Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

 
 
Iso alayhissalom yerda qancha muddat turadilar va so‘ng qaerga dafn etiladi? 
Ibn Kasir tafsirida yozadi: «Abdurahmon ibn Odam Abu Hurayradan (r.a.) rivoyat 
qilgan hadisda Iso alayhissalomning samodan tushib, yerda qirq yil yashashlari, so‘ng 
vafot etishlari va u Zotga musulmonlar janoza o‘qishi hikoya qilingan. Muslim keltirgan 
Abdulloh ibn Umar rivoyatida esa, Isoning yerda yetti yil bo‘lishlari aytilgan. Ehtimol, 
Isoning yer yuzida qirq yil turishida u Zotning samoga ko‘tarilishlaridan oldingi va yerga 
qaytib tushishlaridan keyingi umrlari qo‘shib hisoblangandir. Vallohu a’lam! 
Ya’ni, sahih qavlga ko‘ra, u Zot 33 yoshida samoga ko‘tarilganlar. Jannat ahli 
haqidagi hadisda jannatga kirgan mo‘minlar otalari Odam alayhissalom suratida 
bo‘lishlari va yoshlari esa Iso yoshida – 33da bo‘lishi xabar qilingan. Ibn Asokirning: 
«Iso 150 yoshida osmonga ko‘tarilgan», degan rivoyati esa, haqiqatdan yiroq hamda 
sahih naqllarga ziddir. 
Hofiz ibn Asokir Iso alayhissalom haqida gapirayotib, ba’zi salaflardan: «U 
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) yonlariga qo‘yiladi», degan so‘zni keltirgan. 
Vallohu a’lam (Ibn Kasir so‘zi tugadi). 
Ibn Asokir keltirgan rivoyatni Termiziy Abdulloh ibn Salomdan rivoyat qiladi: 
«Tavrotda Muhammad alayhissalom sifatlari va Isoning u zot yonlariga qo‘yilishi 
yozilgan». 
Abu Mavdud Madaniy aytadi: «Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) qo‘yilgan 
hujrada bir qarich joy qolgan» (Termiziy rivoyati, hasan). 
Ibn Kasirning yuqoridagi ikki – «40 yil» va «7 yil» haqidagi rivoyatni jamlashi (33ga 
7ni qo‘shib, 40 yil qilgan edi), ya’ni, bir-biriga bog‘lashi to‘g‘ri, kuchli qavl. Chunki 
mazkur ikkala rivoyat ham sahih. Shu bois, modomiki ularni bir-biriga bog‘lash mumkin 
ekan, hech qaysi rivoyatni rad etishning hojati yo‘q. Vallohu a’lam. 
Men Iso alayhissalomning Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hujralariga dafn 
qilinishlari haqidagi rivoyatni ham to‘g‘ri deb bilaman. Vallohu a’lam. Chunki roviy (ya’ni, 
Abdulloh ibn Salom) yahudiylarning ulkan ulamolaridan bo‘lgan. U Rasululloh (sollallohu 
alayhi vasallam) sifatlarini Tavrotda topganidan so‘ng Alloh hidoyati ila Islomni qabul 
qilgan edi. Payg‘ambar alayhissalom davrlariga qadar Tavrotda tahrif – buzilgan o‘rinlar 
unchalik ko‘p emasdi. Demak, Abdulloh ibn Salom aytgan yuqoridagi xabar ham 
Tavrotning aslidan olingan. Chunki tahrif Tavrotga ilgariroq kiritilganida edi, yahudiylar 
undagi Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) sifatlari zikrini ham, mazkur rivoyatni ham 
olib tashlagan bo‘lardilar. Vallohu a’lam. 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin