Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc


Iso alayhissalomning tushishlari haqidagi hadislar



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

 
Iso alayhissalomning tushishlari haqidagi hadislar 
69. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Jonim qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, sizlarning orangizga Ibn Maryamning 
tushishi yaqin qoldi. U adolat bilan hukm qiladi, xochni sindiradi, xinzir (to‘ng‘iz)ni 
o‘ldiradi va jiz’yani tugatadi. Mol-dunyo shu darajada ko‘payib ketadiki, hatto uni hech 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
41
kim qabul qilmay qo‘yadi. Kishiga dunyoyu undagi bor narsadan bitta sajda yaxshiroq 
bo‘lib qoladi». 
So‘ng Abu Hurayra: «Xohlasangiz, (ushbu oyatni) o‘qingiz: «Har bir ahli kitob o‘limi 
oldidan unga, albatta iymon keltirur. Qiyomat kunida esa, u bularning zarariga guvoh 
bo‘lur» (Niso, 159-oyat), dedi (Buxoriy va Muslim rivoyati. Hadis lafzi Buxoriyniki). 
70. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Iso ibn Maryam tushib, xinzirni o‘ldiradi, xochni yo‘qotadi. Namoz unga (uning 
imomligiga) jamlanadi. Mol-dunyoni (kishi) qabul qilmay qo‘yadi. Xirojni to‘xtatadi. 
Ravhoga tushib, u yerdan haj yoki umra qiladi. Yoki har ikkisini jam qiladi» (Imom 
Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan). 
71. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Orangizga Ibn Maryam tushsa va sizlarga imom bo‘lsa, qanday holga 
tushasizlar...» 
Boshqa bir rivoyatda: «Sizlarga imomlik qilsa», deyilgan. 
Ibn Abu Zi’b so‘radi: 
– «Sizlarga imomlik qilsa» nima degani ekanini bilasizmi? 
– O‘zingiz meni xabardor qiling, – dedim. 
– Bu «Sizlarga Parvardigoringiz kitobi va payg‘ambaringizning sunnati ila boshchilik 
qilsa», deganidir! (Muslim rivoyati) 
72. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Payg‘ambarlarning otasi bitta, onalari boshqa-boshqadir. (Ya’ni, iymon bir, 
shariatlar xilma-xil). Dinlari bir. Men Iso ibn Maryamga eng haqli insonman. Chunki 
o‘rtamizda boshqa payg‘ambar o‘tmagan. Albatta, u tushadi. Uni ko‘rgan chog‘ingizda, 
taningizlar. U o‘rta bo‘ylik, oq-qizilga moyil inson. Ustida oq-sariq kiyim-bosh bo‘ladi. 
Garchi suv tegmagan bo‘lsa-da, boshidan tomchilab turganga o‘xshaydi. Iso xochni 
parchalaydi, to‘ng‘izni o‘ldiradi, jiz’yani bekor qiladi va kishilarni Islomga chaqiradi. Alloh 
taolo uning zamonida Islomdan o‘zga barcha millatlarni halok qiladi, Masih Dajjolni 
o‘ldiradi. So‘ng yer yuzida tinchlik-omonlik hukm suradi. Hatto, sherlar tuyalar bilan
yo‘lbarslar sigirlar bilan, bo‘rilar qo‘ylar bilan birga yuradi. Bolalar ilonlar bilan o‘ynaydi. 
Ular bolalarga ziyon-zahmat yetkazmaydi. Iso qirq yil yashab, so‘ng vafot etadi. Uning 
janozasini musulmonlar o‘qiydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan). 
73. Nuvos ibn Sam’ondan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kuni ertalab Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) bizga Dajjol haqida gapirdilar. Uni yomonlab, haqir ekanini 
aytdilar, fitnasining xatarli bo‘lishini hikoya qildilar. Biz (Payg‘ambar (sollallohu alayhi 
vasallam) gaplaridan keyin) Dajjolni Nahl toifasidan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik. 
Kechqurun Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) huzurlariga qaytganimizda 
Payg‘ambar alayhissalom yuzimizdan mana shu ma’noni uqdilar. 
– Sizlarga nima bo‘ldi, – deb so‘radilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). 
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam), – dedik biz, – ertalab Dajjol haqida 
gapirdingiz. Uning haqirligini ham, fitnasining xatarli ekanini ham aytdingiz. Biz uni 
Nahldan chiqsa kerak deb o‘ylab qoldik. 
Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin