O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

Nazorat savol va topshiriqlar: 
1. Maktabgacha ta’limda menejment faoliyati turi haqida nimalarni bilasiz? 
2. Boshqaruv tizimi qanday tizim? 
3. Oliy ma’lumotli mutaxassislardan samarali foydalanish uchun nima kerak? 
4. Ta’lim tizimida qanday usullarini bilasiz? 
Foydalanilgan adabiyotlar: 
1. 
Qurbonov Sh., Sayitxalilov E. Ta’lim sifatini boshqarish. –T.: Turon-
Iqbol, 2006. – 592 b. 
2. 
Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Ta’lim menejmenti. –T.: Voris-nashriyot¸ 
2006. -259 b. 
3. 
Djuraev R.X., Turg‘unov S.T. Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarini 
boshqarishda menejmentning asosiy tushunchalari. –T.: Fan¸ 2006.
4.Нормативные документы по реформированию системы высшего 
образования Республики Узбекистан. Част. 1 и 2. Ташкент, 1998.
 
5-MAVZU. TA’LIM MENEJMENTI FUNKSIYALARI, METODLARI 
VA BOSHQARUV QARORLARI 
Tayanch tushunchalar: boshqaruv, bilish, strategik, reja, predmet, tamoyil, 
rag‘bat, metod, qonuniyatlar, funksiyalar, rejalashtirish, boshqarish, 
loyihalashtirish. 
Ta’limni boshqarish qonuniyatlari boshqaruv jarayonida turli elementlar va 
hodisalarning obyektiv ravishda mavjud bo‘lgan, takrorlanuvchi o‘zaro 
aloqalarini aks ettiradi. Ular umumiy va xususiyga bo‘linadi. Umumiy 
qonuniyatlar boshqaruvning barcha tizimlariga xos bo‘lsa, xususiylari ayrim 


53 
ta’lim tashkilotlari va tashkilotlarining amal qilishi bilan bog‘liq. 
Quyidagilarni boshqaruvning umumiy qonuniyatlari sirasiga kiritish mumkin: 
ustuvor samaradorlik va ongli rejali boshqarish; boshqaradigan va 
boshqariladigan tizimlarning, boshqarish subyekti va obyektining o‘zaro 
munosabati, boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyasi jarayonlarini 
kuchaytirish. Ushbu qonuniyatlarni ko‘rib chiqamiz. 
Ta’limni ongli boshqarishning ustuvor samaradorligi qonuniydir, chunki unda 
kechayotgan jarayonlarni rejali boshqarish tizimi amalda ushbu jarayonlarni 
beixtiyor tartibga soladigan boshqarish tizimlaridan samaraliroqdir. Hozirgi 
ta’limda boshqarishning barcha darajalarida dasturiy-maqsadli yondashuv, 
tizimli yondashuv va tahlil keng qo‘llanilayotganligi buning dalilidir. 
Boshqaradigan va boshqariladigan tizimlar, boshqarish subyekti va obyektining 
o‘zaro munosabati qonuniyat ekanligi boshqaruv sohasining boshqaruv ob’ekti 
talablariga muvofiqligini bildiradi. Chunonchi, iqtisodiyotni rivojlantirishda 90-
yillarning o‘rtalaridan ko‘zga tashlangan siljishlar mamlakatimizda butun 
boshqaruv apparatini muayyan o‘zgartirishni talab qildi, bu hol 1997-yildan 
boshlangan ta’lim va kadrlar tayyorlashdagi islohotlar majmuida o‘z ifodasini 
topdi. Natijada ta’lim va uni boshqarish tizimi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy 
o‘zgarishlar, fan-texnika taraqqiyoti talablariga mos tushgan holda barqaror 
rivojlanish tamoyilini kasb etdi. 
Boshqaruvda mehnat taqsimoti va kooperatsiyalash jarayonlarining kuchayishini 
ham ta’limni boshqarishning umumiy qonuniyatlariga kiritish mumkin. 
Qonuniyat, birinchidan, boshqaruvda mehnatning bundan keyin ham gorizontal 
va vertikal taqsimotini aks ettiradi, bu hol boshqaruvning rivojlanganligi, 
boshqariladigan tizimlar ko‘lami kengayganligi, yangi funksiyalar va faoliyat 
turlari paydo bo‘lganligi bilan bogʻliqdir. Ikkinchidan, mehnat taqsimoti uning 
muvofiqlashtirilishini, ya’ni boshqaruv mehnatini kooperatsiyalashda o‘z 
ifodasini topadigan boshqaruv subuektlari ishi muvofiqlashtirilishini taqozo 
qiladi. 


54 
Agar umumiy qonuniyatlar umuman boshqaruvga xos bo‘lsa, xususiy 
qonuniyatlar boshqaruvning ayrim tomonlari va tizimlari uchun xosdir. 
Quyidagilarni xususiy qonuniyatlar sirasiga kiritish mumkin: boshqaruv 
funksiyalarining o‘zgarishi, boshqaruv bosqichlari sonining maqbullashtirilishi, 
boshqaruv funksiyalarining jamlanishi va nazoratning keng tarqalish qonuniyati 
kabilar. 
Ta’limni boshqarish funksiyalarining o‘zgarish qonuniyatlari boshqaruvning 
turli ierarxik darajalarida bir funksiyaning yuksalishi, boshqasining pasayishini 
bildiradi. Masalan, O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’limvazirligi 
darajasida asosan ta’lim mazmunini qamrab olgan strategik vazifalar (o‘quv 
rejalari, dasturlari, davlat ta’lim standartlari, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va 
boshqalar) hal qilinsa, ta’lim tashkiloti darajasida ko‘proq umumiy o‘rta ta’lim 
maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq taktik masalalar hal etiladi. 
Boshqaruv bosqichlari sonini maqbullashtirish qonuniyatlari boshqaruvning 
ortiqcha bo‘g‘inlarini bartaraf etishni taqozo qiladi, bu hol uning 
moslashuvchanligi va tezkorligini kuchaytiradi. 
Ta’limni boshqarish funksiyalarini jamlash shundan iboratki, har bir boshqaruv 
bosqichi funksiyalarni ko‘proq jamlashga, ya’ni boshqaruv xodimlari sonini 
ko‘paytirishga intiladi. Barcha mamlakatlarda byurokratik apparat soni oshib 
borayotgani haqida ma’lumotlar bu qonuniyatni yaqqol namoyish etadi. 
Nazoratning yoyilganlik qonuniyati qo‘l ostidagi xodimlar soni bilan boshqaruv 
xodimi tomonidan ularning faoliyatiga samarali rahbarlik qilish va ishlarini 
nazorat qilish imkoniyatlari o‘rtasidagi bog‘liqlikni aks ettiradi. 
Ta’limni boshqarishning (ham umumiy, ham xususiy) qonuniyatlari ob’ektiv 
xususiyatga ega bo‘lib, kishilar faoliyatini boshqarish jarayonida amalga 
oshiriladi. Ta’limni boshqarish tamoyillarini shakllantirishda boshqaruv 
qonuniyatlari to‘liq hisobga olinishi kerak. 
Ta’limni boshqarish tamoyillari — bu boshqaruv tizimi, tuzilmasi, boshqaruvni 
tashkil etishning asosiy talablarini belgilab beruvchi qoidalar demakdir. 


55 
Boshqaruv tamoyillari ham, qonuniyatlar kabi, umumiy va xususiyga bo‘linadi. 
Ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari universal tabiatga ega bo‘lib, 
boshqaruvning barcha sohalariga ta’sir ko‘rsatadi. 
Quyidagilarni ta’limni boshqarishning umumiy tamoyillari sirasiga kiritish 
mumkin: aniq maqsadga yo‘naltirilganlik, rejalilik, bilimdonlik, intizomlilik, 
rag‘batlantirish, ierarxiklik (pog‘onalilik). 
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili dasturiy-maqsadli boshqaruvning 
mohiyati bilan belgilangan bo‘lib, har bir ta’limni boshqarish organi va uning 
har bir bo‘linmasi oldiga maqsadlar aniq qo‘yilishini ko‘zda tutadi. Bunda 
maqsad haqiqatan ham erishish mumkin bo‘lgan va iloji boricha aniq-ravshan 
belgilangan bo‘lishi kerakki, bu ish aqlga muvofiq bo‘lishini ta’minlaydi, 
xodimlar sa’y-harakatini uning ijrosiga safarbar etadi. 
Aniq maqsadga yo‘naltirilganlik tamoyili qo‘yilgan maqsadlargina emas, balki 
ana shu maqsadlarning zarur resurslar bilan nisbati darajasini aniqlashni ham 
nazarda tutadi. Bunda maqsadlarni ularga erishish uchun zarur bo‘lgan asosiy 
resurslar bilan bog‘lashni ta’minlashgina emas, balki diqqat-e’tiborni 
maqsadlarga erishishga xalaqit berayotgan eng zaif bo‘g‘inga qaratish ham 
kerak bo‘ladi. 
Ta’limni rejali boshqarish tamoyili ham dasturiy-maqsadli boshqarish bilan 
bog‘liq bo‘lib, harakat dasturini tuzish va uni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. 
Rejalilik ish sharoitini normallashtirish va uni ijrochilar o‘rtasida taqsimlashda 
ijrochilar xatti-harakatlarini muvofiqlashtirish va ularga yo‘l-yo‘riq berishda
shuningdek har bir ishning va umuman dasturning bajarilishini hisobga olish va 
nazorat qilishni tashkil etishda namoyon bo‘ladi. Ushbu tamoyilning amalda 
bajarilishi butun boshqaruv tizimi reja asosida tashkil etilishiga olib keladi. 
Bilimdonlik tamoyili menejerning boshqaruv ob’ektini bilishini, hech 
bo‘lmaganda, qarorlar qabul qilishda mutaxassislarning foydali maslahatlarini 
qabul qilishga qodirligini anglatadi. Bilimdonlik tamoyili mehnatning 
funksiyalar bo‘yicha gorizontal taqsimlanishi bilan bog‘liq. 


56 
Boshqaruvning har qanday tizimida har qanday darajada mavjud bo‘lishi kerak 
bo‘lgan intizom boshqaruvning ajralmas tamoyili hisoblanadi. Intizom rahbar 
ko‘rsatmalarining, lavozim vazifalarining, yo‘riqnomalarning, buyruqlarning va 
boshqa direktiv hujjatlarning shubhasiz bajarilishini ko‘zda tutadi. Intizom 
darajasi ko‘p jihatdan boshqaruv madaniyatini belgilaydi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin