O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


ma’naviyatli kelajak avlodni tarbiyalash negizidir



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

ma’naviyatli kelajak avlodni tarbiyalash negizidir. Zamonaviy maktabgacha 
ta’lim tashkilotida – bola o‘z rivojlanishi uchun eng ahamiyatli sohalarda va 
jihatlarda kattalar va tengdoshlar bilan keng hissiy-amaliy o‘zaro muomala 
tajribasini oladigan joydir, bolalar bog‘chasida bola o‘z ehtiyojlari, qobiliyatlari 
va imkoniyatlariga muvofiq holda individual rivojlanishiga bo‘lgan huquqini 
shu jarayon uchun tashkiliy-pedagogik sharoitlar yaratilgan holda amalga 
oshiradi; pedagog o‘zining kasbiy va shaxsiyat fazilatlarini rivojlantiradi, rahbar 
bolalar va pedagoglar faoliyatining muvaffaqiyatli bo‘lishini ta’minlaydi; 
tashkilot ota-onalarning o‘z bolalari uchun ko‘zda tutgan kelajagi yuzasidan 
fikrlari xususiyatlarini inobatga oladi va ularni bolalar bilan, hamda ta’limiy 
jarayonning barcha ishtirokchilari bilan konstruktiv-hamkorlik munosabatlarini 
ro‘yobga chiqarishga yo‘naltiradi. 


60 
Bugungi kunda ta’lim sohasida turli xususiyatdagi, yo‘nalishdagi va 
ahamiyatdagi nihoyatda ko‘p innovatsiyalar mavjud, katta yoki kichik ko‘lamli 
davlat islohotlari o‘tkaziladi, ta’limning tashkil etilishiga, mazmuniga, 
uslubiyotiga, texnologiyasiga yangiliklar kiritiladi.
Hozirgi vaqtda bolalar bog‘chasiga bolalar bilan ilg‘or innovatsion 
texnologiyalar va yangi dasturlar asosida ishlay oladigan pedagog zarur bo‘ladi. 
U pedagogik jarayonning ijodkori bo‘lishi, moslashuvchan fikrlashga ega 
bo‘lishi, innovatsiyalardan mohirona foydalanishi lozim.
Ishning dolzarbligi shundan iboratki, oxirgi paytda maktabgacha ta’lim 
tashkilotida innovatsion texnologiyalarning qo‘llanishi masalasi tobora ko‘proq 
ko‘tarilmoqda, chunki ta’lim tashkilotining ishiga innovatsiyalarning joriy 
etilishi – maktabgacha ta’lim-tarbiya tizimini takomillashtirish va isloh etishning 
eng muhim shartidir. Pedagogik innovatsiyalar deganda pedagogik faoliyatga 
yangiliklar kiritish, samaradorligini oshirish maqsadida ta’limning mazmuni va 
texnologiyasini o‘zgartirishlarni tushunish lozim. Shunday qilib, innovatsiyalar 
jarayoni yangilik mazmuni va tashkil etilishining shakllanishidan va 
rivojlanishidan iborat.
Yangiliklar tashuvchisi – pedagog –innovatsiyalar jarayoni tuzilishining 
elementi sifatida yangilikni idrok etish, o‘zlashtirish va baholash, maqsad 
qo‘yish va maqsadga erishish birligi jihatidan tavsiflanadi. Motivatsiya 
(istayman), nazariy (qila olaman), texnologik (qilaman) va natija (olaman) 
intilishi va tayyorligining jamuljamligi maktabgacha ta’lim pedagoglarinign 
innovatsiya uquvliligi tizimini tashkil qiladi. 
Maktabgacha ta’lim pedagog xodimining kasbiy uquvliligi tuzilma-
funksional modeli
Izoh: Sh - shaxs, P – predmet (madaniyat), F – faoliyat, O – obyekt 
(bola) – kasbiy uquvlilikning shakllanish maydonlari; konsentrik aylanalar (I-
IV) – uning shaklanganligi darajalari; har bir blokdagi sektorlar, vektorlar bilan 
pedagogning ma’lum malakalari belgilangan.


61 
Shaxs tuzilishida va pedagogning innovatsion faoliyatda quyidagi 
muhim elementlarni ajratish mumkin. 
- motivlar, fikrlash yo‘nalishi, intilishlar, ular pedagogning yangilikka 
nisbatan ochiqligini va uni qabul qilishini tavsiflaydi; 
- ijodiy qobiliyat, masalan, kreativlik va individuallik. Faol o‘z-o‘zini 
anglash, pedagogik madaniyat, ijodiyot bazasi; 
-texnologik tarkibiy qismi, u an’anaviy vaziyatlarni turli-tuman hal etish 
yo‘llarini ta’minlaydi; 
- pedagogning o‘zi haqida va innovatsion jarayondagi o‘rni haqida 
adekvat tasavvurga yordam beruvchi refleksiya.
Pedagogning yangilikka intilishi, innnovatsion salohiyati va xulqi, 
yangilikni qabul qilishi kabi fazilatlari ham juda muhim. Yangilik kiritish 
fenomeni yangiliklarni joriy qilish, yuqori aqliy salohiyat, tanqidiy munosabat, 
muqobil yo‘llarni izlashni o‘ziga maqsad qilib qo‘ygan pedagoglarda uchraydi.
V.A. Slastenin va L.S. Podimova jamoaning innovatsion salohiyatini 
yangiliklarni yaratish, qabul qilish va amalga oshirish, shuningdek eski, 
pedagogik samarasiz jihatlarni o‘z vaqtida yo‘qotish qobiliyati deb ta’riflagan.
Innovatsion salohiyatning qismi bo‘lgan qabul qilish yangilikni sezish, 
unga tayyorlik, muammo bilan tanishish, uni hal etishning mavjud yo‘llarini 
tahlil qilish, yo‘lini tanlash, qaror qabul qilish oqibatlarini qabul qilish bilan 
belgilanadi.
Innovatsion ta’lim jarayonida pedagogik faoliyatning mazmuni 
an’anaviy faoliyatdan ancha farq qiladi.
Birinchidan, faoliyat mazmuni va texnologiyasini ishlab chiqish faoliyati 
ancha murakkablashadi, chunki uning texnologik asosi tez rivojlanadi. U 
pedagogning maxsus malakalari, ish usullari rivojlantirilishini talab etadi.
Bundan tashqari, zamonaviy axborot texnologiyalari faoliyat sifatiga va 
uning mahsuliga qo‘shimcha talablarni qo‘ymoqda.


62 
Ikkinchidan, zamonaviy pedagogik jarayonning o‘ziga xosligi shuki, 
pedagog markaziy o‘rin tutgan an’anaviy ta’limdan farqli ravishda, bu еrda 
asosiy diqqat bolaga – uning faolligi, tanlovi, kreativligiga qaratiladi.
Tarbiyachining muhim funksiyasi bolani o‘z faoliyatida qo‘llab-
quvvatlash, uning olamdagi muvaffaqiyatli ilgarilama harakatiga yordam berish, 
yuzaga keluvchi muammolar hal etilishini osonlashtirish, turli-tuman 
ma’lumotni o‘zlashtirishga yordam berish hisoblanadi.
K. Rodjers, A.B. Orlov va S.Ya. Romashina jahon ta’limiy 
hamjamiyatida shu sababli yangi atama – fasilitator – o‘qishga yordam beruvchi, 
osonlashtiruvchi, ko‘maklashuvchi shaxs paydo bo‘lib, ishlatilayotganligini 
qayd etganlar.
Uchinchidan, bilish materialini taqdim etish va tajribani berish yo‘llari 
pedagog va bolalarning intensiv muloqotini ko‘zda tutadi, pedagogning barcha 
bolalar bilan umumlashgan aloqasi ustuvor bo‘lgan, lekin tarbiyachining alohida 
bolalar bilan o‘zaro munosabati ancha kam bo‘lgan an’anaviy ta’lim turiga 
nisbatan zamonaviy ta’limda ushbu ta’lim sub’ektlari o‘rtasida ancha faolroq va 
qiziqarli o‘zaro munosabatlar bo‘lishini talab qiladi.
Pedagog va bolaning ta’lim jarayonida tutgan o‘rnining o‘zgarishi o‘zaro 
munosabatlar, eng avvalo pedagoglar o‘zaro munosabatlari – integratsiyasi va 
o‘zaro moslashuvi tizimini qayta qurish, shuningdek «pedagog – bola –ota-
onasi» uchburchagida o‘zaro munosabatlarni takomillashtirishni taqozo 
etmoqda. Bu, bir tomondan, maktabgacha ta’lim tashkilotida innovatsion 
jarayonning 
zaruriy 
sharti, 
boshqa 
tomondan 
–uning natijasi va 
muvaffaqiyatining ko‘rsatkichi bo‘ladi.

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin