Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə70/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
73
«Nuh aytdi: «Parvardigorim, yer kofirlaridan biron hovli-joy egasini 
qoldirmagin. Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, ular bandalaringni 
yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok (kimsalar)ni tug‘ib-
ko‘paytirurlar». (Nuh, 26-27) 
 
Ba’zi rivoyatlarda aytilishicha, Nuh alayhissalomga iymon keltirgan, uning kemasida 
jon saqlab qolgan mo‘min va mo‘minalar soni bor-yo‘g‘i saksonta bo‘lgan. 950 yillik 
da’vatlari hosilasi edi bu! 
Keyingi qavmlar ham Nuh alayhissalom qavmlaridan deyarli farq qilmaydi. Biz Od, 
Samud, Tubba’ va boshqa qavmlar qissasidan xabardormiz. Ularning barchalari o‘z 
payg‘ambarlarini yolg‘onchiga chiqardi va natijada Alloh azobiga duchor bo‘ldilar. Chunki 
ulardan ham, zurriyotlaridan ham biror yaxshilik chiqishi umid qilinmadi. 
y7¨ΡÎ)
βÎ)
öΝèδö‘x‹s?
(#θ=ÅÒãƒ
š‚yŠ$t6Ïã
Ÿωuρ
(#ÿρà$Î#tƒ
ωÎ)
#\Å_$sù
#Y‘$¤Ÿ2
∩⊄∠∪
Nuh alayhissalom aytgan edilar: «Chunki Sen agar ularni (er yuzida) qoldirsang, 
ular bandalaringni yo‘ldan ozdirurlar va ular faqat ko‘rnamak, nopok 
(kimsalar)ni tug‘ib-ko‘paytirurlar». (Nuh, 27) 
 
Mo‘minlar avlodiga yer keng-mo‘l bo‘lishi uchun ilohiy hikmat taqozosiga ko‘ra kofir 
qavmlarning hayot tomirlari yulib tashlandi. Endi bashariyatning yoshi bir oz ulg‘aygan 
edi. Insonlar o‘spirinlik yoshidan o‘tib, ko‘p narsani aql tarozusida tortib ko‘radigan 
bo‘lishdi. Bu davrda, ya’ni, Ibrohim alayhissalomdan keyin to Muhammad (sollallohu 
alayhi vasallam) davrlarigacha bo‘lgan muddatda rasullar da’vatini qabul qiladigan 
kishilar soni ortib bordi. Hatto ashaddiy kofirlar avlodidan ham mo‘min farzandlar 
chiqishi umidli hodisaga aylandi va shu sababli butun qavmni yer yuzidan yo‘qotib 
tashlash jazosi to‘xtatildi. Endi faqat o‘lim va asirlik jazolari qolgan edi. 
Nihoyat bashariyat Muhammad (sollallohu alayhi vasallam) zamonlariga kelib, aqliy 
komillikka yetishdi. Ya’ni, aqli to‘ldi. Bu hol inson hayotidagi qirq yoshga qiyos qilinadi. 
Agar butun o‘tgan umr bor-yo‘q hayotning beshdan to‘rt qismini tashkil etadigan 
bo‘lsa, bugun insoniyat – agar kishi umri bilan hisoblaydigan bo‘lsak – ellik yoshga kirdi 
va buyog‘i bizning hisobimizda juda-juda oz qoldi. 
Odamlar turli ma’siyatlar, fisqu fujurlar, mast qiluvchi ichimliklar bilan o‘zlarini-o‘zlari 
o‘limga hukm etar ekanlar, yigitlik yoshida ham hayot bilan vidolashishlari mumkin! 
Bugun biz ayni shu holatning tirik guvohlarimiz. Butun bashariyat tarixi mana 
shunday o‘z-o‘zini o‘ldirish bilan to‘lib-toshgan. Bu zulmatdek qop-qora, zulm, kufr va 
fisqu fujur bilan to‘lgan qora kunlar, qora tarixdir. 
Nopok kimsalar olamga hukmron. Barcha-barcha imkoniyat va qulayliklar fasod 
tarqatuvchi «zot»lar qo‘lida. Insoniyat bugun olamni hatto to‘rt marta izdan chiqarib 
yuborishi mumkin. U ana shunday xarob qiluvchi qurollarga ega. 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
74
Xo‘sh, mana shunday hayot tarziga ega qavm yer yuzida uzoq hayot kechiradi, deb 
o‘ylaysizmi?! 
Menimcha, vallohu a’lam, Alloh taolo bandalarini bu zulm-zulmat orasiga tashlab 
qo‘ymaydi. U juda mehribon Zot! 
Hayot oxirlamoqda, bashariyat umri juda oz qoldi. Qiyomat alomatlari asta-sekin 
ko‘rinyapti. 
Bandalar Parvardigorlari huzurida hisob-kitob qilinadilar. Alloh bizga kifoya va U 
naqadar yaxshi kifoya etguvchi! 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin