Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
32
ko‘rinishda yashirinib yuradi. Insonlarni chalg‘itmoq niyatida oxir zamonida chiqquniga
qadar shunday ishlar qiladi...
Buxoriy tarjeh yo‘lini tutgan va faqat Jobirning Umardan qilgan rivoyatini keltirish
bilan kifoyalangan
(60-hadis).
So‘ng Ibn Hajar quyidagi hadisni keltiradi: «Umar ibn Abu Salama Jobirdan rivoyat
qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) minbarda turib aytdilar: «Kishilar
dengizda (suzib) yurganlarida yeguliklari tugab qoldi. Ularga bir orol ko‘ringan edi,
yegulik topmoq ilinjida orolga tushdilar...»
(64-hadis)
Jobir uni (ya’ni, Dajjolni) Ibn Sayyod deb guvohlik berdi.
– Axir u o‘lgan-ku, – dedim men.
– O‘lgan bo‘lsa ham! – dedi Jobir
– (Ibn Sayyod) Islomni qabul qilgan?
– Islomni qabul qilgan bo‘lsa ham!
– U Madinaga kirgan?
– Madinaga kirgan bo‘lsa ham!»
(Abu Dovud hasan sanad bilan rivoyat qilgan).
Jobir (r.a.) Masih Dajjolning ishi chalkash-noaniq ekaniga ishora etgan. Ya’ni, Dajjol
tomonidan qilinayotgan ba’zi ishlar oxir zamonda qiladigan ishlariga zid emas. U
bularning barini qilishi – ko‘rsatishi mumkin.
66. Ahmad Abu Zarning (r.a.) quyidagi so‘zlarini rivoyat etadi: «Ibn Sayyodni Dajjol
deb o‘n marta qasam ichish men uchun uni Dajjol emas deb qasam ichishdan
yaxshiroqdir!»
(Sanadi sahih).
67. Abdulloh ibn Mas’ud ham shunday degan edi. U faqat «o‘n marta» o‘rniga «etti
marta» so‘zini ishlatgan.
(Tabaroniy rivoyati)
Hadisda kishining g‘olibu zon (o‘zi to‘g‘ri deb gumon qilgan narsasi) bilan qasam
ichishi mumkinligiga dalil bor.
(Ibn Hajar so‘zi tugadi)
Avval aytganimizdek, Ibn Hajar so‘zlarida Umar ibn Xattob, Abdulloh ibn Umar, Hafsa
binti Umar, Jobir ibn Abdulloh, Abu Zar G‘iforiy va Abdulloh ibn Mas’udlar rayiga moyillik
sezilib turibdi.
Sahobalarning ulug‘lari hamda olimlari sanalmish ushbu zotlar fikriga tayanib, Ibn
Sayyodni o‘sha Masih Dajjol desak bo‘laverar... Faqat hali Dajjol chiqishi uchun ruxsat
berilmagan, xolos. Vallohu a’lam!
Dostları ilə paylaş: