Samarqand davlat universiteti geografiya va ekologiya fakulteti geografiya tabiiy recurslar kafedrasi


Orol dengizi qurishining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari



Yüklə 1,37 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə79/80
tarix12.05.2023
ölçüsü1,37 Mb.
#112432
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80
Alibekov L.A. O\'rta Osiyo tabiiy geografiyasi

Orol dengizi qurishining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlari. Orol muammosi 
faqat geografik-ekologik masalalarni o‗z ichiga olmasdan, balki ijtimoiy-
iqtisodiy, sanitar-gigiyenik, texnologik, milliy, xuquqiy-etnik va boshqa qator 
masalalarini 
qamrab 
oladi. 
Orol 
muammosining 
geografik-ekologik 
masalalarini yuqorida ko‗rib o‗tdik. Endi masalaning iqtisodiy va ijtimoiy 
tomonlarini qisqacha yoritishga harakat qilamiz.
Iqtisodiy oqibatlar: Orol dengizi sathining keskin tushib ketishi va katta 
maydonda dengiz tagining yalang‗ochlanib qolishi dengiz suvi sho‗rligining 60 
promilodan oshishi, chang bo‗ronlarining kuchayishi va Amudaryo, Sirdaryo 
deltalaridagi to‗qayzorlarning yo‗q bo‗lishi, butun tabiiy-geografik vaziyatning 
o‗zgarib ketishi so‗zsiz, ekologik zararli oqibatlardan tashqari juda katta 
iqtisodiy zararlar ham keltirmoqda. Masalan, Qizil-Orda sellyuloza – qog‗oz 
kombinati qamishdan karton va qog‗oz ishlab chiqarish uchun 
loyihalashtirilgan edi. Hozir esa xomashyo qolmadi, endi esa, Sibirdan temir 
yo‗l orqali o‗rmon keltirilmoqda. Xuddi shunday Mo‗ynoq va «Orol» baliq 
konserva kombinatlarini saqlab turish uchun bir vaqtlar Atlantika okeanidan 
muzlatilgan baliqlar keltirilar edi. 
Orol dengizi atrofidagi baliqchilik xo‗jaligi ham batamom tugatildi. Bu 
zonadagi 2 ta baliq kombinati 10 ta baliq zavodi va 17 ta baliqchilik kolxozlari 
bor edi. Bular faqat bevosita ko‗rinib turgan iqtisodiy zararlar, bundan tashqari 
Orolda baliq ovlovchi va transport floti, qishloq xo‗jaligi ekinlari 
hosildorligining, yaylovzorlar hosildorligining pasayishi va boshqalar natijasida 
keltirilgan moddiy zararlar hisobga olinmaydi. Orol bo‗yiga keltirilgan 
iqtisodiy zararlarni baholash mualliflar tomonidan har xil belgilanadi. Suv 
xo‗jaligi muassasalari iqtisodiy zararni (bevosita dengizning qurishi, baliq 
ovlovchi va transport kemalarining yo‗q bo‗lishidan kelgan zararlar) yiliga 90 
million so‗m deb hisoblasa, mustaqil ekspert iqtisodchilar yillik zararni – 1-2 
milliard so‗m (1988 y. hisobida) deb hisoblaydilar. Albatta bu zararlarning 
hammasi xomaki, chunki bu zararlarga, ekologik, aholi sog‗ligining 
yomonlashuvi, ijtimoiy keskinliklar va boshqa juda ko‗pgina masalalar hisob-
kitobga kirmaydi. 

Yüklə 1,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   80




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin