Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
59
Birinchi hadisda: «Hijoz yeridan olov chiqadi», deyilgan edi. Bu oyat-alomat voqeda 
bo‘lib o‘tgan. 
Qurtubiy «Tazkira»da yozadi: «Hijoz yerlarida – Madinada bu olov chiqdi. U 654 yil, 
jumodul oxir oyining uchinchi tuni chorshanba kechasida qattiq zilzila bilan boshlandi va 
juma kunining choshgohigacha davom etdi». 
Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Menimcha ham hadisda zikr qilingan olov Madina 
tomonlardan chiqqan. Ammo odamlarni to‘playdigan olov hali chiqqani yo‘q, u boshqa 
olovdir». 
Hadislardagi xilma-xillikni Ibn Hajar quyidagicha izohlagan: «Bu olovning Adan 
qa’ridan chiqishi uning odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘plashiga zid emas. Ya’ni u 
boshlab Adan qa’ridan chiqadi va atrofga tarqaladi. «Odamlarni mashriqdan mag‘ribga 
to‘playdi», degan so‘zda sharq yoki g‘arb xoslanayotgani yo‘q. Umumiy hashr-to‘plash 
maqsad qilinyapti. Yoki u (ya’ni, olov) yer yuzida yoyilganidan so‘ng eng birinchi 
mashriq ahlini to‘playdi». 
Hadislar olimlarimiz tomonidan ana shunday sharhlangan. Lekin bu olovning haqiqat-
mohiyati, odamlarni qanday to‘plashi qorong‘u. Bu sirni ham yolg‘iz Alloh biladi. 
 
Zamon yaqinlashuvi 
Qiyomat qoyim xabarini beruvchi bu alomatning aynan qachon bo‘lishi, qaysi oyat-
alomatdan so‘ng ko‘rinishi hadislarda aytilmagan. Demak, uning qachon bo‘lishini ham 
Alloh biladi. 
98. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Zamonning yaqinlashuvi, ilmning 
kamayib ketishi, fitnalarning zohir bo‘lishi, xasislikning urchishi va harjning ko‘payishi 
Qiyomat shartlaridandir», dedilar Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). 
– Yo Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)! Nima u harj? – deb so‘rashdi sahobalar. 
– Qatl, qatl, – dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam)» (Buxoriy va Muslim 
rivoyati). 
Ibn Asir zamon yaqinlashuvini umrlarning qisqarishi va barakaning kamayishi deb 
sharhlagan.
Ibn Asir yozadi: «Lekin ba’zilar uni boshqacha sharhlaganlar. Ya’ni, zamon 
yaqinlashadi, hatto yil oydek, oy haftadek, hafta kundek, kun soatdek, soat xurmo 
bargining yonishidek bo‘lib qoladi». 
Mana shu oxirgi tafsir sahihroq. Vallohu a’lam! Chunki aynan mana shu ma’noga 
dalolat qiluvchi zaif hadis bor. Lekin Buxoriy va Muslim rivoyat etgan hadis uning 
sahihligini bildiradi. Vallohu a’lam! 
99. Anas ibn Molikdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) 
dedilar: «To zamon yaqinlashib qolguniga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. (Zamonlar 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin