Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc


«(Ey Muhammad), sizdan soat



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə66/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

«(Ey Muhammad), sizdan soat (ya’ni, Qiyomat) qachon voqe bo‘ladi deb 
so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorim dargohidadir. Vaqti-
soati kelganida ham faqat o‘zi oshkor qilur. U (ya’ni Qiyomat) samovat va yer 
uchun juda og‘ir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat to‘satdan-kutilmaganda 
kelur». Go‘yo siz u haqda yaxshi biladigandek so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi 
faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda ko‘p odamlar uni bilmaydilar» (A’rof, 
187). 
 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Qiyomatning juda yaqin qolgani, farishta faqat 
surga nafxa urishga buyruq kutayotgani haqida gapirganlarida sahobai kiromlarga bu bir 
oz og‘ir keldi. Ular: 
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Biz nima qilamiz? – deb so‘radilar. 
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: 
– Sizlar: «Alloh bizga kifoyadir va u naqadar yaxshi vakil – kifoya qilguvchi. Biz 
Allohga tavakkul qildik!» denglar» (Hadis ma’nosi o‘girildi. Termiziy rivoyati). 
Bizni haq yo‘lga hidoyat qilib qo‘ygan Allohga hamdlar bo‘lsin! 
Agar Alloh hidoyat etmaganida, biz hech qachon buni bilmagan bo‘lardik. Darhaqiqat, 
Parvardigorimiz elchilari faqat haqni olib keldilar. 
 
 
 
 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
69
TO‘RTINCHI BOB 
 
Qiyomat alomatlarining sirlari haqida 
Borliqdagi ramziylik 
Garchand ramziylik borliqdagi ochiq haqiqat bo‘lsa-da, o‘ta nozikligi, daqiqligi sababli 
ko‘pincha sezilmay qoladi. Aslida atrofdagi har bitta narsa juda ko‘p oliy sirlaru maxfiy 
ma’nolarga dalolat qiladi. Ularni faqat Alloh bildirgan zotlargina anglay oladi. 
Inshaalloh, quyida borliqdagi ramziylikka oid ba’zi hadislarni keltirib o‘tamiz. So‘ng 
esa Qiyomat shartlarining sirlari va ularning ramziy ma’nolari haqida bahs yuritamiz. 
108. Hudaybiya sulhida musulmonlar bilan muzokara o‘tkazish uchun Makka kofirlari 
Suhayl ibn Amrni yuborishdi. Uni ko‘rib, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
ashoblariga dedilar: «Endi sizlarga ishlaringiz yengil bo‘ldi («Suhayl» kalimasi arab tilida 
«engillik» ma’nosini anglatadi)» (Buxoriy rivoyati). 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) Qurayshning Suhaylni yuborishidan, ya’ni, 
Allohning mana shuni xohlashidan juda chigal holatda turgan sulh ishining Alloh iznu 
irodasi ila yengillik asosida hal etilganini tushundilar. Go‘yo Suhaylning kelishi yengillik-
yaxshilikka bir ramziy ishora edi. Haqiqatan ham, Suhayl ibn Amr elchiligi ostida 
Hudaybiya sulhi tuzildi. Alloh taolo musulmonlarning ishini oson qildi. 
109. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Tushimda go‘yo biz Aqaba ibn 
Rofe’ning hovlisida ekanmiz. Rutab ibn Tobanikidan kelibmiz. Men buni dunyodagi 
oliyligimiz (rofe’ – baland), oxiratdagi (yaxshi) oqibatimiz (aqaba – oqibat) va 
dinimizning yaxshiligi-pokligi (toba – yaxshi, pok) deb ta’vil qildim» (Sahih hadis. 
Vallohu a’lam!) 
Biz tushda ham, o‘ngda ham ramziylik bo‘lishiga dalil keltiryapmiz. Quyida fikrimizga 
yana-da yorqinroq, yana-da yaqinroq bo‘lgan boshqa bir dalil keltiramiz. 
110. Abu Muso Ash’ariy uyidan tahorat olib chiqdi. U, bugun Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) yonlaridan jilmay, kunimni u zot bilan birga o‘tkazaman, deb niyat qildi. 
Masjidga kelib, Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) so‘ragan edi: «Manavi tomonga 
ketdilar», deyishdi. Abu Muso aytadi: 
– Men Rasulullohni (sollallohu alayhi vasallam) odamlardan so‘rab-surishtirib yurib, 
Aris qudug‘i oldiga keldim. Uning (qo‘rg‘onining) eshigi oldida to Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) qazoi hojat qilib, so‘ng tahorat olgunlariga qadar kutib o‘tirdim. Keyin 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) quduq labidagi sal ko‘tarilgan joyga – quduq 
to‘sig‘i ustiga o‘tirdilar. O‘rtasiga joylashib olgach, boldirlarini ochib oyoqlarini osiltirdilar. 
Men Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga borib salom berdim-da, yana 
ortimga qaytdim. Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam) dorboni (eshik og‘asi) 
bo‘laman, deb eshik oldiga o‘tirib oldim. Abu Bakr (r.a.) kelib eshikni itardi. 
– Kim u? – deb so‘radim. 
– Abu Bakr! 
– Bir oz kutib turing, – dedim-da, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) oldlariga 
borib, Abu Bakrning kirishga izn so‘rayotganini aytdim. 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin