|
qiyomat alomatlari ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
47
79. Sahih hadisda Anasdan (r.a.) rivoyat qilinadi: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam) dedilar: «Yer yuzida «Alloh, Alloh», deyilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim
bo‘lmaydi» (Muslim rivoyati).
80. «Yer yuzida «La ilaha illalloh» aytilmay qolguniga qadar Qiyomat qoyim
bo‘lmaydi» (Imom Ahmad sahih sanad bilan rivoyat qilgan).
81/82. Ummul mo‘minin Zaynab roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: Rasululloh
(sollallohu alayhi vasallam) bir kuni uning oldiga xavotirlangan holda kirib keldilar:
– Yaqinlashib qolgan yomonlikdan arablarga vayl bo‘lsin. Bugun Ya’juj va Ma’juj
to‘g‘onidan mana shuncha ochildi (Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam) ikki
barmog‘ini halqa shakliga keltirib ko‘rsatdilar).
Zaynab aytadi: «Men Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) so‘radim:
– Yo Rasululloh! Oramizda solih insonlar bo‘lsa ham, hammamiz halok bo‘lamizmi?
– Ha, – dedilar Payg‘ambar (sollallohu alayhi vasallam), – agar iflosliklar ko‘payib
ketsa».
Ibn Hajar «Fathul Boriy»da yozadi: «Olimlar «iflosliklar» kalimasini «zino, valadi
zinolar va fisqu fujur» deya sharhlaganlar».
Ibn Arabiy aytadi: «Demak, yaxshilar ham yomonlar bilan birga – agar ularni
o‘zgartirmasalar – halok bo‘ladilar. Shuningdek, yomonlar yaxshilar nasihatiga quloq
solmasdan, o‘z fisqu fujurlarida qaysarlik bilan davom qilsalar va buning natijasida fasod
chor-atrofga tarqalib ketsa, hamma birdek halok bo‘ladi. So‘ng har kim niyatiga qarab
turg‘iziladi. Zaynab onamiz Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) so‘zlaridan agar o‘sha
kichkina tuynuk kattarishda davom etsa, bir kun Ya’juj va Ma’jujlar chiqadigan katta
yoriqqa aylanishini tushunganlar. U Ya’juj va Ma’jujlar chiqishi insoniyat uchun umumiy
halokat ekanini bilgan» (Ibn Hajar so‘zi tugadi).
Zulqarnayn kim?
Ya’juj va Ma’jujlar kimlar?
Zulqarnayn Kahf surasida zikr etilgan solih podshohdir. U Ya’juj va Ma’jujlar bilan
ularga qo‘shni turuvchi zolimlar o‘rtasiga to‘siq qurgan.
(#θä9$s%
#x‹≈tƒ
È⎦÷⎫tΡös)ø9$#
¨βÎ)
ylθã_ù'tƒ
ylθã_ù'tΒuρ
tβρ߉šøãΒ
’Îû
ÇÚö‘F{$#
ö≅yγsù
ã≅yèøgwΥ
y7s9
%¹`öyz
#’n?tã
βr&
Ÿ≅yèøgrB
$oΨuΖ÷t/
öΝßγoΨ÷t/uρ
#t‰y™
∩®⊆∪
tΑ$s%
$tΒ
©Íh_©3tΒ
ϵŠÏù
’În1u‘
×öyz
’ÎΤθãΨ‹Ïãr'sù
>ο§θà)Î/
ö≅yèô_r&
ö/ä3oΨ÷t/
öΝæηuΖ÷t/uρ
$·Β÷Šu‘
∩®∈∪
Dostları ilə paylaş: |
|
|