|
qiyomat alomatlari ziyouz com
www.ziyouz.com kutubxonasi
40
«Qiyomat kunida esa u bularning zarrariga guvoh bo‘lur».
Ya’ni, samoga ko‘tarilishlaridan oldin va yerga tushganlaridan keyin ko‘rgan ularning
yomon ishlariga guvohlik beradi» (Ibn Kasir so‘zi tugadi).
Anusiy «Ruhul ma’oniy»da yozadi: «Oyatdagi har ikkala zamir Iso alayhissalomga
tegishli deyilgan (Ya’ni, (Isoning) o‘limi oldidan, unga (Isoga) iymon keltiradi). Ushbu
ma’nodagi so‘z-tafsir Ibn Abbos (r.a.), Abu Molik, Hasan, Qatodalardan ham rivoyat
qilingan. Tabariy ham shuni ixtiyor etgan. Ya’ni, Iso alayhissalom tushganlarida yer
yuzida mavjud barcha ahli kitob o‘limlari oldidan u Zotga iymon keltiradi. O‘sha kunga
kelib, dinlar bitta dinga aylanadi» (Anusiy so‘zi tugadi).
Lekin ba’zi mufassirlardan – ular orasida Ibn Abbos ham bor – sahih sanad bilan
boshqacharoq tafsir ham vorid bo‘lgan. Ya’ni, Iso alayhissalomga iymon keltirmay turib
(bironta) yahudiy o‘lmaydi».
Har ikkala tafsir to‘g‘ri. Ular bir-birini inkor qilmaydi. Zero, haq ahli quyidagi haqiqat
qarshisida bir xil fikrdalar:
Har bir bandaga o‘limi oldidan bilmagan (tushunmagan) narsasi oydinlashadi va u
shunda iymon keltiradi. Lekin u vaqtdagi iymon kishiga hech qanday foyda bermaydi.
ÏM|¡øŠs9uρ
èπt/öθ−G9$#
š⎥⎪Ï%©#Ï9
tβθè=yϑ÷ètƒ
ÏN$t↔ÍhŠ¡¡9$#
#©¨Lym
#sŒÎ)
u|Øym
ãΝèδy‰tnr&
ÝVöθyϑø9$#
tΑ$s%
’ÎoΤÎ)
àMö6è?
z⎯≈t↔ø9$#
Ÿωuρ
t⎦⎪Ï%©!$#
šχθè?θßϑtƒ
öΝèδuρ
î‘$¤à2
4
y7Íׯ≈s9'ρé&
$tΡô‰tFôãr&
öΝçλm;
$¹/#x‹tã
$VϑŠÏ9r&
∩⊇∇∪
«Na gunoh ishlarni mudom qilib yurib, qachonki, birovlariga o‘lim kelganida,
«endi tavba qildim», deydigan va na kofir holida o‘lib ketadigan kimsalarning
tavbalari qabul qilinur» (Niso, 18).
Demak, oyati karimani quyidagicha tushunmog‘imiz joiz ekan. Barcha ahli kitob – xoh
o‘zlarining o‘limlari oldidan bo‘lsin, xoh Iso alayhissalom tushganlarida u Zotning
o‘limlari oldidan – albatta, Isoga iymon keltiradilar. O‘shanda barcha dinlar bitta Islom
diniga aylanadi.
Bu ahli sunnat o‘rtasida ittifoq qilingan tafsirdir. Allohga behad hamdlar bo‘lsinkim,
Iso alayhissalomning tushishlari va u zot Masih Dajjolni o‘ldirishlari mutavotir hadislarda
rivoyat qilingan.
Dostları ilə paylaş: |
|
|