Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
46
Beshinchi fasl
Ya’juj va Ma’juj
#_¨Lym
#sŒÎ)
ôMysÏGèù
ßlθã_ù'tƒ
ßlθã_ù'tΒuρ
Νèδuρ
⎯ÏiΒ
Èe≅à2
5>y‰tn
šχθè=Å¡Ψtƒ
∩®∉∪
«Hatto Ya’juj va Ma’juj (to‘g‘oni) ochilib, ular har bir tepalikdan oqib
keladilar» (Anbiyo, 96).
Ya’juj va Ma’jujning chiqishi
Ular Iso alayhissalom samodan tushib, Masih Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng chiqadi.
So‘ng Alloh taolo Iso alayhissalomga mo‘minlarni Tur tog‘iga olib chiqib ketishni, chunki
hech kim bas kela olmaydigan maxluqlar chiqarilganini vahiy etadi. Ya’juj va Ma’juj
kuchli qavlga ko‘ra, Yofas ibn Nuh avlodidan bo‘ladi.
77. Hokim Abdulloh ibn Umar (r.a.) yo‘lidan rivoyat qiladi: Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam) dedilar: «Ya’juj va Ma’juj (ham) Odam zurriyoti. Ularning har biri
o‘zidan mingta va undan ko‘p bola qoldirmagunicha o‘lmaydi».
Abd ibn Hamid ham Abdulloh ibn Salomdan (r.a.) xuddi shunday rivoyatni sahih
sanad bilan keltirib o‘tgan. Agar mazkur rivoyat sahih bo‘lib chiqsa, demak, ular juda
uzoq umr ko‘radilar. Hatto har biri to bola-chaqa, nevara-chevaralarining soni mingta va
undan oshib ketgunicha yashaydi.
78. Ibn Abu Hotim va Hokim Abu Javzo yo‘li orqali Ibn Abbosdan (r.a.) rivoyat qiladi:
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Nuh alayhissalom Som, Hom va Yofas
ismli farzandlar ko‘rdi. Somdan arab, fors va rum, Homdan esa qibt, barbar va sudonlar
dunyoga keldi. Yofasning avlodi Ya’juj va Ma’juj, turk hamda saqolibalar bo‘ldi».
Ibn Hajar mazkur hadis sanadida zaiflik bor degan.
Lekin tarixdan aynan mana shu hadisga guvohliklar topish mumkin. Vallohu a’lam!
Ibn Hajar aytadi: «Shayx Muhiddinning fatvolarida quyidagi so‘zlar uchraydi: «Ya’juj
va Ma’juj Odamning bolalariyu, lekin ular Havvo (Odam alayhissalom jufti haloli)dan
tug‘ilmagan». Demak, Ya’juj va Ma’jujlar biz bilan o‘gay og‘a-inidirlar».
Biz ushbu ma’nodagi so‘zni salaflardan faqat Ka’bul Ahborda uchratishimiz mumkin.
Lekin «Ya’juj va Ma’jujlar Nuh avlodidan», degan marfu’ hadis ular so‘zini inkor qiladi.
Zero, Nuh alayhissalomning Odam va Havvo zurriyoti ekanliklarida hech shak-shubha
yo‘q» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Biz yuqorida Ya’juj va Ma’jujlar haqida Muslimning Nuvos ibn Sam’ondan keltirgan
rivoyatini o‘rganib chiqqan edik (73-hadisga qarang).
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Dostları ilə paylaş: |