Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə60/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
Ma’lumki, inson dumg‘aza suyagidan paydo bo‘lmagan. Inson yaralishi nutfadan 
boshlanadi. Demak, asliy zarra nutfada yashiringan. Vallohu a’lam! 
 
 
UCHINCHI BOB 
 
z>utIø%$#
Ĩ$¨Ψ=Ï9
öΝßγç/$|¡Ïm
öΝèδuρ
’Îû
7's#øxî
tβθàÊÌ÷è•Β
∩⊇∪
«Odamlarga hisob-kitoblari (ya’ni Qiyomat qoyim bo‘lishi) yaqinlashib qoldi. 
Ular esa g‘aflatda, (iymon keltirib, yaxshi amallar qilishdan) yuz o‘girguvchilardir» 
(Anbiyo, 1). 
Qiyomat qoyimning yaqinligi 
Qiyomat qoyim deyilganda ikki xil ma’no tushuniladi. 
Birinchi ma’no: Har bir insonning o‘z qiyomati bor. Kishining o‘limi uning qiyomatidir. 
Ikkinchi ma’no: Ulkan Qiyomat. Dunyo hayotining tugashi va oxirat olamiga safar. U 
kunda har bir jon amaliga yarasha jazo-mukofot oladi. 
Quyidagi hadis Qiyomat qoyimning birinchi ma’nosiga tegishli. 
104. Oisha (r.a.) aytadi: «Sahroi arablar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
huzurlariga kelishsa, u zotdan Qiyomat haqida so‘rashardi. 
Payg‘ambar alayhissalom ularning yoshi eng kichkinasiga qarab aytar edilar: 
– Agar mana bu o‘lmasa, hatto unga qarilik yetmasdan turib, ustingizga Qiyomat 
keladi» (Buxoriy va Muslim rivoyati). 
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) ularga Qiyomat qoyimni o‘ylamasdan 
o‘zlarining Qiyomatlari – o‘limlari g‘amini yemoqlari lozimligini aytganlar. Kim o‘lsa, 
demak uning Qiyomati qoyim bo‘libdi. Marhum uchun qabr jannat bog‘laridan bir bog‘ga 
yoki jahannam chohlaridan bir chohga aylanadi. Inson eng avvalo yaqinda boshiga 
tushadigan narsaga tayyorlanmog‘i lozim. U: «Qiyomat qoyim qachon bo‘ladi?» deb 
boshini og‘ritib yurishning o‘rniga yaxshi amallarini ko‘paytirsin, niyatini xolis qilsin va 
mana shu tariqa o‘z qiyomat – o‘limiga hozirlik ko‘rsin! 
105. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu 
alayhi vasallam): «Qiyomat qoyim qachon bo‘ladi?» deb so‘radi. Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) bir oz jim turdilar-da, so‘ng yonlaridagi Azd shanualik (Azd Shanua – 
Yamandagi qabila) bolaga qarab dedilar: «Agar manavi bola umr ko‘rsa, unga qarilik 
yetmasdan turib Qiyomat qoyim bo‘ladi». 
Anas (r.a.) aytadi: «O‘sha kunlarda u bola men bilan tengqur edi» (Muslim rivoyati). 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
Yuqorida keltirilgan hadislarda Qiyomat so‘zi birinchi ma’noga ko‘ra ishlatilgan. 
Ulkan Qiyomat, ya’ni butun olam hayotining tugallanishi haqida esa juda ko‘p hadislar 
rivoyat qilingan. Men Qiyomatning juda yaqin qolganini ta’kidlamoqchiman. Hatto, 
qo‘rqamanki, nabiralarimiz Qiyomat qoyimni ko‘rmasalar edi. 
Alloh taolo bizni ham, zurriyotimizni ham bu kunni ko‘rishdan asrasin! Chunki U kun 
faqat Alloh g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan kimsalar ustiga keladi va ular orasida «La 
ilaha illalloh» kalimasini aytuvchi biron tirik jon qolmaydi. Alloh asrasin! 
Endi yana Qiyomat yaqin qolganini bildiruvchi hadislarga hamda voqeiy misollarga 
o‘tamiz. Alloh madadkor! 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin