Qiyomat alomatlari.
Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
57
Sakkizinchi fasl
Xushbo‘y shamol
Quyida Muslim rivoyat qilgan ikki rivoyatni keltirib o‘tamiz. Ular avvalgi boblarda to‘la
rivoyat qilingan edi.
«Xuddi mana shu holatda Alloh taolo xushbo‘y shamol yuboradi. Bu shamol ularni o‘z
bag‘riga oladi va Alloh taolo barcha mo‘min-musulmonlarning jonini oladi. Yer yuzida
faqat yomon kimsalar qoladi. Ular odamlar ko‘z o‘ngida
xuddi eshakdek ayollarga
sakraydilar (yaqinlik qiladilar). Ana shu kimsalar ustiga Qiyomat qoyim bo‘ladi»
(Muslim
rivoyati).
«Alloh taolo Iso ibn Maryamni yuboradi. U Urva ibn Mas’udga o‘xshab ketadi. Iso
Dajjolni izlab topib o‘ldiradi. So‘ng kishilar yetti yil yashaydilar. Mana shu muddatda ikki
kishi o‘rtasida adovat bo‘lmaydi. Keyin Alloh taolo Shom
tomondan sovuq bir shamolni
yuboradi. Bu shamol yer yuzida qalbida zarra misqolcha yaxshiligi – yoki iymoni – bor
bironta ham kishini qoldirmasdan jonini oladi. Hatto birontangiz tog‘ning o‘rtasiga kirib
olsa, uning ham jonini oladi.
Yerda yaxshilikni bilmaydigan, yomonlikdan
qaytarmaydigan yomon kimsalar qoladi».
Bu xushbo‘y shamol Iso alayhissalom vafotidan so‘ng bo‘ladi.
Sahih hadisda Iso
alayhissalomning yerda qirq yil turganidan so‘ng vafot etishi va unga musulmonlar
janoza o‘qishlari rivoyat qilingan. Agar xushbo‘y shamol
undan ilgari esganida Iso
alayhissalomga janoza o‘qigani bironta ham musulmon topilmagan bo‘lardi. Demak,
Abdulloh ibn Amr hadisida aytilganidek, musulmonlar jonini oluvchi bu xushbo‘y
shamol
Iso alayhissalom vafotlaridan so‘ng yetti yil o‘tgach esadi. Vallohu a’lam!
95. Abu Hurayradan rivoyat qilinadi (r.a.): Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Alloh taolo Yaman tomondan ipakdan-da mayin bir shamol yuboradi. Bu
shamol qalbida zarra misqolicha iymoni bor biron kishini qoldirmasdan jonini oladi»
(Muslim rivoyati).
* * *
Savol: Abdulloh ibn Amr hadisida «Alloh taolo Shom tomondan sovuq bir shamol
yuboradi», deyilgan. Bu yerda esa
shamol Yaman tarafdan esadi, deyilyapti. Hadislar
bir-biriga qarama-qarshi ma’noni bildirmayaptimi?
Javob: Imom Navaviy aytadi: «Savolga quyidagi ikki javobni berish mumkin:
1. Ular ikki shamol bo‘ladi.
Biri Shomdan, boshqasi esa Yaman tomondan esadi.
2. Bu shamolning paydo bo‘lish joyi yuqoridagi ikki iqlimning biri bo‘ladi. Ya’ni, agar
Shomdan paydo bo‘lsa, so‘ng Yamanga o‘tadi. Vallohu a’lam!
Endi yana bir masala.
«Ummatimdan bir toifa to Qiyomat kuniga qadar haq ustida zohir turadi» hadisi ham
yuqoridagi hadislar ma’nosiga zid emas. Chunki bu yerda ma’no quyidagichadir:
«Ummatimdan bir toifa kishilar to jonlarini xushbo‘y shamol
olmagunicha haq ustida
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Dostları ilə paylaş: