«Darhaqiqat, yolg‘iz Allohning huzuridagina (Qiyomat) soati (qachon bo‘lishi
to‘g‘risidagi) bilim bordir» (Luqmon, 34). Hadis va oyat ma’nolari bir-biriga zid emas. Chunki Qiyomatning yaqinligini bilish bu
uning aynan qachon bo‘lishini aytish hisoblanmaydi» (Ibn Hajar so‘zi tugadi). Biz ham mana shu yo‘ldan boramiz. Qiyomatning yaqin qolganligi haqida bahs yuritar
ekanmiz, uning muayyan vaqtini belgilashni barcha g‘oyiblarni bilguvchi Zotga havola
qilamiz.
O‘tgan bobda Qiyomat qoyimning yaqinligiga dalolat qiluvchi bir qancha hadislar
aytildi. Ulardan ba’zi birlarini eslab o‘tamiz.
106. Mustavrid ibn Shaddoddan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Men Qiyomat soati nafasida yuborildim. Manavi (barmog‘im)
bunisidan o‘zganidek undan o‘zdim». Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ko‘rsatkich
va o‘rta barmoqlariga ishora qildilar» (Termiziy va Tabaroniy rivoyati). Ibn Hajar «nafas» kalimasini yaqinlik ma’nosida sharh-lagan.
Ibn Asir «Nihoya»da yozadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) «Men (Qiyomat)
soati nafasida yuborildim», dedilar. Ya’ni, men Qiyomat qoyim vaqti yetilib qolgan
paytda yuborildim. Faqat Alloh taolo uni bir oz keyinga surdi va meni mana shu nafasda
yubordi». Bu yerda «nafas» yaqinlik ma’nosida qo‘llangan.
Ba’zilar aytadiki: Alloh taolo Qiyomatga ham xuddi inson nafasi kabi nafas ato etgan.
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) aytmoqchilarki: «Men Qiyomatga yaqin bir
paytda yuborildim. Xuddi yaqinda turgan kishining nafasi sezilganidek, uning nafasini his
qildim».
107. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «(Payg‘ambar qilib) yuborilganimda, men va Qiyomat mana bu ikkisidek edik.
(Ularning orasi) xuddi ulardan birining ikkinchisidan ortiqligidek». Rasululloh (sollallohu
alayhi vasallam) ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlarini juftlashtirdilar» (Buxoriy va Muslim rivoyati). Ya’ni, o‘rta barmoqning ko‘rsatkich barmoqdan qanchalik uzunligiga qarab yana
qancha muddat hayot davom etishini o‘ylang.
Odam alayhissalomdan to Qiyomatga qadar yashash o‘rta barmoqchalik bo‘lsa, bu
hayotning ko‘rsatkich barmoqchalik umri tugadi. Endi o‘rta barmoqning ko‘rsatkich
barmoqdan uzunligi miqdorida hayot qoldi, xolos.