Ikkinchi fasl Qiyomatning ulkan alomatlari zamiridagi sir-asrorlar Biz yuqorida insonning kichik bir olam ekani, unga yuz yigirma kunlik homila ekanida
ruh puflangani va bu ruh insonga hayvon hayotini kechirish uchun emas, balki inson
bo‘lib yashamog‘i uchun berilgani haqida suhbatlashdik. Inson aynan mana shu ruhi
sababli ilohiy ma’rifat va yerdagi xalifalikka munosib ko‘rildi. Alloh iznu irodasi bilan
butun borliq unga bo‘ysundirildi. Inson yerda xalifa bo‘ldi. Lekin odam tug‘yonga tushib,
o‘zgalarga jabr-zulm o‘tkazsa, yaratgan ulug‘ Parvardigorini unutib, fisqu fujur ishlarga
sho‘ng‘isa, o‘zicha kibru havo qilib haq yo‘ldan yuz o‘girsa, Alloh taolo uni parcha-parcha
qilib tashlaydi. Shuningdek, olamda ham fasod, qirg‘inlar haddan ziyod ko‘payib ketsa,
dunyo oxirgi soatlariga tobora yaqinlashadi. Agar mana shunday buzuq dunyoda
Qiyomat alomatlari ko‘rinayotgan bo‘lsa, bunga sira-sira ajablanmaslik kerak.
Qiyomatning ulkan shartlarining eng avvali Mahdiy – Muhammad ibn Abdullohning
chiqishidir. Alloh taolo uning vositasida ummat holini o‘nglaydi, ularni hidoyatga
yo‘llaydi. Bu ish xuddi o‘lim to‘shagida yotgan kasal kishining holatiga o‘xshaydi. Ya’ni,
ramziy qilib aytadigan bo‘lsak, o‘lim to‘shagida yotgan kishining hayvoniy hislari
zaiflashib, ruhoniyat nurlari yuksaladi. U Parvardigor rahmatiga talpinadi.
Demak, Mahdiyning chiqishini ramziy ma’noda o‘lim to‘shagidagi kishi holatiga
o‘xshatish mumkin bo‘ladi.
Qiyomat shartlarining eng avvali o‘lim to‘shagidagi insonda ko‘riladigan birinchi
alomat-belgiga o‘xshashi o‘zaro munosabatli holatlardir. Hayotining so‘nggi lahzalarini
yashayotgan kishi uchun yolg‘iz bitta davo bor – o‘lim!
Bugungi kunda olamning bir emas, bir nechta bedavo kasallik bilan og‘riyotgani oqil
kishi uchun sir emas. Bu «kasalliklar» barcha «tabib»larni ojiz qoldirdi. Endi olamga ham
bitta davo bor –Qiyomat qoyim! Alloh taolo yer va undagi bor mavjudotni meros qilib
olgach, bandalarini amallariga ko‘ra so‘roq qiladi. O‘shanda: