O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə21/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

Rahbar va hokimlik. 
Rahbarga mansab vazifalarini bajarishda hokimlik zarur bo‘ladi. ta’sir 
etish vositasi sifatida hokimlik besh xil buladi: 
А. Qo‘rqitish orqali ta’sir etishga asoslangan hokimlik. Ishni yo‘qotish, xizmat 
mansabidan tushirish, mukofotni yo‘qotish va x.k. lar bilan qo‘rqitish. 
Б. Mukofotlashga asoslangan hokimlik qo‘l ostidagilar extiyojlarini 
koniktirish orkali ta’sir qilish. 
С. Ekspert hokimlik. Bajaruvchilarni rahbarga ishonishlari orqali amalga 
oshiriladi. Bajaruvchilar o‘z rahbarlariga so‘zsiz ishonadilar, u eng optimal 
qarorni qabul qiladi, muammoni hal qiladi. Vrach bilan bemor o‘rtasida, 
o‘qituvchi bilan talaba o‘rtasida shunday hokimlik mavjuddir. 
Д. Etalon hokimlik (o‘rnak ko‘rsatish) -- rahbarning shaxsiy
xususiyatlariga asoslangan ta’sirdir. Xodimlar rahbarlariga o‘xshashga
harakat qiladilar. Bunday rahbar bo‘lish uchun quyidagi maslahatlarga amal 
kiling: 
1. 
Sizni barcha kollektiv a’zolari dikkat bilan
ko‘zatib turganliklarini esdan chikarmang. 
2. 
O‘zingizda yulboshchilik sifatlarini rivojlantiring. 


68 
3. 
Zararli odatlardai ko‘tilishga harakat kiling. 
4. 
Nutqingizni ko‘zatib boring. 
5. 
O‘z karorlaringizda muhim buling, ketma-ketlikga rioya 
kiling. 
6. 
Tashki kurinishingizni tartibga soling. 
7. 
Qo‘l ostingizdagilarni o‘zingizga kiziktiring. 
8. 
Qo‘l ostingizdagilar fikri bilan xisoblashing. 
9. 
Qonuniy hokimiyat (an’anaviy hokimiyat) rahbariyatga 
buysunish an’anasiga asoslangan. Bu tarixiy shakllangan
munosabatlar usulidir. Bu usulda bajaruvchi xodim rahbar xodimga 
emas, balki ma’lum mansabga buysunadi. Bu rahbarni o‘z qo‘l 
ostidagilarga ta’sir ko‘rsatishning eng qo‘lay usulidir. Ammo, o‘zgarishlar 
vaqtida bu usul samara bermaydi. 
Hozirgi bosqichda ta’lim va tarbiyada novatorlik yondashuvi jadal 
rivojlanayotganligi ta’lim tashkiloti faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlardandir. 
Yangicha sharoitlarda «ta’lim» tushunchasi mazmunini tubdan qayta 
idrok etish zarur. Bu uzluksiz ta’limning o‘xshash tizimi yordamida ijtimoiy va 
kasbiy moslashgan yaxlit shaxs mazmunining maqsadi, vazifalari, metodlari va 
vositalarini shakllantirishni qayta idrok etishni bildiradi. 
Shu munosabat bilan bilimlar va hayotga «ta’lim» tushunchasini shaxs 
tashabbusining ahamiyatini ta’kidlaydigan tarzda yondashuv sifatida tushunish 
lozim. Shu bois «ta’lim» tushunchasi bu tez o‘zgaruvchan dunyoda yashash 
uchun zarur bo‘lgan yangi metodologik usullar, ko‘nikmalar, ko‘rsatmalar va 
qadriyatlarni o‘z ichiga olishi kerak. Boshqacha aytganda, ta’lim shaxsiy va 
ijtimoiy xususiyatga ega yangi vaziyatlarni muvaffaqiyatli uddalay olishi uchun 
harakatlanuvchi jamiyat tomonidan prognoz qilingan zarur ijtimoiy-axloqiy 
jarayondir. 
An’anaviy tarzda vujudga kelgan ta’lim tizimi strategik jihatdan yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydigan «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’lim funksiyasini bajargan holda 


69 
«ta’lim» so‘zining yangicha talqiniga oid maqsadli ko‘rsatmalarni amalga 
oshirishga yo‘naltirilmagan. 
Ko‘maklashuvchi ta’lim faqat ijtimoiy munosabatlar va shaxsiy 
yo‘nalishlarning mavjud tizimini saqlashga, ya’ni konservativ-barqaror 
jamiyatning normal faoliyat yuritishiga yo‘naltirilgan. Shu bois bunda shaxs 
allaqachon ma’lum bo‘lgan, takrorlanuvchi vaziyatlardan chiqa olishi uchun 
mo‘ljallangan, qayd qilingan usullar va qoidalar ustunlik qiladi. 
Uzluksiz ta’lim tizimi qaror topishi va rivojlanishining yangi strategiyasi, 
«ta’lim» so‘zining qayta idrok etilishi «qo‘llab-quvvatlovchi» ta’limni 
«innovatsion» ta’lim bilan almashtirishni talab qiladi. Innovatsion ta’lim ayni 
paytda kamida quyidagi ikkita vazifani hal etishga qaratilgan: 
1. Voqealarni «oldindan ko‘ra bilish», o‘zini real voqelikda va keyingi 
ijtimoiy va kasbiy rolini anglab еtish qobiliyatini tarkib toptirish; shaxsni ongli, 
oldindan anglab еtilgan muqobillarni — umumiy xulq-atvorni, ishonch-
e’tiqodni, axloqiy qadriyatlarni, umuman dunyoqarashni tanlashga yo‘naltirish. 
2. Mahalliy (shaxsiy yo‘naltirilgan) tashkiliy-boshqaruv darajasidan tortib 
global darajasigacha shaxsga ijtimoiy ahamiyatga hamda kasbiy qimmatga ega 
bo‘lgan muhim qarorlarni qabul qilish jarayonida faol ishtirok etish imkonini 
beruvchi «qatnashish» prinsipini ro‘yobga chiqarish. 
Boshqaruv va tashkil etishning yangi tuzilmasini shakllantirish, KTMD va 
KTMM asosida ta’limni ta’minlash, chet el tajribasini o‘zlashtirish, turli 
texnologiyalar, metodikalar va hokazolarni joriy qilish — bularning hammasi 
innovatsiya deb nomlangan jarayon bilan boQliq. 
Bunday hodisaning sababini ta’lim tizimi xodimlari ta’lim-kasb-hunar 
dasturlari va metodikalarining xilma-xil variantlarini amalga oshirish uchun 
keng imkoniyatlarga ega bo‘lganliklari bilan izohlash mumkin. 
Boshqa sababi — jamiyatdagi ijtimoiy vaziyat o‘zgarib borayotganida, 
demokratlashtirilayotgani 
va 
insonparvarlashtirilayotganida, 
mamlakat 
iqtisodiyoti bozor munosabatlari yo‘lidan rivojlanishga o‘tayotganidadir. Yuqori 


70 
malakali mutaxassislarga ehtiyoj sezayotgan ishlab chiqarishning talablari oshib 
borayotgani ham yangiliklarni o‘zlashtirishni taqozo qilmoqda. Bugungi kunda 
raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash mamlakatimiz ta’lim tizimini dunyo ta’lim 
tizimi bilan muvofiq holga keltirish yo‘llaridan biri sifatida ko‘rib chiqilmoqda. 
Raqobatbardosh malakali kadrlarning eng muhim sifatlari orasida 
quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
— o‘quvdagi o‘zlashtirishning yuqori darajasi va o‘zini o‘zi 
rivojlantirishga qodirligi; 
— mehnat va ta’lim xizmatlari bozorida tegishli ta’lim tashkilotida 
olingan malakani tasdiqlash; 
— ishlab chiqarishda yuqori darajadagi ijtimoiy faollik va mehnat 
unumdorligi; 
— ishlab chiqarishda intizomlilik, mas’uliyat, ixtirochilik, ijodkorlik; 
— o‘quv fanlari bo‘yicha olimpiadalar hamda tanlangan kasb mahorati 
tanlovlarida qatnashish va g‘olib chiqish; 
— ta’limni davom ettirishga ehtiyoj. 
Ta’lim tashkilotining aynan shunday xislatlarga ega bo‘lgan bitiruvchisi 
qo‘yilgan talablarga muvofiq mahsulot tayyorlashi yoki xizmat ko‘rsatishi 
mumkin. 
Ta’lim tashkilotlari, har tomonlama yеtuk shaxsni shakllantirish uchun, 
rivojlanish yo‘lidan borishi kerak. Aksariyat amaliyotchi xodimlar buni anglab 
еtgan holda, eskicha yondashuvlarni takomillashtirishni emas, balki ta’lim 
tizimini innovatsion strategiya ruhida rivojlantirishni tan olmoqdalar. Yosh 
avlod ta’lim-tarbiyasidagi innovatsion harakat jamiyatdagi real o‘zgarishlarni va 
shaxs ehtiyojini hisobga olishga yo‘naltirilgan. 
Innovatsion ta’lim strategiyasi ta’lim sifatini boshqarishda alohida 
boshqaruvchilik yondashuvini taqozo etadi. Quyidagilar bunday boshqaruvning 
asosiy ob’ektlari hisoblanadi: 
— pedagog mutaxassis, fuqaro shaxsini shakllantirish va rivojlantirishda 


71 
professional tashkilotchi hamda yordamchi sifatida; 
— ta’limning mazmuniy negizi; 
— pedagogik jarayonni tashkil etish texnologiyasi va boshqalar. 
Ilmiy-pedagogik adabiyotlarda hamda ta’lim va tarbiya amaliyotida 
«innovatsiya» so‘zi qanday tushuniladi? 
Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan bir qator tadqiqotlar ushbu 
hodisani o‘rganishga bag‘ishlangan. Masalan, ayrim mualliflar «yangiliklar 
yaratish, ularning pedagoglar tomonidan o‘zlashtirilishi va ta’lim amaliyotida 
foydalanilishi jarayonlari»ni (N. Yusufbekov) innovatsion jarayonlar deb 
hisoblashni taklif qilmoqdalar. Ular innovatsiyani, jamiyat madaniy 
o‘zgarishlarining negizi sifatida ko‘rib chiqmoqdalar-ki, bu bizningcha, juda 
qimmatlidir. 
Boshqalar esa «pedagogik tizimning tartibga solinmaydigan erkin 
maydonida rivojlanish istiqboliga oid ehtiyojga ta’sirchanligi asosida vujudga 
kelgan yangiliklar uning mikroevolyusiyalar fondini tashkil etadi», deb 
hisoblamoqdalar (V. N. Vinogradov). 
Uchinchi toifa mualliflar yangilikni ancha murakkab xususiyat, deb 
hisoblaydilar. Uni o‘rganish uchun abstrakt xususiyatlarga nazariyasini jalb etish 
tavsiya qilinadi-ki, bu nazariya ko‘plab tavsifli xususiyatlarni ular shkalasining 
koordinata o‘lchovlari sifatida ko‘rib chiqadi (M. S. Burgin). 
Ayrim olimlar yangi maqsadlarni, metodlarni, metodikani, dasturlarni, 
vositalarni, mazmunni, faoliyatni tashkil etish shakllarini, boshqaruv turlarini va 
boshqalarni yangilik sifatida talqin qilmoqdalar. 
«Yangilanish — yangi hodisa, yangi odat, yangi metod, ixtiro», — degan 
ta’rif ham mavjud (Yu. Krasovskiy). 
«Maktabni rivojlantirish — innovatsion jarayon» nomli kitob mualliflari 
ta’kidlab o‘tganlaridek: «Pedagogik innovatika — ta’lim tashkilotini 
rivojlantirishning yangi ta’lim amaliyotini yaratish bilan bog‘liq jarayonlarini 
o‘rganadigan fan sohasi. Bu jarayonlar innovatsion jarayonlar deb nomlanadi» 


72 
(S. G. Xomeriki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensov). Bunday aniqlik ta’lim 
tizimi xodimlariga muayyan foyda keltirishi mumkin. 
Shunday qilib, ta’limda innovatsiyalar yangi jarayonlar, konsepsiyalar, 
ta’lim texnologiyalarini yaratish va o‘zlashtirishni ko‘zda tutadi va h. k. 
Ammo, amaliyot ko‘rsatishicha, innovatsion faoliyat ta’lim tizimining 
hamma xodimlari tomonidan ham to‘g‘ri tushunilavermaydi va samarali amalga 
oshirilavermaydi. P. Shedroviskiy ta’kidlab o‘tganidek, «innovatsiyalikni 
bugungi kunda mavjud bo‘lgan bironta ham funksiyasini innovatsiyaning 
takrorlash, chiqish deb nomlash mumkin bo‘lgan narsani ta’minlay olmaydi. 
Ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi ayrim innovatsiya emas, balki umuman 
innovatsion harakat ko‘rib chiqish va tahlil qilishning boshlang‘ich parametri 
bo‘lishi kerak». U «pedagogik yoki ta’lim innovatsiyalarini» emas, balki 
«innovatsion strategiyani», «faoliyatni innovatsion tashkil etish»ni aniqroq deb 
hisoblashni ko‘zda tutadi. Biz innovatsiyani bunday talqin qilish 
tadqiqotchilarga bu jarayonni kengroq va chuqurroq ko‘rib chiqish imkoniyatini 
yaratadi, deb hisoblaymiz. 
Innovatsiyalarning o‘ziga xos xususiyati nimalardan iborat? 
«Yangilik kiritishning mohiyatini innovatsion faoliyat, ya’ni yangi 
natijalarga, ularni olish vositalari va usullariga erishish, an’anaviy faoliyatning 
eskirgan tarkibiy qismlarini bartaraf etish bo‘yicha faoliyat tashkil etadi», — 
deb ta’kidlaydi D. M. Gvishiani. Olim innovatsion faoliyatning radikal va 
takomillashtiriluvchi turlari o‘rtasidagi ziddiyatli xususiyatiga e’tiborni qaratadi. 
Takomillashtirish mavjud tashkiliy tuzilmalarga zid emasligi va ularga maqbul 
moslashishi amaliyotdan ma’lum. Tub yangiliklar esa ularni parchalaydi, 
shuning uchun keskin qarshilikka uchraydi. Ta’lim sifatini boshqarish jarayoni 
tashkilotchilari innovatsiyalarning bunday muhim xususiyatini doimo e’tiborda 
tutishlari kerak. 
Yangilik kiritish jarayonining muhim xususiyatini ta’kidlab o‘tamiz — 
innovatsiya ushbu ta’lim tashkiloti dolzarb vazifalarni samarali hal qilishga 


73 
ko‘maklashishi kerak. Afsuski, aksariyat ta’lim xodimlari amalda bunga еtarli 
e’tibor bermaydilar, natijada yangiliklarning o‘zlashtirilishi rasmiyatchilikka 
aylanadi. 
M. M. Potashnik 
innovatsiyalarning 
boshqa 
muhim 
xususiyati —
yangiliklar ta’lim tashkilotini rivojlantirish vazifasini hal qilish imkonini berishi 
deb hisoblaydi. Boshqacha aytganda, innovatsiyalar «moda» uchun va «qizg‘in» 
tadqiqotchilik faoliyati olib borilayotganini ko‘rsatish uchun emas, balki 
o‘quvchilar foydasini ko‘zlab kiritiladi. 
Boshqaruv xodimlari va pedagoglar muayyan shart-sharoitlar mavjud 
bo‘lgandagina yangiliklarni samarali o‘zlashtirish mumkinligini anglab еtishlari 
juda muhim. Bunga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: 
— ta’lim jarayoni qatnashchilarining faol ishchanligi bosqichma-bosqich 
shakllantirilishiga rioya etish; 
— ta’lim jarayonining barcha qatnashchilari tomonidan o‘zlashtirish 
maqsadlarining chuqur anglab еtilishi va qabul qilinishi hamda kelgusi faoliyat 
vazifalari aniq tushunib olinishi; 
— bunda ushbu vazifalarning shaxsiy maqsadlarga zid bo‘lgan qismining 
har doim yuzaga keladigan qarshilik ko‘rsatish omilini hisobga olish; 
— fikr almashish aniq va xolis axborot ayirboshlash; 
— amaliy qarorlarni jamoa bo‘lib ishlab chiqish va qabul qilish. 
Pedagogik kadrlarni jiddiy qayta tayyorlamasdan, ta’lim tashkilotini 
tegishli moddiy-texnika bazasi, moliyaviy, o‘quv-dasturiy ta’minlamasdan turib 
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etib bo‘lmaydi. 
Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni rahbariyat tomonidan majburlash 
chorasi bilan emas, balki xodimlarga harakat qilishda mustaqil va erkin ish olib 
borish imkoniyatini berish bilan kechadi. Pedagoglar jamoasining ishiga aniqlik 
olib kirish imkonini beradigan ko‘rsatkichlar va mezonlarning obyektiv 
ro‘yxatini oldindan ishlab chiqish, ularga bebaho yordam berishi mumkin. 
Pedagogik tadqiqotlarda innovatsiyalar yangiligini aniqlashga katta 


74 
e’tibor beriladi. Kiritilayotgan yangiliklar alomatlarining variantlaridan birini 
keltiramiz (P. Shedroviskiy): 
— boshqacha ko‘rinishda ma’lum bo‘lgan tuzilish (birinchi daraja); 
— ma’lum narsani uncha muhim bo‘lmagan o‘zgarishlar bilan takrorlash 
(ikkinchi daraja); 
— ma’lum narsani aniqlash, konkretlashtirish (uchinchi daraja); 
— ma’lum narsani muhim elementlar bilan to‘ldirish (to‘rtinchi daraja); 
— sifat jihatidan yangi ob’ektni tashkil etish (beshinchi daraja). 
Ta’lim tashkilotida uni tizimli tashkil etish yangiliklarni o‘zlashtirishning 
yana bir o‘ziga xos xususiyatidir. Bunda quyidagilar muhim tarkibiy qismlar 
hisoblanadi: 
— ta’lim tashkilotining vazifasi, uning yangi maqsadlari va vazifalari; 
— boshqaruv xodimlari va pedagoglar shaxsi, ularning o‘zlariga va ta’lim 
oluvchilarga nisbatan nuqtai nazari; 
— o‘quvchi shaxsi; 
— o‘quvchilar o‘zlashtirayotgan bilimlar funksiyasi, tuzilmasi; 
— ta’lim texnologiyasi va vositalari; 
— tashkiliy tuzilma, pedagogik mehnat madaniyati va boshqalar. 
Yangiliklarni ishlab chiqish va o‘zlashtirish jarayonini har qanday ta’lim 
tashkilotini rivojlantirish yo‘li sifatida ko‘rib chiqqan holda kiritilayotgan 
yangiliklardan 
kutilayotgan 
natijalarni 
baholashning 
quyidagi 
asosiy 
mezonlarini ajratib ko‘rsatamiz: 
1. Natijalar ta’lim tashkilotining avvalgi yoki ushbu yo‘nalishdagi ta’lim 
tashkilotlari uchun xos bo‘lgan natijalardan yuqori, shuningdek maqbul bo‘lishi 
kerak. 
2. Rejalashtirilgan natijalarni olishga sarflanadigan vaqt namunaviy yoxud 
me’yoriy sarflanadiganiga nisbatan kamroq yoki ularga teng bo‘lishi kerak. 
Yangilik darajasini aniqlash uchun barchaga ma’lum algoritmlardan 
foydalaniladi. Masalan, quyidagicha yondashuv mavjud: 


75 
1. Baholanayotgan 
ob’ektning muhim ko‘rsatkichlari, alomatlari, 
mezonlari ajratib olinadi. 
2. Qiyoslash uchun unga o‘xshashlari, uning prototiplari tanlab olinadi. 
3. Baholanayotgan ob’ekt tanlab olingan o‘xshash ob’ektlar bilan 
qiyoslanadi va mezonlarga muvofiq yangilik o‘lchovi ham miqdoriy, ham sifat 
jihatidan belgilanadi. 
Yuqorida bayon qilinganlar asosida ta’limni boshqarish sifatini yangilik 
hamda boshqaruv faoliyatining yangi yo‘nalishi sifatida ko‘rib chiqamiz. 
Yangiliklarning keltirilgan tasnifiga muvofiq ta’lim sifatini boshqarishni 
biz to‘rtinchi darajaga, ya’ni ta’lim tizimidagi boshqaruv faoliyatining mavjud 
nazariyasi va amaliyotini muhim elementlar bilan to‘ldirishga kiritamiz. 
Keltirilgan ushbu ta’rif mazmunan tegishlicha to‘ldirilishi va tuzilmalarga 
ajratilishi lozim, deb hisoblaymiz. Biz ishlab chiqqan tuzilmadagi ushbu 
qo‘shimchalarning mohiyati quyidagilardan iborat. 
Birinchi. Ta’lim sifatini boshqarish maqsadi nafaqat jamoa faoliyati 
natijalarini barqaror holatda saqlashdan, balki ta’lim tashkilotini faoliyat 
(rivojlanish)ning bundan ham yuqoriroq darajasiga o‘tkazish orqali talab 
qilinayotgan ta’lim sifatini ta’minlashdan iborat. 
Ikkinchi. Natijalar sifati bitiruvchilarning ijtimoiy va ta’lim-kasb-hunar 
bobidagi harakatchanligi darajasi bilan ifodalanadi, ya’ni bunda gap ta’lim 
tashkiloti rahbarlarining mavjud malaka tavsiflarini mutaxassisning kasbiy 
sifatlariga qo‘yiladigan talablar bilan to‘ldirilishiga yo‘naltirish haqida 
bormoqda. 
Boshqa loyihada ham shunday g‘oya mavjud. Innovatsiyaning eng muhim 
formulalaridan biri quyidagi qoidadan iborat: «Ta’lim sifati — shunchaki 
bilimlar hajmi va ko‘nikmalar tarkibi emas, balki zamonaviy mutaxassisning 
asosiy modelini tashkil etuvchi faoliyatning muayyan turlariga shaylik 
demakdir». 
Ta’lim sifati o‘quvchilarni bilimga boyitish va ularning ongida statistik 


76 
tuzilmasini shakllantirish bilan emas, balki ijtimoiy va kasbiy faoliyatda ular 
hayotini organik dinamika bilan ta’minlash orqali tavsiflanadi. Bilimlardan 
konkret muammolarni hal qilishda foydalanish, bilimlarni doimiy ravishda 
to‘ldirib borish bo‘yicha rivojlangan qobiliyat va intellektual rivojlanishning 
amaldagi rag‘batlari zarur (I. G. Leonov). 
Uchinchi. Ta’lim sifatini boshqarishda ta’lim tashkiloti rahbarlarining 
asosiy e’tibori pedagoglar va o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish funksiyalarini 
kuchaytirishga emas, balki kamchiliklar paydo bo‘lishining oldini olish hamda 
ularning vujudga kelish manbalari va sabablarini tahlil qilishga qaratiladi. 
Bularning hammasi boshqaruv kadrlaridan ilmiy-pedagogik tadqiqotlarning 
metod va usullarini egallash, nazariy qoidalarni amaliyotda qo‘llash mahoratini 
talab qiladi. Boshqacha aytganda, ular boshqaruvda xilma-xil — intuitiv, 
empirik, tajriba, formal va ilmiy mantiqiy yondashuvlardan foydalanishlari 
darkor (M. M. Potashnik). 
To‘rtinchi. Ta’lim sifatini boshqarish ushbu jarayonga ta’lim jarayonining 
barcha qatnashchilarini kiritishni ko‘zda tutadi. Faqat sharti shuki, tashkiliy 
tuzilma pedagogik jarayon qatnashchilari o‘rtasidagi qat’iy «vertikal» 
aloqalardan «vertikal» bilan «gorizontal» aloqalarni bir-biriga uyg‘un holda 
qovushtirishga o‘tsagina shunday bo‘ladi. 
Masalan, quyida keltirilgan o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi sifatini 
boshqarish modelida bu — kollej ichki boshqaruv tuzilmasining markaziy-
simmetrik modeli hisoblanadi. Bunday tashkiliy tuzilmada rahbarlarning ham, 
pedagoglarning ham ongi «istisnosiz barcha bo‘linmalarni pirovard maqsadga 
erishishga yo‘naltirish» foydasiga o‘zgaradi (K. Bereznyak). Bunda direktor va 
uning o‘rinbosarlarining funksional vazifalari ham o‘zgaradi. 
Beshinchi. Ta’lim sifatini boshqarish tizimli metodlardan foydalanishni 
ko‘zda tutadi, bunda boshqaruv ob’ekti boshqacha xususiyatga ega bo‘ladi: ... 
ta’limni innovatsion tashkil etishda faoliyatning ikki (ta’lim beruvchi bilan 
o‘quv-bilish) turi emas, balki yaxlit holdagi o‘quv-kasbiy vaziyat boshqaruv 


77 
birligi hisoblanadi (I. Bogachek). 
Bir guruh olimlar (O. G. Xomeiki, M. M. Potashnik, A. V. Lorensev) 
taklif qilgan metoddan foydalangan holda ta’lim sifatini boshqarish jarayonining 
tasnifini ko‘rib chiqamiz. 
1. Innovatsiyalar ko‘lamliligiga qarab belgilanadi. Bunda ta’lim sifatini 
kollej ichki yoki maktab ichki doirasida boshqarish butun ta’lim tashkilotini 
qamrab oladigan tizimli yangilik hisoblanadi. 
2. Yangiliklarni o‘zlashtirish jarayoni salohiyat darajasiga qarab 
belgilanadi. Ta’lim tashkiloti doirasidagi ichki boshqaruv innovatsiyaning 
kombinatorli tipidan iborat, ya’ni ilgari ma’lum bo‘lmagan elementlarning 
tashkiliy tuzilmaning yangi modeli asosida yangicha konstruktiv qo‘shilishi 
hamda ilgari bunday qo‘shib foydalanilmagan prinsiplarning amalga oshirilishi 
sodir bo‘ladi. 
3. Yangilikning o‘z o‘tmishdoshiga munosabati ularning quyidagi 
toifasini tavsiflaydi. Ta’lim tashkiloti darajasida sifatni boshqarishga nisbatan 
olganda aytish mumkinki, u boshqaruv faoliyatining shu paytgacha amal qilib 
kelgan mohiyatini o‘zgartiradi va to‘ldiradi. Bu jarayon ikki bosqichdan iborat: 
— birinchisi — bitiruvchilarni tayyorlash darajasiga qo‘yiladigan 
nominal, normativ talablarning bajarilishiga qat’iy va to‘liq yo‘naltirish mavjud 
bo‘lgan sharoitda ta’lim tashkilotining faoliyati sifatini boshqarish. Boshqaruv 
nazariyasida 
bunday 
yondashuv 
konservativ 
yondashuv 
hisoblanadi 
(N. A. Selezneva); 
— ikkinchi bosqich — rivojlanish sifatini boshqarish. Bunda 
o‘zgartiruvchi-ijodiy, tadqiqot xususiyatiga ega faoliyatni amalga oshirish, 
yangiliklarni o‘zlashtirish, o‘z ilg‘or pedagogik texnologiyalarini yaratish 
ko‘zda tutiladi. Ta’lim tashkiloti barcha xodimlarining birgalikda harakat ishi 
bir-biriga muvofiq bo‘lishiga erishish va tashkiliy madaniyat bunday boshqaruv 
samaradorligining zarur sharti bo‘lib qolishi kerak. 
Innovatsion jarayon bo‘lgan ta’lim sifatini boshqarish quyidagi belgilarga ega: 


78 
Birinchi belgi. Faoliyatning yangi usuli mavjudligi. 
Ta’lim sifatini boshqarish, eng avvalo, boshqaruv kadrlari tomonidan 
ta’lim va kadrlar tayyorlash jarayonini kuzatish kabi faoliyat turidan 
foydalanishni ko‘zda tutadi. Buning uchun ular tegishli metodlarni, jumladan, 
kvalimetriya asoslarini, ya’ni sifatni miqdoriy baholash metodini qo‘llash orqali 
ta’lim sifatining boshlang‘ich va berilgan holatini aniq belgilashlari lozim 
bo‘ladi. Ilmiy adabiyotlarda mahsulot, xizmatlar sifatini baholash, boshqaruv 
faoliyatining baholash obyekti to‘g‘risida qadriyat borasidagi mulohazalarni 
shakllantirishga qaratilgan funksiyasining alohida tipiga kiritiladi. 
Ta’lim sifatini o‘lchash sifat o‘lchovini belgilash va uning qiymatini 
maxsus algoritmlar yordamida olishni ko‘zda tutadi. 
Bunday jarayonning samaradorligi baholashning statistik metodlarini 
qo‘llash orqali ta’minlanadi. Bu baholanayotgan obyektning sifat ko‘rsatkichlari 
qiymati aksariyat hollarda tasodifiy kattaliklar deb hisoblanishi bilan bog‘liqdir. 
Bunday holat ana shu sifatga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatuvchi ko‘plab 
omillar va shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Shu bois boshqaruv tarkibi ta’lim 
sifati haqidagi axborotni olish va ishlashning statistik metodlarini qo‘llay bilishi 
kerak. 
Ikkinchi belgi. Rivojlangan tashkiliy madaniyatning mavjudligi. 
Oldingi paragrafda ta’kidlab o‘tilganidek, jamoada me’yorlar tizimlarini, 
qadriyatlarni, urf-odatlar va an’analarni yuqori darajada shakllantirmasdan turib, 
ta’lim sifatini boshqarib bo‘lmaydi. Bularning hammasi ta’lim jarayonining 
barcha qatnashchilari o‘rtasida uyg‘un o‘zaro munosabatni vujudga keltirish 
imkonini beradi. 
Tashkiliy madaniyat ta’lim tashkilotining eng muhim quyidagi 
vazifalarini funksional jihatdan hal qilishda yordam beradi: 
— muvofiqlashtirish — belgilangan jarayonlar va xatti-harakat qoidalari 
yordamida amalga oshiriladi, bu jamoa barcha a’zolarining kelishilgan holda 
harakat qilishi imkonini beradi; 


79 
— motivatsiya — bajarilayotgan ish mazmuni ta’lim tashkiloti rahbari 
tomonidan tushuntirib berilishini ko‘zda tutadi; 
— ixtisoslashtirish — ta’lim tashkilotining shunga o‘xshash ta’lim 
tashkilotlaridan xarakterli farqqa ega bo‘lishi demakdir; 
— kadrlarni jalb qilish — ta’lim tashkilotining boshqalaridan afzalligini 
targ‘ib qilish, pedagoglarning ishlashi uchun maqbul shart-sharoit yaratish orqali 
hal qilinadi va h. k. (K. Shols). 
Uchinchi belgi. Ta’lim tashkiloti rahbarlarida innovatsion madaniyatning 
shakllanganligi. 
Bu ularning yangi bilimlar va faoliyat turlarini egallashga, o‘zgarishlarga, 
xavf-xatarga va javobgarlikka tayyorgarligini bildiradi. 
Boshqarish sohasidagi turli mutaxassislarning fikr-mulohazalarini tahlil 
qilish yangi tipdagi menejer shaxsining eng muhim sifatlarini, xususan, mehnat 
jamoasi bilan maqbul munosabatda bo‘la bilish mahoratini ajratish imkonini 
beradi. Yangi tipdagi boshqaruv kadrlarining asosiy vazifasi — «Yangiliklar 
kiritishga yo‘naltirilgan boshqaruv munosabatlarining mos tizimini yaratish»dan 
iboratdir (Yu. Krasovskiy). Ta’lim tashkiloti rahbarlari tomonidan yangi 
tashkiliy-psixologik madaniyat ma’nosidagi kasbiy mahoratni oshirib borishning 
quyidagi obyektiv davrlarining o‘zlashtirilishini ham shunga kiritish mumkin: 
— o‘z imkoniyatlari bilan jamoa imkoniyatlarini o‘rganish; 
— o‘z muvaffaqiyatlari va muvaffaqiyatsizliklari orqali jamoa 
imkoniyatlarini bilish; 
— jamoa imkoniyatlaridan o‘z kasbiy mahoratini oshirib borish uchun 
foydalanish; 
— jamoa imkoniyatlarini o‘zida va o‘zi orqali ro‘yobga chiqarish. 
Boshqaruv kadrlarining pedagoglar va o‘quvchilarning har qanday foydali 
tashabbusini qo‘llab-quvvatlashga va o‘zlari ham shu ishga qo‘shilishga 
qodirliklarini ham innovatsion belgi deb hisoblash mumkin. Tavakkalchilik va 
mas’uliyat ta’lim sifatini boshqarishda boshqaruv kadrlarining, ayniqsa, 


80 
еtakchining muhim xususiyatlaridandir. 
Ta’lim tashkiloti rahbarlarining kasbiy bilimdonligi novator negizini 
tashkil qiladi. Direktor va uning o‘rinbosarlarining kasbiy bilimlari nechog‘li 
darajada ekanligiga ko‘p jihatdan innovatsion faoliyatning muvaffaqiyati 
boshqaruv nazariyasi, iqtisodiyot va sotsiologiya, siyosatshunoslik va huquq, 
pedagogika va psixologiya, gigiena va fiziologiya sohalariga bog‘liq. 
Zamonaviy mutaxassis shaxsiga, muhandis-pedagoglar tarkibi faoliyatini va 
o‘quvchilarning o‘qishini tashkil etishning o‘ziga xos xususiyatiga oid normativ 
talablarni bilish ham ushbu ro‘yxatga to‘liq kiradi. Bunda zamonaviy ta’lim 
tashkilotlarini boshqarayotgan shaxslarning kasbiy-tashkiliy, axloqiy-psixologik 
sifatlari birinchi o‘ringa chiqadi. 
To‘rtinchi belgi. Ta’lim tashkiloti boshqaruv korpusi psixologik-
pedagogik madaniyatining yuqori darajadaligi. 
Bunday sifatning shakllanganligi ta’lim sifatini ta’minlashga doir 
faoliyatni loyihalashtirishning zarur shartidir. Ta’lim sifati va ta’lim tashkilotini 
boshqarishning asosiy funksiyalarini amalga oshirish uchun rahbarlar konkret 
mahorat va ko‘nikmalarni egallashlari zarur. Biz psixologik-pedagogik 
mahoratni, eng avvalo, shular qatoriga kiritamiz. Ularning mohiyati, 
P. T. Frolov ta’kidlab o‘tganidek, topshiriqni ongli zaruratga, faoliyat ning ichki 
ehtiyojiga aylantirish maqsadida mantiqiy va psixologik usullar yordamida 
xodimlarga ta’sir ko‘rsatishdan iboratdir» (P. T. Frolov). 
Ko‘rsatma-metodik xarakterdagi mahorat ham eng muhim ahamiyat kasb 
etadi. Bular tarkibiga quyidagi elementlar kiradi: 
— pedagogik, boshqaruv faoliyati maqsadlarini ta’riflash; 
— uning natijalarini tahlil qilish va baholash; 
— ta’lim sifatini boshqarishni tashkil etishda pedagogik metod va 
usullardan oqilona foydalanish; 
— xodimlarga malakali yordam ko‘rsatish; 
— ilmiy konferensiyalar, seminarlarni tashkil qilish va ularning ishida 


81 
qatnashish; 
— rahbarning jamoatchilik fikrini vujudga keltirish, ijtimoiy faollikni 
rag‘batlantirish, mas’uliyat hissini tarbiyalash orqali muhandis-pedagog 
xodimlarga ta’sir ko‘rsatish mahorati. 
Ta’lim tashkiloti rahbarlari pedagoglarga, o‘quvchilarga va ularning ota-
onalariga yagona pedagogik talablarni qo‘yishlari kerak. Bunda har bir 
xodimning individual imkoniyatlarini hisobga olish va chuqur o‘rganish, jamoa 
oldida turgan vazifalarni hal qilishda har kimning rolini ko‘rsatishga katta o‘rin 
beriladi. 
Beshinchi belgi. Ta’lim tashkilotida o‘z ishini o‘zi uyushtirishning yuqori 
darajasi. 
Ta’lim tashkilotining o‘zini o‘zi rivojlantirishi boshqaruv kadrlarining 
pedagoglar jamoasi bilan birgalikda tashqi ta’sirlarni idrok etish va ichki 
qarama-qarshiliklarni bartaraf qilish asosida ta’minlanadi. Ta’lim sifatini 
boshqarishda rahbarlarning asosiy e’tibori pedagog xodimlarning qobiliyatlari 
va imkoniyatlarini to‘liqroq ochishga, zarur mustaqillikni berishga va 
pedagoglarga nisbatan keraksiz vasiylikni bartaraf etishga qaratiladi. Bularning 
hammasi muhandis-pedagog xodimlar va ta’lim oluvchilarning o‘zishini 
uyushtirishi imkonini beradi. Xodimlarning yuksak kasbiy mahorati o‘zishini 
o‘zi uyushtirishi darajasiga katta ta’sir ko‘rsatadi (I. Kaoru). 
Shunday qilib, ta’lim sifatini boshqarishning ishlab chiqilayotgan va 
foydalanilayotgan tizimi innovatsiyaning asosiy belgilarini qanoatlantirishi 
kerak. 
Ammo bunda ta’lim tashkilotidagi boshqaruv faoliyati umumiy 
xususiyatga ega bo‘lgan quyidagi qonuniyatlarni ham aks ettirishini ta’kidlab 
o‘tish zarur: 
— boshqaruv tizimi bilan pedagogik jarayonning birligi; 
— markazlashtirish bilan markazlashuvdan chiqarishning uyg‘unligi; 
— boshqariluvchi va boshqaruvchi tizimlarning nisbatdorligi. 


82 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin