Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
67
Dunyo hayotining beshdan to‘rt qismi o‘tib bo‘ldi.
Dunyo umri deyilganida, albatta
bashariyat umri tushuniladi. Dunyo umri, ya’ni, bashariyat hayoti (mana
shu yer
ustidagi albatta) yetti ming yildan oshmaydi.
Lekin ba’zilar bu fikrga qo‘shilmaydilar. Ular qadimgi g‘orlardan topilgan inson
suyaklari va bosh chanoqlari bundan qirq ming yil muqaddam yashagan ajdodlarga
tegishli deyishadi. Hatto yerda inson hayoti boshlanganligiga million yil bo‘lgan deb
o‘ylovchilar ham bor.
Ularga beriladigan
eng oson javob shuki, inson tarixini o‘rganuvchi o‘sha olimlarning
o‘zlari ham g‘orlardan topilgan suyaklar insonga tegishlimi yoki noma’lum jonzot
qoldiqlarimi buni aniq bilmaydilar. Ular aytayotgan farazlarning to‘g‘riligiga yo‘q?!
Faylasuf va tarixchi Vul Dyurant yozadi: «Frantsuz arxeologlari
mana shu iqlimda
(ya’ni, Iroq va Eronda) yigirma ming yil muqaddam o‘tgan odamlar qoldig‘i-suyaklarini
topdilar. Shuningdek, miloddan ilgari 4500yilda yuksak madaniyat bo‘lganiga dalolat
qiluvchi topilmalar ham mavjud».
Vul
Dyurant fikrini davom ettirib, insoniyat tarixi, uning qachondan boshlab temirdan
foydalangani, umuman ijtimoiy-madaniy hayoti haqida bahs yuritadi.
Haqiqatni yolg‘iz gumonu taxminlarga tayanib topmoqchi bo‘layotgan kimsalarning
nodonligini bir tomosha qiling! Payg‘ambarlarni tasdiqlash va iymon ne’matidan
mahrum
olimlarning holini ko‘ring.
Alhamdu lillahki, musulmonman va bir musulmon sifatida Odam alayhissalomning Vul
Dyurant kabi faylasuf olimlardan madaniyatu ma’rifat borasida yuksakda ekaniga e’tiqod
qilaman. Zero, Alloh taolo unga hayot uchun zaruriy bo‘lgan barcha bilimlarni o‘rgatgan
edi:
zΝ¯=tæuρ
tΠyŠ#u™
u™!$oÿôœF{$#
$yγ¯=ä.
Dostları ilə paylaş: