Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
58
qoyim turadilar». Ya’ni, ular Qiyomat shartlari oxirlaguniga qadar turadilar. Vallohu 
a’lam! 
Hadisdagi «Zarra yoki urug‘ misqolichalik iymon» jumlasi iymonning ko‘payib yoki 
kamayib turishiga dalildir. «Ipakdan-da mayin shamol», jumlasida mo‘minlarga nisbatan 
muloyim munosabat va izzat-ikrom bo‘lishiga ishora bor» (Navaviy so‘zi tugadi). 
Mayin shamolning esishi Qiyomat qoyim yaqinligini bildiruvchi ulkan alomatlarning 
so‘nggisidir. 
Endi vaqt juda-juda oz qoldi. Misli oy-kuni to‘lgan ayol. Uning qachon ko‘zi yorishini 
hech kim bilmaydi. Kechasi yoki kunduzi to‘satdan uni to‘lg‘oq tutishi mumkin. Alloh 
taolo bu olamning kuni bitganini, endi yangi, boqiy olamga ko‘chish vaqti yetganini e’lon 
qilar ekan, buning eng birinchi alomati Adan qa’ridan chiqib insonlarni mahshargohlari 
sari haydaydigan olov bo‘ladi. Keyingi faslda, Xudo xohlasa, ana shu alomat haqida 
suhbatlashamiz. 
 
To‘qqizinchi fasl 
Olovning chiqishi 
Qiyomatning bu ulkan alomati haqida xilma-xil hadislar rivoyat etilgan. Ulamolar 
ularni bir-biriga bog‘lashga harakat qildilar. Haqiqat esa yolg‘iz Allohgagina ayon! 
96. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «To Hijoz yeridan olov chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Hijozdan 
chiqqan bu olov) Busradagi tuyalarning bo‘ynini yoritadi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «Qiyomat shart (alomat)larining eng avvali odamlarni mashriqdan mag‘ribga 
to‘plovchi olovdir» (Buxoriy rivoyati). 
97. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi 
vasallam) oldimizga chiqdilar. Biz Qiyomat haqida so‘zlashib o‘tirgan edik. Payg‘ambar 
alayhissalom dedilar: 
– O‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar, Qiyomat bo‘lmaydi. 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Duxon, Dajjol, Dobba, quyoshning g‘arbdan 
chiqishi, Isoning tushishi, Ya’juj va Ma’juj, Mashriq, Mag‘rib hamda arab jazirasidagi yer 
yorilishini sanadilar. Oxirida esa odamlarni mahshargohlari tomon haydaydigan olovni 
aytdilar» (Muslim rivoyati). 
Abu Dovud rivoyatining oxirida: «Yamandan, Adan qa’ridan olov chiqadi va odamlarni 
mahshargohlari tomon haydaydi», deyilgan. 
Qiyomat oldidan chiqadigan olov haqida mana shunday hadislar rivoyat qilingan. 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin