Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə52/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

 
 
 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
55
Yettinchi fasl 
 
Dobbatul arz 
Dobbatul arz (er hayvoni) – Allohning bir maxluqi. Faqat hech kim uning mohiyati-
ichini, sirini bilmaydi. Haqiqati yolg‘iz Allohga ma’lum. Biz faqat uning bir kun chiqishini 
bilamiz, xolos. 
Yer hayvoni mo‘minni kofirdan ajratish, kofir burniga belgi qo‘yib, mo‘minning yuzini 
yoritish uchun chiqadi. Ana o‘shanda hammaning asl basharasi ochiladi. Har kim 
yonidagi kishining kofir yoki mo‘min ekanini ajratib olishga qodir bo‘ladi. Hadislar 
zohiriga ko‘ra, Dobba Iso alayhissalom vafotidan so‘ng, quyosh mag‘ribdan chiqqanidan 
ozgina keyin yoki ozgina oldin chiqadi. Vallohu a’lam. Ushbu so‘zimizga Abdulloh ibn 
Amr rivoyatini dalil sifatida keltirishimiz mumkin: 
92. «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) bir hadis yodladim va uni hanuz 
unutganim yo‘q». 
Mazkur hadis «Sahihi Muslim»da rivoyat qilingan. (90-hadisga qarang). 
Musiy yozadi: «Haq gap shuki, Dobbatul arz chiqqan vaqtda odamlar orasida mo‘mini 
ham, kofiri ham bo‘ladi». 
Quyidagi rivoyat ham fikrimizga dalil bo‘la oladi: 
93. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Dobbatul arz chiqqanida, unda Musoning asosi va Sulaymonning uzugi bo‘ladi. 
Uzuk bilan mo‘minning yuzini yorishtiradi, aso bilan kofir burnida iz-belgi qoldiradi. Hatto 
(so‘ng) hamma bir dasturxon ustiga yig‘iladi va mo‘min kofirdan ajraladi» (Ahmad, 
Tayolisiy, Nuaym ibn Hammod, Abd ibn Hamid, Termiziy, Ibn Moja, Ibn Jarir, Ibn 
Munzir, Ibn Abu Hotim, Ibn Muravayh va Bayhaqiylar rivoyat qilgan. Termiziy hasan 
degan). 
94. Burayda (r.a.) rivoyat qiladi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Makka 
yaqinidagi bir cho‘lga meni olib bordilar. Qup-quruq yer, chor atrof qum. Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Dobba mana shu yerdan chiqadi. (Uning 
chiqadigan joyi) bir qarichga bir qarich yer bo‘ladi». (Buxoriy rivoyati) 
Dobbatul arz haqida bizning fikrimiz quyidagicha: U oyog‘i bor ulkan jonzot. Mutlaqo 
inson zotidan emas. Alloh taolo oxir zamonda uni yerdan chiqaradi. Alloh taoloning 
«erdan» degan so‘zida, bir fikrga ko‘ra, uning ko‘paymasligiga ishora bor. 
Ibn Kasir o‘z tafsirida yozadi: «Oxir zamonda insonlar buzilib ketib, Alloh buyruqlarini 
qilmasdan, haq dinni buzib, o‘zgartirib yurgan vaqatlarida Alloh taolo yerdan mana shu 
Dobbani chiqaradi. Uni ba’zilar Makkadan, yana ba’zilar boshqa yerdan chiqadi, 
deyishgan. Dobba insonlarga ana shularni gapiradi. Ibn Abbos, Hasan va Qatodalar: «U 
odamlar bilan suhbatlashadi», deyishdi. Ato Xurosoniy esa boshqacharoq so‘z aytgan: 
«Ularga gapiradi. Aytadiki, insonlar bizning oyatlarimizga inonmas edilar». 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin