Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc


Iso alayhissalom sifatlari



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

Iso alayhissalom sifatlari 
Yuqorida keltirilgan hadislarda Iso alayhissalomning ushbu sifatlari sanab o‘tildi: 
– uni ko‘rgan chog‘ingizda taningizlar. U o‘rta bo‘yli, oq-qizilga moyil inson. Ustida 
ochsariq kiyim-bosh (ikki libos). Garchi suv tegmagan bo‘lsa-da, boshidan (suv) 
tomchilab turganga o‘xshaydi; 
– Ibn Maryam ikki sariq libosda sharqiy Damashqning oq minorasi yoniga ikkala 
kaftini ikki malak qanotiga qo‘yib tushadi. U boshini egsa, (suv tomchilari) tomchilaydi. 
Boshini ko‘targanida esa undan misli kumushdek qatralar sochiladi. Isoning nafasini 
sezgan kofir o‘lmay qolmaydi. Uning nafasi nigohi yetgan joygacha yetadi. 
Navaviy aytadi: Qozi Iyoz bu jumlani zohiriga ko‘ra olgan. Ya’ni, Iso alayhissalom 
nafasini sezgan kofir til tortmay o‘ladi. Uning (Isoning) nafasi esa, nigohi qanchalik 
uzoqqa yetsa, shuncha masofaga yetadi... 
Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: 
«Isro kechasida Muso alayhissalomni uchratdim...» 
Payg‘ambar alayhissalom Musoning sochi jingalak ekanini aytib, uni Shanua 
qabilasining kishilariga o‘xshatdilar. 
«So‘ng Isoni uchratdim. U o‘rta bo‘yli, xuddi (hozirgina) hammomdan chiqqan 
kishidek qip-qizil... Va Ibrohim alayhissalomni ko‘rdim. Unga bolalarining ichida eng ko‘p 
o‘xshaydigani menman» (Muttafaqun alayh). 
Demak, Iso alayhissalom yuqorida tavsiflangan ko‘rinishda bo‘lgan. Inshaalloh, 
risolamizning to‘rtinchi faslida yana shu mavzuga qaytamiz. 
«Musulmonlar jangga hozirlik ko‘rib, saflarini tiklayotgan paytlarida namoz vaqti bo‘lib 
qoladi. Shunda Iso alayhissalom tushadilar va musulmonlarga imomlik qiladilar. Iso 
alayhissalomni ko‘rgan Allohning dushmani – Dajjol xuddi suvga tashlangan tuzdek 
eriydi. Agar unga (Iso) tushmaganida, erib halok bo‘lardi. Lekin Alloh taolo uni Iso 
alayhissalom qo‘li bilan o‘ldiradi. (Ibn Maryam) musulmonlarga Dajjolning qonini 
nayzasida olib ko‘rsatadi» (Muslim rivoyati). 
«Agar unga (Iso) tushmaganida, erib halok bo‘lardi». 
Bu jumla yuqorida aytilgan ma’noni yana-da ta’kidliroq suratda ifodalagan. Ya’ni, Iso 
nafasi yetgan kofir aslo tirik qolmaydi. 
Endi Iso alayhissalomning imomlik qilishlari masalasi haqida. Yuqorida Iso 
alayhissalom imomlikka o‘tmasdan: «Siz o‘tavering», deb musulmonlar amirini oldinga 
chiqarganlari aytilgan edi. Demak, Iso alayhissalom mana shu namozdan so‘ng 
imomlikka o‘ta boshlaydilar. Yoki imomlikni «boshliqlik, amirlik» ma’nosida tushunilishi 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
45
lozim. Umuman, har ikki ma’no ham sahih. Zero, musulmonlar amiri ularning namozdagi 
imomi hamdir. Islomning avvalgi yillarida xalifalar jamoatga imomlik qilishardi. 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin