Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
54
qilib yurgan bo‘lsa, u, albatta, ulug‘ yaxshilik ustida turadi. Agar mo‘min bo‘laturib solih 
amal qilmagan bo‘lsa va faqat o‘sha kuni tavba-tazarrular qila boshlasa, endi uning 
tavbasi qabul qilinmaydi. Bunga boshqa bir qancha hadislar ham dalolat qiladi. Oyati 
karimada «yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan bo‘lsa» deyilgan. Ya’ni, agar mo‘min 
ilgaridan solih amallar qilib kelmagan bo‘lsa, endi qiladigan yaxshi ishlari qabul etilmas» 
(Ibn Kasir so‘zi tugadi). 
89. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «(Quyidagi) olti (narsa kelmasidan burun yaxshi) amallarga shoshilinglar: 
quyoshning mag‘ribdan chiqishi, duxon-tutun, Dajjol, Dobba, biringizning fitnalar(ga 
uchrashi) va umumiy fitnalarning (kelishi)» (Muslim rivoyati. Hadis ma’nosi tarjima 
qilindi. Vallohu a’lam). 
Duxon-tutun – rojih qavlga ko‘ra, u Makka kofirlari ustida bo‘lib o‘tgan. Ba’zilar 
Duxon voqeasi hali bo‘lmagan deyishadi. 
90. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasulullohdan (sollallohu 
alayhi vasallam) bir hadis yodladim va uni hanuz unutganim yo‘q. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) aytgan edilar: «(Qiyomatning ulkan) alomatlarining eng birinchi bo‘lib 
ko‘rinadiganlari quyoshning mag‘ribdan chiqishi va choshgohda odamlar oldiga 
Dobbaning chiqishidir. Ularning qay biri ko‘rinsa, ikkinchisi ham tezda ko‘rinadi» (Muslim 
rivoyati). 
Quyoshning kunbotishdan bosh ko‘tarishi olamning umri juda oz qolganini bildiruvchi 
alomatdir. Quyoshning g‘arbdan chiqishi bu borliqning tebranishga tushganidan, 
olamning xarob bo‘layotganidan darak. 
Iso alayhissalomning tushishi, Dajjolni o‘ldirishi, so‘ng Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi 
sahih hadislarda quyoshning g‘arbdan chiqishidan muqaddam berilgan. Yana bir dalil: 
Quyosh g‘arbdan chiqishi bilan tavba eshigi berkitiladi. Lekin Iso alayhissalom yerga 
tushgan vaqtlarda Islomga kirgan kishining islomi qabul qilinar edi. 
Abdulloh ibn Salomning quyidagi so‘zini ham mana shunday tushunmog‘imiz lozim. 
91. Abdulloh ibn Salom aytadi: «Qiyomat shartlarining eng avvali kishilarni 
mashriqdan mag‘ribga to‘playdigan olovdir» (Buxoriy rivoyati). 
Ya’ni, Qiyomat qoyim bo‘lishiga dalolat qiluvchi eng birinchi alomat mana shu olovdir. 
Keyin surga nafxa uriladi. 
Ibn Hajar yozadi: «Hadislar majmuidan ko‘rinadiki, Dajjolning chiqishi yerning katta 
qismida umumiy ahvolning o‘zgarayotganini bildiradi va u (ya’ni, bu alomatlar) Iso 
alayhissalom vafot etishi bilan tugallanadi. Quyoshning g‘arbdan chiqishi esa, yuqori 
olamda-samoda holatlarning o‘zgarayotganini bildiruvchi katta alomatlarning eng 
avvalidir va u Qiyomat qoyim bo‘lishi bilan yakun topadi» (Ibn Hajar so‘zi tugadi). 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin