Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
49
Menimcha, tarixning tumanli va gumonli ekaniga yuqoridagi dalil kifoya qilsa kerak. 
Biz faqat salafi solihlarimiz tomonidan aytib o‘tilgan xabarlarni mahkam tuta olamiz. 
Alloh taologa behad hamdu sanolar bo‘lsin! 
«Fathul Boriy»da Ibn Hajar quyidagicha yozadi: «Ulkan faqih tobe’inlardan bo‘lmish 
Ubayd ibn Umayr yo‘lidan rivoyat qilishicha, Zulqarnayn piyoda haj qilgan va uning 
xabarini eshitgan Ibrohim alayhissalom Zulqarnaynga peshvoz chiqqanlar». 
Abdulloh ibn Abbosdan rivoyat qilinadiki: «Zulqarnayn Masjidul Haromga kirgan. 
Ibrohim alayhissalomga salom berib, u zotning qo‘lini olib ko‘rishgan». 
Usmon ibn Saj yo‘lidan rivoyat qilinishicha: «Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomdan: 
«Meni duo qiling», deb so‘raydi. «Qanday qilib seni duo qilay, – deydilar Ibrohim 
alayhissalom. – Axir sizlar (Zamzam) bulog‘ini bulg‘adingiz-ku!» 
«Bu ish mening tarafimdan sodir etilgani yo‘q», deydi Zulqarnayn. Ya’ni, bu ishni 
mendan beso‘roq qilishgan. 
Ibn Hishom yozadi: «Ibrohim bir masalada Zulqarnayndan hukm so‘radi. Zulqarnayn 
unga hukm chiqarib berdi». 
Ibn Hajar aytadi: «Mazkur rivoyatlar bir-birini tasdiqlab-quvvatlab kelyapti». 
Yuqoridagi rivoyatlarga ko‘ra, Zulqarnayn Ibrohim alayhissalomga zamondosh 
bo‘lgan. Demak, u Ibrohim alayhissalom Alloh amriga binoan kishilarni hajga 
chaqirganida hajga kelgan. 
 
βÏiŒr&uρ
’Îû
Ĩ$¨Ψ9$#
Ædkptø:$$Î/
š‚θè?ù'tƒ
Zω%y`Í‘
4’n?tãuρ
Èe≅à2
9ÏΒ$|Ê
š⎥⎫Ï?ù'tƒ
⎯ÏΒ
Èe≅ä.
?dksù
9,ŠÏϑtã
∩⊄∠∪
 
«Va odamlar orasida (yurib ularni) hajga chaqirgin, ular senga (ya’ni, sening 
da’vatingga javoban) yayov hollarida va yiroq yo‘llardan keladigan oriq-holdan 
toygan tuyalar ustida kelurlar» (Haj, 27). 
 
Qur’onda zikr etilgan Zulqarnaynning yunon shohi Iskandar emasligiga Ibn Hajar 
mana shuni dalil qilib ko‘rsatgan. Chunki Iskandar Iso alayhissalom zamonlariga yaqin 
yashab o‘tgan. Demak, bu Ibrohim alayhissalom zamonlaridan qariyb 2000 yil keyin 
bo‘lgan. 
Faxrur Roziy yozadi: «Zulqarnayn nabiy bo‘lgan. Iskandar esa kofir. Unga kofirligiga 
hech qanday shak-shubha bo‘lmagan Arastu ustozlik qilgan. Iskandar uning maslahatiga 
ko‘ra ish yuritgan». 
Ibn Hajar aytadi: «Zulqarnaynni Iskandar deb biluvchilar Tabariy va Muhammad ibn 
Robe’larning «Misrga tushgan sahobalar» kitobida keltirilgan quyidagi hadisiga 
suyanishadi. Lekin bu hadis roviylari orasida Ibn Lahiya ham bor: 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
50
83. Bir kishi Rasulullohdan (sollallohu alayhi vasallam) Zulqarnayn haqida so‘radi. 
Payg‘ambar alayhissalom shunday javob berdilar: «U rumlik bo‘lgan. Shohlik-mulk ato 
qilingach, Misrga kelib Iskandariyani bino qildi. Iskandariyani qurib bitirganidan so‘ng 
uning oldiga bir malak keldi. Zulqarnayn samoga ko‘tarildi. Malak unga: «Pastga bir 
qara», dedi. «Men (faqat) bitta shaharni ko‘ryapman», deb javob berdi Zulqarnayn. 
Malak dedi: «Bu yer. Alloh taolo (uni) senga ko‘rsatishimni xohladi. Darhaqiqat, Alloh 
yer yuzida senga saltanat-hokimlik berdi. Endi sen yer uzra yurib, bilmagan kishiga 
bildirgin, bilganlarni esa (yanada) sobit qilgin». 
Agar ushbu hadis sahih bo‘lganida, masala o‘z yechimini topardi. Lekin bu hadis zaif. 
Vallohu a’lam» (Ibn Hajar so‘zi tugadi). 
Ibn Hajarning hadisni Ibn Lahiya sababidan zaifga chiqarishi unchalik to‘g‘ri emas. 
Abdulloh ibn Lahiya rivoyat qilgan hadislarni rojih-kuchli gapga ko‘ra hasan deyish 
mumkin. 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin