Mavzu: Qadimgi Xitoy



Yüklə 420,19 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/16
tarix12.05.2023
ölçüsü420,19 Kb.
#112172
növüReferat
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


19 
XULOSA 
 
Qadimgi Xitoy haqida xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, qadimgi Sharq madaniyati, 
davlatchilik tarixini u davlatsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Chunki qadimgi Xitoy alohida ahamiyat kasb etgan 
o‘ziga xos madaniyatni o‘zida mujassam etgan. 
Qadimgi Xitoy davri dastlabki davlat birlashmalari bo‘lgan o‘sha qadimgi Shan davlati, undan so‘ng 
Chjou davlati, Sin sulolasi va Xan sulolalari davlati yashagan davrlarni o‘z ichiga oladi ya‘ni mil. avv 
uchinchi mingyillik o‘rtalaridan boshlab to milodiy 220-yilgacha, Xan davlati uchta davlatga bo‘lib 
ketgungacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga oladi. Bu katta davr ichida Xitoyda ancha o‘zgarishlar sodir bo‘lgan. 
Uning sivilizatsiyasi ham boshqa Sharq davlatlari singari daryo bo‘yida boshlangan. Daryodan oqib keluvchi 
serunum tuproq sun‘iy sug‘orma dehqonchilik uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Rivojlangan sun‘iy sug‘orma dehqonchilk keyinchalik o‘ziga xos madaniyat yutuqlariga erishishga 
asos bo‘lib xizmat qiladi. Bu davrda xitoyliklar dunyo ahamiyatiga molik kashfiyotlar qilishgan. Bularga 
misol tariqasida mil. avv 5 asrda kashf qilingan ipak, mil. avv 1 asrda qog‘ozni, yer qimirlashini avvaldan 
biluvchi seysmograf, dunyo tomonlarini aniqlab beruvchi kompas( u har doim janubni ko‘rsatib turgan), 
iyerogliflardan iborat yozuv ( keyinchlik bu yozuv koreys, yapon hamda vetnam yozuvlariga asos bo‘lib 
xizmat qilgan)ni va boshqa ixtirolarni keltirishimiz mumkin.
Xan sulolasini buyuk imperatori U Di (mil. avv 140-87 yy) hukumronligi davrida nafaqat Sharqda 
balki butun Osiyo va Yevropada katta ahamiyatga ega bo‘lgan Buyuk ipak yo‘lini ochilishi savdo-sotiq, 
madaniy aloqalarni almashishiga xizmat qilgan. Buyuk ipak yo‘li orqali sharqiy Osiyodagi Sariq dengizi 
bo‘yidagi davlatlar Xitoy hududidan o‘tib, sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, Eron, Old Osiyo, Kichik Osiyo 
hududidan o‘tib Yevropa hududlarigacha borgan. Uni yo‘nalishidagi davlatlar ancha rivojlangan, bir-birlari 
bilan doimo aloqalar qilib turishgan.

Yüklə 420,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin