www.ziyouz.com kutubxonasi
60
yaqinlashadi) hatto yil oydek, oy haftadek, hafta kundek, kun soatdek, soat esa bir
uchqunchalik bo‘lib qoladi»(Termiziy rivoyati). Alloh taolo yerni o‘z o‘qi atrofida bundan-da tezroq aylantirishga qodir. Quyoshning
g‘arbdan chiqishi kabi bu ham olamning umri tugayotganiga bir alomat bo‘ladi. Zero,
Alloh taolo barcha narsaga qodir Zotdir!
Uch marta yerning yorilishi Yerning uch marta yorilishi – mag‘ribda, mashriqda va Arab jazirasida bo‘ladigan
zilzilalar. Qiyomat xabarini beruvchi bu yer yorilishlar odatdagi zilzilalardan farqli bo‘ladi.
Chunki deyarli har yili olamning qaysi bir burchagida yer qimirlayotgani yoki vulqon
otilgani haqida eshitib turamiz. Ehtimol, hadisda aytilgan sharqu g‘arbdagi yer yorilishi
yadroviy urush natijasida yuz berar. Ammo arab jazirasida bo‘ladigan tabiiy ofat –
Qiyomat alomatiga kelsak, uni bizga quyidagi sahih hadis sharhlab beradi, degan
umiddamiz:
100. Oishadan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar:
«Ka’baga bir qo‘shin g‘azot qilib chiqadi. Qo‘shin sahroda turganida, ularning avvalu
oxirini yer yutadi.
Shunda Oisha onamiz: «Bu qo‘shin orasida boshqalar ham bo‘ladi-ku», mazmunida
savol berdilar. Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) dedilar: «Ularning avvalu oxirini
yer yutadi. So‘ng (Qiyomatda) niyatlariga qarab turg‘iziladilar»(Muttafaqun alayh. Hadis lafzi Buxoriyniki). Abul Farj Javziy «Fuhumul asar» kitobida Iroq va Mag‘ribda yer yorilganini hamda bu
ofat natijasida juda ko‘p kishining yostig‘i quriganini yozgan. To‘g‘ri, haqiqatan ham
tarixda shunday hodisa bo‘lgan. Lekin biz hadisda aytilgan Qiyomat alomatlaridan
bo‘lmish yer yorilishi ofati mana shu edi, deb ayta olmaymiz.
Bizningcha, u zilzila – yer yorilishi hali bo‘lganicha yo‘q. Allohning o‘zi asrasin!