Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə63/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
66
Qozi Iyoz va boshqalar aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) o‘zlari bilan 
Qiyomat o‘rtasidagi muddatning kamligiga nisbatan aytilgan lafzlarning har xilligiga 
ishora qilganlar». 
Qurtubiy «Mufhim»da yozadi: «Hadisi sharifdan Qiyomat qoyimning yaqinlashgani va 
tezda kelishi xulosa qilinadi». 
«Tazkira»da yozadi: «Bu gapdan: «Qiyomat aynan falon kuni bo‘ladi», degan ma’no 
kelib chiqmaydi. Faqat jumla siyoqi Uning yaqin qolganiga dalolat qilyapti, xolos. Chunki 
Qiyomat shartlari ketma-ket bo‘ladi. Qur’onda ham: «Darhaqiqat, uning shartlari keldi», 
deyilgan». 
Imom Tabariy bir asarida Ibn Abbosning quyidagi so‘zini keltirgan: «Dunyo oxirat 
jumalaridan bir jumadir. U yetti ming yil». 
Mazkur rivoyat sanadida Yahyo ibn Ya’qub va Hammod ibn Abu Sulaymonlar ham bor. 
Ularni ba’zilar tanqid qilgan. Lekin Abu Hotam Yahyo haqida «Uning mahalli sidqdir», 
degan. Hammod esa Ko‘faning faqihi bo‘lgan. Uni Ibn Ma’in va boshqalar ishonchli kishi 
deb ta’kidlashgan. Demak, Ibn Abbosdan rivoyat qilingan bu mavquf hadis sanadi sahih 
ekan. Mazkur rivoyatni Tabariy Ka’bul Ahbor va Vahb ibn Munabbahlardan naql qilingan 
quyidagi rivoyatlardan ustun qo‘ygan. Vahb va Ka’bdan naql qilingan rivoyat: «Dunyo 
6000 yildir. Uning 5600 yili o‘tdi». 
Ibn Jarir «Sahihayn»da keltirilgan Ibn Umarning (r.a.) hadisini naql qiladi: Rasululloh 
(sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Sizlarning ajal (muhlat)ingiz sizlardan ilgari 
o‘tganlar ajali oldida asr namozidan kun botgunigacha (bo‘lgan muddatchadir)». 
Ibn Hajar yozadi: «Ibn Umarning ushbu hadisi muttafaqun alayh sahih hadisdir. Unga 
e’timod qilinadi. Hadisni ikki xil tushunish mumkin. 
Birinchi: Hadisdagi miqdor-muddat zohiriga ko‘ra tushunilmaydi. Faqat Qiyomatning 
yaqin qolgani tashbeh bilan aytilyapti, xolos. 
Ikkinchi: Hadis zohiriga ko‘ra olinadi. Demak, mana shu ummatning yerda yashash 
muddati taqriban kunning beshdan bir qismiga teng ekan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi). 
Olimlar ushbu masalada turlicha fikr yuritganlar. Lekin bularning barchasi taxmin, 
xolos. Qiyomatning aynan qay soatda bo‘lishi yolg‘iz Allohgagina ayon. 
Shunisi aniqki, Qiyomat juda yaqin qolgan. Haq da’vatchisi nidosiga javob 
qaytaruvchi biron jon yo‘q. Vaholanki, Qiyomatning barcha kichik shartlari bo‘lib o‘tdi. 
z>utIø%$#
Ĩ$¨Ψ=Ï9
öΝßγç/$|¡Ïm
öΝèδuρ
’Îû
7's#øxî
tβθàÊÌ÷è•Β
∩⊇∪

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin