Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə75/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Tayanch iboralar: Orol dengizi, Orol muammosi, ekologik, ijtimoiy va 
iqtisodiy oqibatlari, Amudaryo va Sirdaryo, yangi yerlan o‘zlashtirish. 
 
Orol dengizining qurishi va Orol muammosi 
Orol dengizi va Orol bo‗yi muammosi olimlarning, muttaxasislarning va 
keng jamoatchilikning diqqat e‘tiborini jalb qilmoqda. Orol dengiziga 
bag‗ishlab minglab ilmiy maqolalar va kitoblar yozilgan. Biz ularni 
takrorlamaymiz, maqsad faqat qisqacha – Orol dengizining qurish sabablari va 
uning ekologik, ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlarini yortishga harakat qilamiz. XX 
asrning 60-yillaridan boshlab Orol dengizi sathining tez suratlar bilan pasayishi 
butun bir mintaqada - O‗rta Osiyoda, jiddiy ekologik va ijtimoiy – iqtisodiy 
oqibatlarga olib kela boshladi. Natijada mazkur muammo ko‗plab olimlar, 
mutaxassislarning tadqiqot ob‘ektiga aylanib qoldi. Bugungi kunda bu 
muammolar juda keskinlashdi, biroq Orol muammosi mohiyatan to‗la 
o‗rganilganicha yo‗q, muammoning ba‘zi jihatlari hali har tomonlama 
o‗rganilishi, bu sohada tegishli ilmiy xulosalar ishlab chiqilishi lozim. 
1960-1990 
yillarda Orol dengizi havzasida sug‗oriladigan yer 
maydonlarining ko‗payishi va suvga bo‗lgan talabning ortishi natijasida, Orol 
dengiziga Amudaryo va Sirdaryodan keladigan suv hajmining keskin kamayib 
ketishi (1960 yillarda 50-60 km
3
dan, 1990 yillarda 4-5 km

gacha, hatto ayrim 
yillari dengizga Sirdaryodan umuman suv kelib tushmadi) natijasida, Orol 
bo‗yida xalqaro harakterga ega bo‗lgan murakkab ekologik va ijtimoiy-
iqtisodiy muammolar vujudga keldi (7-jadval). Dengiz o‗zining avvalgi baliq 
ovlash, trasport ahamiyatini mutlaqo yo‗qotdi. U ikki qismga-Katta va Kichik 
(Shimoliy) Orolga bo‗lindi va qirg‗oqidan 100-150 km dan ko‗proq masofaga 
chekinib ketdi. Natijada Orol dengizining yalang‗ochlanib qolgan, qurigan 
tagida «Orolqum» deb ataluvchi yangi qum-tuzli sahro paydo bo‗ldi. Uning 
maydoni 2000y. 42 ming km
2
oshib ketdi (7-jadval). Yalang‗ochlanib qolgan 
dengiz tagidan har yili, Orol havzasiga yuz million 
mailto:xusenchik_777@rambler.ru
 
tonnalab chang va tuzlar uchurib ketiladi. Uning tarkibida muallaq aerozollar 
ko‗rinishida qishloq xo‗jaligining yadoximikatlari, o‗g‗itlari va boshqa har xil 
zararli sanoat va maishiy-komunal xo‗jalik oqimlarining (stok) komponentlari 


120 
aralashmalarining muallaq zarrachalari ko‗pdir. Shunday qilib, 1961 yildan 
e‘tiboran O‗rta Osiyoda sug‗orishning tez sur‘atlarda rivojlanishi munosabati 
bilan unga quyilayotgan suv hajmi yildan-yilga kamayib bordi, ba‘zan (1985 va 
2000-2001 quroqchilik yillari) suv mutlaqo quyilmadi. Tabiiy bug‗lanishning 
muntazam davom etishi tufayli uning sathi keskin tushib borishi kuzatildi. 2004 
yil oxirida uning sathi 28,5 m (1961 yilda 53 m) mutlaq balandlikda bo‗lganligi 
qayd etildi. Buning oqibatida 45 ming km

maydoni qurib, quruqlikka aylandi 
(V.A.Rafiqov 2006). 
Dengizning qurigan qismi katta tuz makoniga aylanib atrof-muhitga jiddiy 
xavf solmoqda. Shamol ayniqsa, sulfat tuzlarini to‗zitishi natijasida Orol 
bo‗yiga tuz yog‗ini yog‗ilmoqda. Hisob-kitoblarga ko‗ra Mo‗ynoq kengligida 
har gektar maydonga 1000 kg, Nukus kengligida esa 150 kg gacha tuzli chang 
tushadi (V.A.Rafiqov 2006). Dengiz maydonining qisqarishi, bug‗lanishning 
ko‗payishi va kollektar-drenaj suvlarining tushishi hisobidan, suvining sho‗rligi 
ancha ortib 10 g/ldan (1965y.) hozirgi vaqtda (2003 y) 70 g/l yetdi. Orol fojiasi, 
Orol havzasida yashaydigan millionlab aholining yashash sharoitiga va 
hayotining sifatiga (turmush darajasiga) salbiy ta‘sir ko‗rsatilmoqda. Orol 
dengizining qurishi juda katta hududda ekologik sharoitning o‗zgarishiga olib 
keldi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin