va old oyoqlar konveyerning harakatlanish tezligi 5
m/min, teri shilish qiya
konveyerining tezligi 10
m/min.
Terini mexanik ravishda shilish uchun tana zabelovkasi amalga oshiriladi ( teri
yuzasining 25% -gacha ochiladi), teri transportyorga qo‘yiladi, old oyoqlaridan
fiksatsiyalanadi, teriga zanjirchadan sirtmoq kiydiriladi, zanjircha halqasi teri
shilish konveyerining ilgakiga tashlanadi va bo‘yindan orqa oyoq tomoni
yo‘nalishida teri shilish jarayoni amalga oshiriladi. Teri shilish jarayonini nazorat
qiladigan ishchi maxsus maydoncha 5 mavjud. Konveyerlarni ishlatish pultdan 9
boshqariladi. Teri shilish jarayoni tugagandan so‘ng, old oyoqlarni fiksatsiyalash
konveyerining oxirida, oyoqlarni kesish uchun diskli arra 10 o‘rnatilgan.
Terini orqa oyoqdan bo‘yin tomon shilgan vaqtda old oyoqlarni fiksatsiyalash talab
etilmaydi, shuning uchun qurilma faqat ikki – tashuvchi va terini shilib oluvchi
konveyerlaridan iborat bo‘lishi mumkin. Qurilma unumdorligi smenada 3000 bosh.
Dostları ilə paylaş: