Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə68/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

 
 
Birinchi fasl 
Insonning o‘zi kichik bir olam 
Borliqdagi ramziylikni tasdiqlab hakim zotlardan biri: «Insonning o‘zi kichik bir olam», 
deb aytgan ekan. 
Hukamolardan biri yozadi: «Faraz qil, senda – kichkina bir jasadda butun olam 
gavdalangan. Suyaklaring ulkan tog‘ga o‘xshab ketadi. Ularsiz tanang shubhasiz qulab-
nurab bir uyum go‘shtga aylanadi. Qoning dengizlar, tomirlaring anhorlar, soching esa 
o‘t-o‘lanlar timsoli. Sochingning qalin-chigal joylari o‘rmon-changalzorlarga ishora». 
Risolalarida yerni erkak, oyni ayol muqobiliga qo‘yishgan. 
Bu o‘rinda esa, Xudo xohlasa, mana shu ulkan borliq bilan kichkinagina inson 
o‘rtasidagi o‘xshashliklar haqida suhbatlashamiz. Alloh madad bersin! 
 
Inson – borliq ruhi 
Inson mana shu borliqning jonidir. Aslida butun dunyo inson sababli va inson uchun 
yaratilgan. Shuning uchun ham bashariyat to‘la kofir bo‘lib, Uning oyatlarini inkor 
qilganida dunyoning umri tugaydi. 
«Alloh, Alloh!» deguvchi inson ustida Qiyomat qoyim bo‘lmas!» (Muslim rivoyati) 
Insoniyat iymon ne’matidan butunlay mahrum qilinganida, yer yuzida «La ilaha 
illalloh» kalimasini aytadigan bironta odam topilmaydigan zamonlar kelganida borliq 
ham ruhi jonidan judo bo‘ladi. Zero, borliq mana shu ruh bilan tirik turadi. U aynan 
ushbu ruh sababli yaratilgan edi. Xuddi ruh yashashi uchun inson yaratilganidek. 
Chunki inson faqat go‘shtu qondan tarkib topgan emas. Unda yashayotgan ruh 
insoniyat haqiqati, uning mohiyatidir. Inson – Allohning yerdagi xalifasi! Bu oliy 
martabaga u nafxa sohibi bo‘lgani bois erishdi. 
#sŒÎ*sù
…çµçF÷ƒ§θy™
àM÷‚xtΡuρ
ϵŠÏù
⎯ÏΒ
©Çrρ•‘
(#θãès)sù
…çµs9
t⎦⎪ωÉf≈y™
∩⊄®∪
«Bas, qachon uni tiklab, ichiga o‘z (dargohimdagi) jondan kiritganimda, sizlar 
unga sajda qilgan holingizda yiqilingiz!» (Hijr, 29) 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
72
Buxoriy va Muslim rivoyat qilgan sahih hadisda aytilishicha, homila yuz yigirma kunlik 
bo‘lganidan so‘ng unga ruh kiritiladi. 
Borliqda Odam alayhissalomning yaratilishi ham mana shunga o‘xshaydi. Ya’ni, nutfa 
(bir tomchi suv) inson ruhini qabul qilib olishga tayyor bo‘lgach, Alloh taolo unga bir 
farishtani yuboradi va Alloh izni bilan homilaga jon-ruh kirgiziladi. 
Xuddi shunday borliq ham xalifaning istiqboliga tayyor bo‘lgach, Alloh taolo 
farishtalarga dedi: 
’ÎoΤÎ)
×≅Ïã%y`
’Îû
ÇÚö‘F{$#
Zπx‹Î=yz

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin