86
O‘simliklari: O‗simliklari juda siyrak. Eng harakatli o‗simligi yer yoqalab
o‗suvchi yarim buta – Teresken. Bu yerdagi yakka-yu yagona o‗tinga
yaroqli bo‗lgan o‗simlik hisoblanadi. Tereskenli sahrolar (cho‗llar) 3500-
4200 metr balandlikda o‗sadi. Baland tog‗ cho‗l zonasida shuvoq o‗sadi.
Toshloqli joylarda yostiqsimon kserofitlar (Nagornya Kserofiti) uchraydi.
Tuproqlari: Sharqiy Pomirning baland tog‗ cho‗l zonasida o‗ziga xos
primitiv, toshloqli tuproqlar uchraydi. Eng
yuqori gorizontal tarkibida
gumus miqdori 0,3 foizdan oshmaydi. Cho‗l taqirsimon tuproqlar ham
uchraydi. Yaxshi namlangan yon bag‗irlar pastki qismida baland tog‗ cho‗l-
dasht qo‗ng‗ir tuproqlar ham tarqalgan.
Muzliklar: Sharqiy Pomir toshloqli shimoliy tundra uchun xos bo‗lgan
doimiy muzliklar va qazilma (iskopayemie)
muzliklarning keng
tarqalganligi bilan ham ajralib turadi.
Hayvonlari: Arhar, uzun dumli sug‗ur, qizil pishuxa, Pomir quyoni va
boshqalar. Uy hayvonlaridan qo‗tos ko‗p uchraydi. Sharqiy Pomir qishda
ham yaylovlardan chorva mollari uchun foydalaniladi.
Dostları ilə paylaş: