Ozuqaviy fosfatlar – Pishirilgan kolbasa va sosiskalar ishlab chiqarishda,
ulardan foydalaniladi. Fosfat birikmasidagi tuzlarni (1 kg farshga 3 g) miqdorda
qo‘shiladi. Fosfatlar go‘shtdagi mushak oqsillarini shishishini ta’minlab beradi,
pishirish vaqtida namlikni o‘zida ushlab qolish hususiyatiga ega. Tayyor bo‘lgan
mahsulotning sifatini yaxshilashga va og‘irligini saqlab qolishga hizmat qiladi.
Fosfat birikmalari yog‘larning oquvchanlik hususiyatini to‘xtatib, ushlab qolish
xususiyatiga ega. Qiymadagi struktura ko‘rinishni yaxshilab beradi.
Kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarishda uch xil turdagi fosfatlardan
foydalaniladi.
Tetronatriy pirofosfat ( Na4P2O7 )
Mononatriy ortofosfat ( NaH2PO4 )
Trinatriy pirofosfat ( Na3HP2O7 * 9H2O )
Fosfatlar kutterlash jarayoni boshida qiymaga solinadi. Ularni quruq joyda, yopiq
idishlarda saqlanadi.
Ichimlik suvi – havfsiz, ekologik toza, zararsizlantirilgan holda bo‘lishi
kerak. Havfsizlantirilgan ichimlik suvi epidemik masalada belgilangan
mikrobiologik, parazitologik ko‘rsatkichlari bo‘yicha normalarga rioya qilingan
holda bo‘lishi kerak. Ichimlik suvining sifat ko‘rsatkichlari laboratoriya
sharoitlarida muntazam tekshirib boriladi va har bir olingan suvdagi probalar
bakteriyalarga, mikroorganizmlar mavjudligi tekshiriladi. Agar ifloslanish darajasi
yuqoriligi aniqlansa, bunday ichimlik suvlaridan foydalanishga ruxsat berilmaydi.
YARIM DUDLANGAN KOLBASA ISHLAB CHIQARISH
TEXNOLOGIK SXEMASI
Xom ashyo tayyorlash, muzdan eritish, suyakdan ajratish, navlarga bo’lish maydalash
Qiymali ko’ruvchi uskunada yuritish 8-10min
Tuzlash temperaturasi 3+4°C, bo’laklarga 2-4 sut yirik maydalanganda 1-2sut,mayda (3-
Dostları ilə paylaş: |