Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
53
Quyida quyoshning mag‘ribdan bosh ko‘tarishi haqidagi ba’zi
hadislarni keltirib
o‘tamiz.
84. Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «To quyosh mag‘ribdan chiqmagunicha Qiyomat qoyim bo‘lmaydi. Quyosh
mag‘ribdan chiqqach, uni ko‘rib, hamma iymon keltiradi. Lekin bu paytda ilgari iymon
keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (keltirgan)
iymoni foyda
bermaydi»
(Buxoriy va Muslim rivoyati).
85. Abu Zar G‘iforiydan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam)
dedilar: «Ey Abu Zar! Hali unga: «Qaerdan kelgan bo‘lsang, o‘sha yerga qayt»,
deyiladigan (zamon) keladi. Bu shunday vaqtki, unda ilgari iymon keltirmagan yoki
iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi keltirgan) iymoni foyda bermas»
(Buxoriy va Muslim rivoyati).
86. Huzayfa ibn Usayd G‘iforiydan rivoyat qilinadi: «Biz Qiyomat haqida gaplashib
o‘tirganimizda Rasulluloh (sollallohu alayhi vasallam) hujralaridan chiqib keldilar.
– To o‘n oyat-alomatni ko‘rmaguningizga qadar Qiyomat qoyim bo‘lmaydi, –
dedilar
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam). – Quyoshning g‘arbdan chiqishi, duxon-tutun,
dobba, Ya’juj va Ma’jujlarning chiqishi,
Iso alayhissalomning chiqishi, Dajjolning chiqishi,
uch joyda – mashriqda, mag‘ribda va arab jazirasida oyning tutilishi hamda odamlarni
haydaydigan – yoki to‘playdigan – Adan qa’ridan chiquvchi olov.
U kishilarga kechki
uyquda ham, kunduzgi uyquda ham sherik bo‘ladi (ya’ni, ular bilan birga yuradi)
(Sunan
sohiblari rivoyati. Termiziy hasan sahih degan. Muslimda ham shunga o‘xshash hadis
rivoyat qilingan).
87. Safron ibn Assoldan (r.a.) rivoyat qilinadi: «Men Rasulullohning (sollallohu
alayhi
vasallam) bunday deganlarini eshitdim: «Alloh taolo tavba uchun mag‘rib tomondan
kengligi yetmish yillik yo‘l bo‘lgan bir darvozani ochib qo‘ydi. Bu darvoza to quyosh o‘sha
yerdan chiqquniga qadar berkilmaydi»
(Termiziy rivoyati. Nasoiy va Ibn Moja sahih
degan).
88. Abdulloh ibn Amr ibn Osdan rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Albatta, hijrat ikki xislatdir. Ularning biri yomon ishlardan
uzoqlashish. Ikkinchisi esa Alloh va Rasuli tomon (uchun) hijrat qilish. Hijrat, modomiki
tavba qabul qilinar ekan, to‘xtamaydi. Tavba esa to quyosh mag‘ribdan bosh
ko‘tarmaguniga qadar qabul qilinaveradi. Qachonki quyosh mag‘ribdan chiqsa,
har bir
qalb (oxirgi lahzadagi) narsasi bilan muhrlanadi. Odamlar amaldan kifoyalanadilar
(Ya’ni, amallar ham to‘xtaydi)».
(Hadis ma’nosi tarjima qilindi. Vallohu a’lam!)
Ibn Kasir aytadi: «Ushbu hadisning isnodi hasan. Lekin uni olti kitob muallifidan
birontasi ham rivoyat etmagan. Vallohu a’lam!»
«Ilgari iymon keltirmagan yoki iymonida yaxshilik kasb qilmagan biron jonga (endi
keltirgan iymoni) foyda bermas».
Ibn Kasir ushbu oyat tafsirida shunday deydi: «Ya’ni agar o‘sha kuni biron kofir iymon
keltirsa, uning iymoni qabul qilinmaydi. Ammo mo‘min kishi
avvaldan yaxshi amallar
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Dostları ilə paylaş: