O‘zbekiston pespublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


DTS yaratishning asosiy tamoyillari



Yüklə 1,51 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/59
tarix12.05.2023
ölçüsü1,51 Mb.
#112064
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59
5 11 2020 бошқарув ўқув қўллама магистир

DTS yaratishning asosiy tamoyillari
1. Insonparvarlik va ma’naviyatlilik. 
2. Asosiylik (fundamentallik). 
3. Umumta’lim va kasb-malaka ta’limi. 


45 
4. Uzluksiz va an’anaviylik. 
5. Oldinda bo‘lish. 
6. O‘zgarmaslik. Dasturning o‘zgarmasligi. 
7. Talabalarning akademik mobilligi. 
8. O‘z-o‘zini tayyorlash . 
9. Ta’limni kengaytirish imkoniyatlarini mavjudligi. 
10. Ko‘p darajali sifat nazorati. 
Nazorat 3 bosqichda amalga oshiriladi: 
I daraja. Test markazi (O‘z.R.V.M.) tomonidan: 
a) OTM attestatsiyasi, xodimlar va rag‘barlarning, ilmiy-pedagogik
kadrlarni attestatsiya qilish. Akkreditatsiya qilish (mutaxassislar va yo‘nalishlar 
bo‘yicha); 
b) kadrlar tayorlash sifatini, o‘quv-tarbiya jarayonini ekspert baholash. 
II daraja. Vazirlik tomonidan: 
a) DTS da ko‘zda to‘tilgan tayyorgarlik darajasini va mazmunini ta’minlash; 
b) kadrlar tayyorlash sifatini. 
III daraja. OTM tomonndan. 
a) talabalar bilimini reyting-nazorat qilish; 
b) davlat attestatsiya komissiyasi tomonidan nazorat (bitiruv ishi mutaxassisni). 
Davlat kadrlar tayyorlash mazmuni va darajasiga talablarni shakllantiradi. 
Ta’lim-malaka dasturida (bakalavriat) quyidagi komponentlar mavjud. 
1. Gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy fanlar bloki. 
Milliy mustaqillik ideologiyasi, demokratiya, ilmiy dunyoqarash, yuqori 
manaviyat va madaniyat, demokratik, huquqiy va iqtisodiy
fikrlashni 
shakllantiradi. 
2. Masmatnk va tabiiy fanlar bloki. 
Matematik bilimlar va modellashtirish, informatsion texnologiyalar to‘gʻrisidagi 
tushunmani shakllantiradi;. tabiiy fanlar fundamental birligi to‘gʻrisida 


46 
tushunchani, zamonaviy tabiatshunoslik konsepsiyasi, tabiatshunoslikdagi 
yangiliklar va kelajakdagi o‘zgarishlar, tabiatdan ratsional foydalanish va inson 
faoliyati to‘gʻrisida tushunchani shaklantirish. 
3. Umumkasbiy fanlar bloki. 

umumkasb boʻyicha chuqur bilimlarni shakllantirish; 

ta’lim yo‘nalishi boʻyicha maxsus fanlarni oʻrganish uchun asos 
yaratadi; 

kasb faoliyati bilimi va qobiliyatini yuzaga keltiradi. 
1. 
Maxsus fanlar bloki. 
ta’lim yo‘nalishi boʻyicha bilim va malakani shakllantiradi; aniq mutaxassislik 
boʻyicha keyingi ta’limni tanlovini aniqlaydi; fan-texnika yutuklari, ta’lim 
yo‘nalishining rivoji, kelajagi va muammolari to‘gʻrisida tushuncha beradi. 
Sifat to‘satdan paydo bo‘lib qolmaydi. Uni rejalashtirish lozim. Sifat tashkilot 
strategiyasida eng muhim ko‘rsatkich bo‘lishi va unga strategik rejalashtirish 
jarayoniga muvofiq muntazam erishilishi darkor. Strategik rejalashtirish — 
ta’lim sifatini boshqarish tizimidagi eng asosiy ko‘rsatkichlardan biridir. 
Ta’lim sifatini rejalashtirish ta’lim tashkiloti faoliyatining uzoq muddatli 
yo‘nalishini ishlab chiqish bilan chambarchas boliq. Qudratli strategik nuqtai 
nazar — har qanday tashkilot muvaffaqiyatining eng asosiy omillaridan biridir. 
Ta’limdagi strategik rejalashtirish jarayoni fanda, ishlab chiqarishda va umuman 
jamiyatda ro‘y berayotgan voqea-hodisalarni ko‘zgudagidek aks ettiradi. Unda 
asosiy vazifalar va maqsadlarni aniqlash, kuchli va zaif tomonlarni, 
imkoniyatlarni va tahdidga soluvchi xavf-xatarlarni tahlil qilish uchun 
foydalaniladigan omillar ta’lim sohasiga ham joriy qilinadi. 
Strategik rejalashtirish uzoq muddatli ustuvor jihatlarni shakllantirishga imkon 
beradi va oqilona o‘zgarishlarga ko‘maklashadi. Tashkilot strategiyaga ega 
bo‘lmay turib, yangi imkoniyatlardan juda yaxshi foydalanish uchun maqbul 
vaziyatda ekanligiga ishonch hosil qila olmaydi. Strategik rejalashtirishning 
yеtakchi maqsadlari ta’lim tashkilotini rivojlantirishning muayyan vaqt 


47 
oralig‘iga mo‘ljallangan umumiy dasturini ishlab chiqish bilangina emas, balki 
ushbu ta’lim tashkiloti ko‘rsatadigan ta’lim xizmatlarining eng muhim 
yo‘nalishlarini, shuningdek, bu yo‘nalishlarning istemolchilar ehtiyojlariga 
nechog‘li mosligini tushunib olish va ularni qayta ko‘rib chiqish bilan ham 
belgilanadi. 
Strategik rejalashtirishda odatda, muhim muammolarning ma’lum bir majmuini 
ishlab chiqishga alohida ahamiyat beriladi. Ularning ro‘yxati quyidagicha 
bo‘lishi mumkin: 
Garchand nazariyadan amaliyot sari ishlash oqilona yo‘l bo‘lsada, strategik 
rejalashtirishga kirishayotib rioya qilish lozim bo‘lgan xatti- harakatlar 
majburiy izchilligi mavjud emas. Biroq kelajakni rejalashtirishda tizimli 
yondashish nihoyatda muhim. Strategiya istemolchilarning turli guruhlari 
ehtiyojlariga tayanishi lozim. Shundan kelib chiqqan holda bosh maqsadni 
belgilab beradigan hamda umuman nuqtai nazarni kengaytiradigan siyosat va 
rejani tuzish zarur. 
Strategik rejalashtirishda harakatlarning muayyan izchilligi bo‘lishi mumkin. 
Ta’lim tashkilotining bosh maqsadi, uning yo‘nalishini, boshqalardan farqini 
belgilab beradi. Bosh maqsadning, ushbu ta’lim tashkilotining barcha 
imkoniyatlaridan maksimal ravishda foydalanishga imkon beradigan zarur 
harakatlarga o‘tishini ta’minlash juda muhim. Ular o‘z sohasining 
peshqadamlaridan bo‘lishni maqsad qilib qo‘yganliklarini, odatda, istar-istamas 
oshkora e’lon qiladilar. Ular, bu holda, mag‘lubiyatga uchrash ehtimolidan 
cho‘chiydilar. Siz asosiy maqsadni aniqlar ekansiz, uzoq muddatga 
mo‘ljallangan, aniq ifodalangan sifat strategiyasiga tayansangiz, bu hol, albatta, 
aks etishi lozim. Tashkilotni maqsadi, bosh vazifalarining asosiy qoidalarini 
belgilashda quyidagilarni e’tiborga olish zarur: 
-yodda oson saqlanishi; 
-oson ommalashishi; 
-tashkilotning nima bilan shug‘ullanishi aniq belgilanishi 


48 
-sifatni oshirishga qo‘shilgan hissa darajasi; 
-tashkilotning uzoq muddatli maqsadlari to‘g‘risida nizom bo‘lishi; 
-istemolchiga yo‘naltirilgan bo‘lishi; 
-moslashuvchan bo‘lishi shart. 
Ta’lim tashkiloti qadriyatlarni o‘zi aniqlab olishi zarur, ammo ular quyida 
tavsiya qilinadiganlardan aksariyatini o‘z ichiga olishi mumkin: 
-ta’lim oluvchilar (magistr, talaba)ni birinchi o‘ringa qo‘yamiz; 
-kasbiy halollikni yuqori darajada tutgan holda ishlaymiz; 
-yagona jamoa bo‘lib ishlaymiz; 
-doimiy yaxshilanishga (taraqqiyotga) intilamiz; 
-barchaga teng imkoniyatlar yaratish ustida ishlaymiz; 
-ta’lim xizmatlarining eng yuqori sifatini ta’minlaymiz. 
Ushbu vazifa va qadriyatlar aniqlangach, ularga erishish mumkin bo‘lgan 
maqsadlar bilan bog‘lash kerak. Ularni o‘rganiladigan bo‘lishi juda muhim, 
ya’ni ularning yutuqlari natijasini muntazam ravishda baholab turish mumkin 
bo‘lishi lozim. Shunday qilib, maqsadlar haqiqiy va bajara oladigan bo‘lishi 
kerak. Ehtimol o‘ylangan ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va 
omadsizliklarni tahlil qilish strategik rejalashtirishning zaruriy bosqichi 
hisoblanadi. U ta’lim tashkilotining imkoniyatlarini aniqlashning samarali 
vositasi bo‘lib xizmat qiladi. 
Unda ikkita tarkibiy qismni, ya’ni, obyekti ta’lim tashkilotining o‘z faoliyati 
bo‘lgan ichki tahlilni va uning faoliyatidagi tashqi vaziyatlar tahlilini ajratib 
ko‘rsatish mumkin. Kuchli va zaif tomonlarning nisbatini, mohiyatan, ta’lim 
tashkiloti samaradorligining ichki vazifasi deyish mumkin. Imkoniyatlar va 
ehtimol tutiladigan xavf-xatarlar jihati esa ta’lim tashkiloti ish olib boradigan 
sharoitdagi tashqi vaziyatlarga tegishlidir. Bu tahlilning maqsadi afzallikni 
kuchaytirib, nuqsonlarni mumkin qadar kamaytirish, xavf-xatarni susaytirib, 
yangi imkoniyatlarni yaratishdan iborat. Agar tahlilni ham istemolchilarning 
talablariga, ham ta’lim tashkilotining talab bozorida raqobatlashish 


49 
imkoniyatlariga qarasak, tahlilning samaradorligini oshirish mumkin bo‘ladi. 
Bular uzoq muddatli Istiqbol rejani yaratishda ikki asosiy soha hisoblanadi. 
Ta’lim tashkilotini istiqbol rejalari, ta’lim tashkilotining raqobatbardoshligini 
oshirib, maktabgacha ta’lim tashkilotiga jalb etishini yuqori darajada 
kuchaytiradigan tarzda ishlab chiqilishi lozim. 
Agar bu milliy qadriyatlarni o‘rganish bilan qo‘shilsa, u holda ushbu 
tashkilotning raqobatchilaridan farqini belgilab olish mumkin bo‘ladi. 
Tashkilotning farqli hususiyati belgilab olingach, uning uchun sifat 
samaradorligini aniqlash ancha oson bo‘ladi. 
Ana shunga ko‘ra ijobiy va salbiy omillarni, istiqbol yo‘nalishlari va 
muvaffaqiyatsizliklarni tahlil qilish natijalari quyidagicha ko‘rsatilishi mumkin: 
Ijobiy omillar: 
 bolalarning ko‘p miqdorda qabul qilinishi; 
 ijodiy boshqaruv ishi; 
 bog‘chaga olinishlarning ijobiy natijalari; 
 kuchli musiqa va san’at rahbarlari; 
 ota-onalarning kuchli ko‘magi; 
 Hokimiyat oʼrganlarining qo‘llab-quvvatlashi. 
Salbiy omillar: 
 eski, xarob bino; 
 xodimlarning yoshi (o‘rta va katta yoshdagilarning ko‘pligi); 
 byudjetning ozligi; 
 uskuna va jihozlar kamligi. 
Istiqbollari: 
 yaxshi yеrda joylashgan, o‘zi kabi yuqori obro‘ - etiborga ega 
bo‘lgan qo‘shni ta’lim tashkiloti bilan qo‘shilish; 
 guruhlar bo‘yicha tadbirlar va sport musobaqalarida obro‘-e’tibor 
qozonish; 
 qo‘shilish va yangi tashkilot hosil bo‘lishi natijasida umumiy 


50 
yuksalish; 
 taklif qilinadigan ta’lim xizmatlari sonini ko‘paytirish uchun 
xodimlarning kasbiy saviyasini oshirish imkoniyati; 
 birlashgan tashkilot qo‘shimcha moliyaviy resurslarni jalb qilishi 
mumkin. 
Muvaffaqiyatsizliklar: 
 o‘z qiyofasini, ustunliklarini va obro‘-e’tiborini yo‘qotish xavfi; 
 vaqtidan ilgari nafaqaga chiqib ketishi mumkin bo‘lgan tajribali 
xodimlarni yo‘qotish xavfi; 
 boshqa ta’lim tashkilotining muhiti ustun bo‘lib qolishi; 
 ba’zi bir hokimiyat vakillarining qo‘llab-quvvatlashlaridan mahrum 
bo‘lish e’timoli. 
Muvaffaqiyatning tanqidiy omillari-bu, agar ta’lim tashkiloti xodimlari 
talablarini qondirishga va bosh vazifani hal qilishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, u 
erishishi lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlardir. Ular vazifasining navbatdagi bosqichi 
bo‘lib, ta’lim tashkilotining asosiy maqsadi yo‘nalishini belgilab beradi. 
Ular faoliyat ko‘rsatkichlari bilan, juda bo‘lmasa ham, o‘xshash. Farqi 
shundaki, faoliyat ko‘rsatkichi, odatda, natijalarni tanqidiy omillaridan kelib 
chiqadi va ta’lim tashkilotining asosiy vazifasiga yoki xodimlarning talabiga 
doim ham to‘g‘ridan-to‘gʻri taalluqli bo‘lavermaydi. 

Yüklə 1,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   59




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin