MAYDALAGICHNING VAZIFASI TUZILISHI VA ISHLASH TARTIBI
Turli xildagi go‘sht mahsulotlari (kolbasa amhsulotlari, go‘sht konservalari,
kotletlar, chuchvaralar, qadoqlangan go‘sht, go‘sht yarim tayyor mahsulotlari va
boshqalar) ishlab chiqarishda va suyak yelimi, jelatina, eritilgan yog‘, quruq oqsilga
boy yemlar, albumin va boshqa go‘sht mahsulotlari, submahsulotlari, yog‘li
xomashyo, texnik chiqindilar har xil mashinalar yordamida maydalanadi.
Maydalash mahsulot (qadoqlangan go‘sht, yarim tayyor mahsulotlar, sho‘rva
masalliqlari (supovoy nabor) ishlab chiqarishda) o‘lchamlarini kichraytirish, qattiq
mahsulotga o‘zgacha konsistentsiya berish ( go‘sht qiymasi, go‘sht-suyak uni ishlab
chiqarishda) yoki texnologik jarayonlarni (yog‘ni eritish, yelim ishlab chiqarish va
boshqalar) tezlashtirish maqsadida amalga oshiriladi.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini mexanik maydalash mahsulotlarni arralash, kesish,
yumshatish, ezish, maydalash yo‘li bilan amalga oshiriladi. Shunga asosan
maydalash mashinasining ishchi organlari bolg‘achalar, tish, pichoqlar, disklar va
boshqa ko‘rinishda bajariladi.
Maydalanishgacha mahsulot egallagan yuzaga (F) maydalashdan keyingi yuzaga
mahsulot birlik (1 kg, 1 t) yuzani (F
1
) nisbati maydalanish darajasi deb ataladi.
F
F
K
1
=
,
Bu yerda K—maydalanish darajasi;
F —maydalanishgacha bo‘lgan mahsulot yuzasi, m
2
;
F
1
— maydalashdan keyingi mahsulot yuzasi, m
2
.
Agar shartli ravishda mahsulot kubli to‘g‘ri shakldan iborat deb tasavvur qilsak, uning
maydalanish darajasi K –ga teng, shunda maydalanish yuzasi
F =0,5F(K—1) m
2
–ga teng
Bu yerda F — maydalanishgacha bo‘lgan mahsulot birlik yuzasi, m
2
;
K — maydalanish darajasi.
U yoki bu mahsulotni maydalashda sarflanadigan ish, mahsulot turiga va maydalanish
darajasiga bog‘liq. U quyidagi ifoda orqali topiladi:
R = AF n m,
Bu yerda A — maydalanishgacha bo‘lgan solishtirma energiya sarfi, n;
F—maydalanish yuzasi, m
2
.
Go‘sht va go‘sht mahsulotlarini mexanik maydalash uchun mashina dvigatelining
quvvati quyidagi ifoda bo‘yicha topiladi:
1000
и
т
R
N
N
+
=
kVt
Bu yerda N
t
— mashina detalarining ishqalanishi oldini olish uchun
sarflanadigan quvvat, kvt;
R
i
— mahsulotni maydalash uchun sarflanadigan quvvat.
Quyida go‘sht korxonalarida go‘sht va go‘sht mahsulotlarini mexanik maydalash
uchun ko‘p qo‘llaniladigan mashinalar keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: |