Nazorat savol va topshiriqlar:
1. Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi haqida nimalarni bilasiz?
2.Boshqaruv tizimi qanday tizim?
3. Oliy ma’lumotli mutaxassislardan samarali foydalanish uchun nima kerak?
4.Ta’lim tizimida qanday usullarini bilasiz?
63
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Sh.M.Mirziyoyev Buyuk kelajagimizni mard va olijanob halqimiz bilan
birga quramiz. – T.: “O‘zbekiston”, 2017. – 488 b.
2.
Sh.M.Mirziyoyev 7 fevral 2017 yil kuni “O‘zbekiston Respublikasini
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947
sonli farmonni
3.
Sh.M.Mirziyoyevning “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini
yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori. T.:-2016y. 29-
dekabr
4. Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: Turon-
Iqbol, 2006. – 592 b.
5.Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-nashriyot¸
2006. -259 b.
3.
Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini
boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006.
7-MAVZU: TA’LIM SIFATINI BOSHQARISHNING O‘ZIGA XOS
XUSUSIYATLARI.
Tayanch tushunchalar: ta’lim, pedagogika, boshqarish, faoliyat, tarbiya,
tizim, shaxs.
O‘zbekistan Respublikasi o‘z mustaqilligini jahon miqyosida yil sayin
barqarorlashtirib borar ekan, uning istiqboli bugungi maktabgacha ta’lim
yoshidagi avlodning, bilimdon, ma’naviy jihatdan barkamol insonlar bo‘lib
еtishishiga bog‘liqdir. Bu o‘rinda inson ruxiyati qonunlarini o‘rganuvchi
maktabgacha ta’limni boshqarish ilmiy asoslari fani alohida, ahamiyat kasb
etadi. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarni jamiyatimiz uchun to‘laqonli,
faol, barkamol shaxs sifatida shakllantirish, samaradorligini yanada oshirishda
maktabgacha ta’limni boshqarish ilmi va uning amaliyotda to‘g‘ri yo‘nalishga
ega bo‘lishi juda muhimdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida uzluksiz ta’lim
64
tizimining samarali faoliyat ko‘rsatishi, eng avvalo, yuksak malakali raxbar
kadrlar faoliyati bilan belgilanadi. Shu boisdan, maktabgacha ta’limning
pedagogik jamoasini boshqarish, ta’limning yuqori ko‘rsatkichlariga erishib
borishda ta’lim tashkilotlari raxbarlaridan “boshqaruv” malakalariga ega bo‘lib
borishni talab qiladi. Boshqaruv faoliyatida raxbar va xodimlarning ishlash
ishtiyoqini oshirish, boshqaruv malakasini oshirish, raxbar, xodimlar boshqaruv
malakasini shakllantirishga qaratilgan ishchanlikni oshirishga, diqqat-e’tiborli
bo‘lishga, xodimlarni jipslashtirishga qaratilgan ilmiy tadqiqot ishlari
maktabgacha.
Maktabgacha ta’limni boshqarish ilmiy asoslari fanida pedagogik
jamoani boshqarish o‘z navbatida boshqaruv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan
muammolarni shaxs va shaxslar guruxi tomonidan boshqa guruxlar faoliyatini
samarali tashkil etish va birgalikdagi faoliyatni amalga oshirishning
maktabgacha ta’limni boshqarish mexanizmlarini o‘rganadi. Mazkur
qo‘llanma maktabgacha ta’limni boshqarishda ta’lim tashkilotlari raxbarlari,
pedagog xodimlar uchun pedagogik jamaoni boshqarishda maktabgacha ta’lim
tashkilotlarini boshqarish bilimlarning ahamiyati, jamoada bo‘ladigan
shaxslarning o‘zaro munosabatlarini tashkil etishiga muhim ilmiy-amaliy
manba bo‘lib xizmat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi pedagogik
jamoani boshqarish ilmiy asosida o‘rganiladi. Maktabgacha ta’lim
boshqarishni ilmiy asoslari fanining boshqa sohalari bilan uzviy bog‘likda o‘zi
tuplagan ma’lumotlarni chukur va ilmiy jixatdan oqilona tahlil kilish
imkoniyatiga ega bo‘ladi. Maktabgacha ta’lim toshkilotlarini boshqaruv
ilmining mazmun va mohiyati kishilarni yoki jamoa mexnat faoliyatini bir
joyga nomlash, boshqarish bilan ham bog‘likdir. Jamoa yiriklashgan sari
boshkaruvning vazifalari murakkablashib boradi. Boshkaruv jarayonining
murakkablashuvi boshqaruv ilmidan foydalanish zaruriyatini keltirib chiqaradi.
O‘quv moduli birliklari:
1) Boshqarish tamoyillari va uslubi
65
2) Rahbar va xokimiyat
3) Rahbar va vaqt
4) Ishontirish boshqarshining asosi sifatida
5) Bo‘ysinuvchilar bilan o‘zaro munosabat
6) Motivlash
7) Nazorat
Dostları ilə paylaş: |