Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
77
keltiradi. Ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan kimsaga u
paytda (endi keltirgan) iymoni foyda bermas»
(Buxoriy rivoyati. Muslim ham shu
ma’nodagi hadisni rivoyat qilgan).
Demak, quyoshning g‘arbdan chiqishi ramziy ma’noda oxirgi lahzada - jon chiqar
chog‘ida o‘zga olamdan porlaydigan haqiqat quyoshining chiqishiga muqobil ekan. Zero,
undan keyin faqat o‘limgina qoladi. Mo‘minning joni yengil, yumshoq olinadi. Kofirning
ruhi esa qattiq sug‘irib olinadi. Axir xushbo‘y shamol ham mo‘minlarning jonini avaylab,
ohista olmasmidi?! So‘ng ayollari ustiga xuddi eshaklardek sakraydigan fojiru kofir
kimsalarga Qiyomat qoyim keladi va ularning joni qattiq, alamli sug‘irib olinadi. Alloh
taolodan dunyoyu oxirat salomatligini so‘raymiz! Amiyn!
Ya’juj va Ma’jujlar
Iso alayhissalom tushib, Dajjolni o‘ldirganlaridan so‘ng, Ya’juj va Ma’jujlar chiqadi.
Musulmonlar hali Iso alayhissalom hukmi ostida rohat qilib yashamagan bo‘ladi.
Biz bu davrni har bir kishi boshidan kechiradigan o‘lim oldidagi tetiklikka, uning
naqadar qisqaligiga qiyosladik. Ya’ni, musulmonlar ozgina muddat Iso hukmi ostida
yashaydilar. Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi esa inson jismini halok qiluvchi fano
omillarining hujumiga ramziy bir ishoraga o‘xshaydi. Zero, xuddi Ya’juj va Ma’jujlar kabi
bu fano omillari hujumini hech kim qaytarishga qodir bo‘lmaydi. Ya’ni, Ya’juj va
Ma’jujlarni to‘xtatishdan hatto Iso hamda uning ashoblari ham ojiz bo‘ladilar. O‘lim soati
yaqinlashgan vaqtda fano omillarini hech kim to‘xtatib qola olmaydi. Endi Iso
alayhissalomning duosi bilan Ya’juj va Ma’jujlarning o‘ldirilishiga kelsak, bu ham o‘lim
oldidagi tetiklikka ramzdir. Vallohu a’lam!
Dostları ilə paylaş: