Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
52
Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) bundan o‘n uch yarim asr muqaddam
Zulqarnayn qurgan to‘g‘ondan kichik teshik ochilganini aytgan edilar. Mo‘g‘ul-tatarlar
bosqini ham undan keyin bo‘ldi. Mo‘g‘ul-tatarlar Halako‘xon boshchiligida Abbosiylarning
so‘nggi vakili Mo‘’tasim xalifaligi davrida arab shaharlarining kulini ko‘kka sovurdi.
Rasulullohning (sollallohu alayhi vasallam) Ya’juj va Ma’jujlar haqidagi so‘zlari voqeda
ana shunday gavdalandi. Biz faqat o‘zimizcha shu to‘g‘ri deb aytyapmiz xolos. Keskin
hukm qilayotganimiz yo‘q. Zero, uning haqiqati yolg‘iz Allohgagina ayon!»
Hech shak-shubha yo‘qki, Qur’oni karimda Qiyomatning ulkan alomatlaridan
sanalgan, Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam) hadislarida rivoyat qilingan Ya’juj va
Ma’juj-larning chiqishi hali voqeda kuzatilmadi. Chunki bu «ulkan chiqish»ning eng
yorqin alomati uning Iso alayhissalom samodan tushgan vaqtda bo‘lishidir. Alloh taolo
ularni Iso va uning ashoblari duosi barakoti bilan halok etadi. Ya’juj va Ma’jujlar ustiga
qurtlar yuboriladi va ular xuddi bir kishining o‘limidek, baravar jon beradilar.
Bu haqda sahih hadislar rivoyat qilingan.
Dostları ilə paylaş: