nikmalarini shakllantirishning, mustaqil ijodiy fikrlashning rivojlanishini 
jiddiy pasaytiradi. 
Shuning uchun (abiturientlarni tanlashning asosiy, biroq yagona 
bo‘lmagan mezoni bo‘lmish) test sinovlaridan tashqari, ulardan keyin majburiy 
yozma imtihonni (bayon, insho, diktant tarzida — bu muhokama qilinadigan 
masala) joriy etish zarur, deb hisoblaymiz. 
Bu, bir tomondan, muayyan oliy o‘quv yurtiga abiturientlarni kasbiy 


101 
yo‘naltirilgan holda tanlashni amalga oshirish, boshqa tomondan esa — ularning 
tegishli bilim sohalaridagi qobiliyatlarini (bilimlari, malakalari, ko‘nikmalarini) 
to‘liq ochish imkonini yaratbdi. 
Uchinchidan, abiturientlarni faqat test sinovlari natijalari bo‘yicha 
tanlashning cheklanganligi va TM, kasb-hunar kollejlari va akademik litseylar 
bitiruvchilarining «o‘zlashtirish reytingi» hisobga olinmasligi umumta’lim va 
o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida o‘quvchilarni umumta’lim, yaxlit 
tayyorlashning ahamiyatini pasaytiradi. 
Shu munosabat bilan umumta’lim va o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi 
Davlat ta’lim standartlari talablarini bajarish to‘g‘risidagi masalani qo‘yish 
qonuniy bo‘ladi. O‘quvchilarning bilimlarini «soha fanlari bo‘yicha» 
takomillashtirishga yo‘naltirilganlik umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limining Kadrlar tayyorlash milliy dasturi va modelida belgilangan hamda 
Davlat ta’lim standartlari bilan qat’iy tartibga solingan «Fanlar asoslari bo‘yicha 
tizimli bilim olish, bilimlarni egallashga bo‘lgan ehtiyojni rivojlantirish, tayanch 
o‘quv, ilmiy va umummadaniy bilimlarni, ma’naviy-axloqiy fazilatlarni milliy 
va umuminsoniy ma’naviy qadriyatlar, mehnat ko‘nikmalari, ijodiy fikrlash, 
atrof olamga va kasb tanlashga anglab munosabatda bo‘lishni shakllantirish» 
to‘g‘risidagi bosh maqsadli ko‘rsatmasini amalda susaytiradi. 
Shuning uchun oliy ta’lim tashkilotlariga qabul qilishda o‘quvchilarning 
reytingini hisobga olish amaliyotini qo‘llashni maqsadga muvofiq, deb 
hisoblaymiz. Bu muayyan darajada va tegishli shartlarga rioya qilinganda, 
o‘quvchilar ta’lim dasturlarining yaxlit mazmunini o‘zlashtirishini, Davlat ta’lim 
standarti bajarilishini ta’minlash imkonini yaratishini alohida ta’kidlaymiz. 
To‘rtinchidan, test o‘tkazishni TM, kollej va litseylarga ko‘chirish, ularni 
yakuniy attestatsiya sinovlari tartibiga kiritish, natijalari bo‘yicha bitiruvchilarga 
ularning umumta’lim reytingini ko‘rsatgan holda sertifikat berish masalasini 
muhokama qilish maqsadga muvofiq. Bu oliy ta’lim tashkilotlariga qabul 
qilishda test o‘tkazish, uni tashkil qilish tartibini, reyting mazmuni va uning 


102 
natijalarini hisobga olish istiqbolini batafsil ishlab chiqishni talab etishi mutlaqo 
tabiiydir. 
Quyidagilarni reytingdan foydalanish va uni hisobga olishning mumkin 
bo‘lgan varianti, deb hisoblash mumkin. Oliy ta’lim tashkilotlari marketing 
tadqiqotlari, attestatsiya natijalari, o‘tgan qabul kampaniyasi tajribalari hamda 
davlat va jamiyatning istiqbol ehtiyojlarini o‘rganish asosida muayyan oliy 
o‘quv yurtiga (bakalavriat va magistratura ixtisoslari yo‘nalishlari bo‘yicha) 
qabul reytinglarini e’lon qiladiki, reytingi bundan past bo‘lganlarning 
hujjatlarini ushbu oliy o‘quv yurtiga qabul qilish imkoni bo‘lmay qolishi 
mumkin. Abiturientlar o‘zlarining (sertifikatlarda qayd etilgan) reytinglarini 
hisobga olgan holda bundan buyongi ta’lim yo‘lini maqsadni ko‘zlab tanlaydilar 
va tanlashning qolgan tartibotlarini bevosita oliy ta’lim tashkilotlarida 
o‘taydilar. 
Shunday qilib, test sinovlarini takomillashtirib hamda ularning natijalarini 
oliy ta’lim tashkilotiga qabul qilish uchun asos deb hisoblab, TM, kasb-hunar 
kollejlari yoki akademik litseylar bitiruvchisining yozma (og‘zaki) imtihoni va 
DTS o‘zlashtirilishi natijalarining reytingini ham hisobga olish maqsadga 
muvofiq. Mutaxassislar tomonidan abiturientlar tanlash jarayoni va tartibini 
takomillashtirishga doir yondashuvlar, ularning mexanizmlari taklif qilinishi 
mumkin va lozim. 
Xususan, yuqorida keltirilgan takliflar, bundan keyin ham shu kabi taklif 
va tavsiyalarning bildirilishi tabiiy holdir. Maqsad, barcha harakatlarning 
pirovard natijasi TMga eng loyiq, bilimli va qobiliyatli yoshlarni tanlab olish 
hamda shu orqali еtuk mutaxassis, barkamol avlodni tarbiyalashdan iborat 
bo‘lishi lozim. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin