Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
48
dunyo bilan emas, balki)
kuch-quvvat bilan yordam beringlar, men sizlar bilan
ularning o‘rtasiga bir devor bino qilay» (Kahf, 94-95).
Biz Zulqarnayn qurdirgan devorning sharqda ekanini qat’iy ayta olamiz. Chunki
Zulqarnayn kunchiqar tomonda o‘sha zaif qavmni uchratgan edi.
#©¨Lym
#sŒÎ)
xn=t/
yìÎ=ôÜtΒ
ħôϑ¤±9$#
$yδy‰y`uρ
ßìè=ôÜs?
4’n?tã
7Θöθs%
óΟ©9
≅yèøgwΥ
Οßγ©9
⎯ÏiΒ
$pκÍΞρߊ
#ZøIÅ™
∩®⊃∪
«Hatto (u)
kunchiqarga yetgach...» (Kahf, 90).
Ammo aynan ma’lum bir devorni: «Mana shu Zulqarnayn qurdirgan to‘g‘on»,
demoqlik mushkul.
Balki bu o‘sha mashhur Xitoy devoridir. Yoki ulug‘ muhaddis
Imom Termiziy yurti
Termizda topilgan devordir. Vallohu a’lam!
«Fi zilalil Qur’an»da yozilishicha: «Termiz shahridagi bir maqbara yonidan (eski)
devor topilgan. U «Temir darvoza» nomi bilan tanilgan. Milodiy o‘n beshinchi asrning
boshlarida u yerdan nemis olimi Sayld Berger o‘tayotib, o‘z kitobida mazkur devor
haqida yozgan edi.
Shuningdek, ispan tarixchisi Klavixo ham o‘zining 1403 yildagi safari
tarixini yozar ekan, devor haqida to‘xtalib o‘tadi. «Temir
darvoza shahrining devori
Samarqand – Hind yo‘li ustida joylashgan. Bu Zulqarnayn tiklagan o‘sha devor bo‘lishi
ham mumkin».
Yuqoridagi fikrlarning qay biri tasdiqlanishidan qat’iy nazar, Ya’juj va Ma’jujlarning
kichik sharqdan chiqishi aniq.
Endi Zulqarnayn haqida gapiradigan bo‘lsak, ba’zilar uni nabiy desa, yana ba’zilar uni
payg‘ambar emas, faqat solih podshoh deyishadi.
Xo‘sh, Zulqarnayn kim o‘zi? U Iskandariyani qurdirgan yunon shohi Iskandarmi? Yoki
Ibrohim alayhissalom bilan bir zamonda yashagan Yaman shohimi? Olimlar bu xususda
turlicha fikr bildirganlar. Haqiqat esa yolg‘iz Allohga ayon.
Ba’zi mufassiflar Aleksandr Makedonskiyning (makedoniyalik Iskandar)
Zulqarnayn
emasligini yozadi va bunga yunon shohi Iskandarning kofir ekanini, Qur’onda zikr
qilingan Zulqarnayn esa mo‘min-musulmon kishi bo‘lganini hujjat qilib keltiradi. Lekin bu
dalil kuchli emas. Chunki
biz faqat tarixga suyanib, makedoniyalik Iskandarni kofirga
chiqaryapmiz. Tarix esa hamisha faqat aniq haqiqat bo‘lavermaydi. Biz tarixning
unchalik ishonarli hujjat bo‘la olmasligiga quyida bir misol keltiramiz.
Tarix Ibrohim, Muso va Iso alayhissalomlar haqida hech narsa demagan. Axir Qur’oni
karimda hikoya qilingan mazkur
haqiqatlar tarixning ochiq, nurli sahifalarida
naqshlanishga haqli emasmidi?! Afsuski, bunday bo‘lmadi. Tarix ular haqida hanuz gung.
Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
Dostları ilə paylaş: