Buxoro jayron qo‘riqxonasi. Jayron O‗rta Osiyo va Janubiy Qozog‗iston
cho‗llarida yashaydigan hayvon turlaridan bo‗lib, O‗rta Osiyo cho‗llari va
Sharqiy Zakavkazeda keng tarqalgan. Jayronni qadimdan qoplon, it, burgut,
o‗rgatilgan gepardlar yordamida ov qilingan. Keyingi o‗n yillikda
avtomashinalar bilan ov qilish natijasida jayron soni keskin kamayib ketdi.
Endilikda jayronni ovlash barcha ittifoqdosh respublikalarda man qilingan.
Jayron muhofaza qilinuvchi nodir tur sifatida xalqaro «Qizil kitob»larga
kiritilgan. O‗rta Osiyo va Ozarbayjonda jayronni muhofaza qilish uchun
maxsus qo‗riqxona va zakazniklar tashkil qilingan. Jayronni yarim ochiq
sharoitda saqlash, ko‗paytirish maqsadida 1977 yili eng tipik cho‗l
landshaftlaridan iborat hududida, Qizilqumning janubida, Kogondan quyiroqda
117
Buxoro pitomnigi tashkil etildi. Qo‗riqxonaning atrofi 36 kilometr uzunlikda
sim to‗rlar bilan o‗ralgan. Unda zaruriy gidromeliorativ va biotexnik ishlar olib
borilgan. 1978 yili may-noyabr oylarida 19 urg‗ochi va 25 erkak jayron olib
kelindi. Hozir ularning soni birmuncha ko‗payib, 300 boshdan oshib ketdi. 5
ming 600 gektar yerni egallagan bu maydonda jayronlarning yashashi uchun
barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Bu qo‗riqxona O‗rta Osiyoda birinchi bo‗lib
tashkil etilgan. Bu qo‗riqxonaga jayronlarni va kamayib ketayotgan boshqa
hayvonlarni ko‗paytirish vazifasi yuklatilgan. Hozirgi vaqtda bu yerda
Prejevalskiy otlari ham ko‗paytirilmoqda.
Aqliy hujum:
1. O‘rta Osiyodagi qanday qo‗riqxonalarni bilasiz.
2. O‘rta Osiyodagi qanday Milliy bog‗larni bilasiz.
3. O‘rta Osiyodagi qanday buyurtmalarni bilasiz.
4. Qo‗riqxonalarni asosiy vazifasini bilasizmi.
5. O‘zbekistondagi qanday qo‗riqxonalarni bilasiz.
6. O‘rta Osiyodagi qanday tabiat yodgorliklarini bilasiz.
|