INVESTITSION FAOLIYATING IQTISODIY MOHIYATI VA UNING
O’ZBEKISTON IQTISODIYOTIDA TUTGAN O’RNI
Nuranov Ilxam Baxadir og’li
ilxamnuranov@gmail.com
Toshkent davlat agrar universiteti Nukus filiali
Sayfullayeva Shahzoda Orif qizi
shakhzodasayfullaeva@gmail.com
O’zMU
Annotatsiya: Ushbu maqolada investitsiya faoliyatining iqtisodiy mazmun-
mohiyati, uning barqaror iqtisodiy yuksalishni ta’minlashda muhim omil sifatida
ahamiyati va faol investitsiya siyosatini yurgizishda davlat boshqaruvi, shuningdek
O’zbekiston iqtisodiyotida investitsion jarayonlar to’g’risida malumotlar keltirilgan.
Kalit so’zlar: Investitsiya, investitsion faoliyat, investitsiya jarayoni, ob’yekti,
sub’ekti, investitsion siyosat, davlat investitsiya dasturi.
THE ECONOMIC SIGNIFICANCE OF INVESTMENT ACTIVITY AND ITS
ROLE IN THE ECONOMY OF UZBEKISTAN
Nuranov Ilxam Baxadir o’gli
ilxamnuranov@gmail.com
Nukus branch of Tashkent State Agrarian University
Sayfullayeva Shahzoda Orif qizi
shakhzodasayfullaeva@gmail.com
NUU
Abstract: This article provides information on the economic content of
investment activities, its role as an important factor in ensuring sustainable economic
growth and public administration in pursuing an active investment policy, as well as
investment processes in the economy of Uzbekistan.
Keywords: Investment, investment activity, investment process, object, subject,
investment policy, public investment program.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida investitsiya faoliyati muhim
ahamiyat kasb etadi. Har bir mamlakatning rivojlanish darajasi, ya’ni iqtisodiyotning
rivojlanishi va iqtisodiy o’sishi ko’p jihatdan mamlakatdagi investitsion jarayonlarga
bog’liq. Har qanday jamiyatning baraqaror iqtisodiy jivojlanishini investitsiyalarsiz
tasavvur etib bo’lmaydi. Ayniqsa, bugungi kunda bu narsa yaqqol namoyon
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
50
www.openscience.uz
bo’lmoqdaki, har qanday mamlakatning bundan keying yuksalishi investitsiyalarni
jalb etish holatiga bog’liq.
«Investitsiya» atamasi lotin tilidagi «invest» so`zidan kelib chiqqan bo`lib
«qo`yish», «mablag`ni safarbar etish», «capital qo`yilmasi» ma`nosini beradi. Keng
ma`noda investitsiya mablag`ni ko`paytirib va qaytarib olish maqsadida kapitalni
safarbar etishni bildiradi. Ko`pgina hollarda «investitsiya» tushunchasi iqtisodiy va
boshqa faoliyat ob`ektlariga kiritiladigan moddiy va nomoddiy ne`matlar hamda
ularga doir huquqlar tarzida ta`riflanadi. Investitsiya deganda barcha turdagi
milliy va intelektual boyliklar tushunilib, ular tadbirkorlik faoliyati ob`ektlariga
yo`naltirilib daromad keltirishi yoki birorbir ijobiy samaraga erishishi zarur.
Investitsiya kiritishdan asosiy maqsad daromad olish va ijobiy ijtimoiy samaraga
erishishdir.
Investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni beqiyosligi uning aniq mohiyatini
o’rganib chiqishni talab qiladi. Iqtisodiy log’atda “Investitsiyalar – kapitalni uzoq
muddatli qoyilmalar tariqasida sanoatga, qishloq xo’jaligiga va boshqa tarmoqlarga
sarf qilinadigan xarajatlar yig’indisini aks ettiradi”,-deb tariflangan.
Ishlab chiqarish nazariyasi va, umuman, maqroiqtisodiyotda investitsiyalar
yangi kapitalni (ishlab chiqarish vositalarini hamda inson kapitalini qo’shib
hisoblaganda) yaratish jarayonidir. Moliya nazariyasida esa investitsiya deganda real
yoki moliyaviy aktivlarni olish tushiniladi, ya’ni bugungi sarf-xarajatlarning maqsadi
kelajakda daromad olishdir. Demak, bizningcha, “Investitsiyalar – bo’sh turgan
kapitalni iqtisodiy-ijtimoiy samara olish maqsadida harakatga keltirishdir”
Bizga ma’lumki, iqtisodiy o’sish investitsiya resurslarisiz bo’lishi mumkin
emas, bu resurslar o’z mohiyati bilan ishlab chiqarishni rivojlantirishga qaratilgan
mablag’dir. Pul mablag’lari shaklidagi investitsiyalar nominal investitsiyalardir. Bu
investitsiyalar moddiylashib, amalda ishlab chiqarishga jalb etilgandan so’ng real
investitsiyalarga aylanadi va iqtisodiy o’sishni ta’minlaydi.
O’zbekiston Respublikasining “Investitsiya faoliyati tog’risida”gi qonunida
investitsiyalar tayinlangan ob’yekti bo’yicha tabaqalashtirilgan. Shunga muvofiq
investitsiyalar quyidagi turlarga ajratilgan. (1-rasm)
1-rasm. Investitsiyalarning tasniflanishi
"Science and Education" Scientific Journal
Volume 1 Issue 4
July 2020
51
www.openscience.uz
Iqtisodiy kategoriya sifatida investitsiya quyidagicha tasniflanadi:
• Birlamchi (avaylangan) jamg’arilgan kapitalni ko’paytirish maqsadida
kapitalni tadbirkorlik ob’ektlariga joylashtirish;
• Investitsion loyihalarni amalga oshirish jarayonida investitsiya faoliyati
ishtirokchilari o’rtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar.
Dostları ilə paylaş: |