Microsoft Word qiyomat alomatlari ziyouz com doc



Yüklə 430,02 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/76
tarix13.05.2023
ölçüsü430,02 Kb.
#112966
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76
qiyomat alomatlari ziyouz com

www.ziyouz.com kutubxonasi 
36
Sayyod – Dajjol» degan fikrga, Dajjolning qaysi bir orolda zanjirband ekaniga to‘g‘ri 
kelmaydi». 
Lekin Ibn Hajar ko‘rsatgan sabablar Ka’bul Ahbor rivoyatini zaifga chiqarmaydi. 
Chunki Dajjol haqida Tavrotu Injilda hech narsa nozil qilinmagan bo‘lsa, bu hol Muso va 
Iso alayhissalomlarning qavmini Dajjoldan ogohlantirmaganini ang-latmaydi. 
Shuningdek, Dajjolning Misr qishloqlaridan birida tug‘ilishi ham Ibn Sayyodning 
Madinada tug‘ilganiga, uning Yaman dengizi orollaridan birida zanjirband qilinganiga zid 
emas. Chunki bu Dajjolning jin-shayton yoki insu jin hosilasi ekanini tasdiqlaydi. Demak, 
uning holati hatto hukmlari insonlar ahvol-ahkomidan to‘la farq qiladi. 
Alloh taolo Dajjolga shunday imkoniyatlarni bergan bo‘lishi mumkin. Shu bois uzoq 
bir orolda zanjirband holda turib, so‘ng yahudiy oilasida yana qaytadan tug‘ila oladi.
Demak, uning yahudiy otasi nomigagina ota. Ibn Sayyod o‘n ikki oy (to‘qqiz oy 
emas!) ona qornida yotdi va tug‘ilganida xuddi bir yashar go‘dakdek chinqirib yig‘ladi. 
So‘ng Harra kunida birdan g‘oyib bo‘lib qoldi-da, Isbahon yahudiylari orasida paydo 
bo‘ldi. Yahudiylar uni tanidilar. Atrofida daf-doiralar chalib raqsga tushishdi. Keyin bu 
yerdan ham yo‘qolib qoldi. Biron kishi uni ko‘rdim, ham demadi. 
Agar yuqoridagi gaplar sahih deb topilsa, Dajjolning yana bir bor Qavsdagi yahudiy 
oilasida dunyoga kelishi unchalik g‘ayrioddiy bo‘lmaydi. Tug‘ilganidan so‘ng o‘ttiz yil 
o‘tgach, dunyoga Dajjol bo‘lib chiqadi. Vallohu a’lam! 
g) biz Ibn Sayyodning shaytonligiga uning quyidagi so‘zlarini ham dalil qilib 
ko‘rsatishimiz mumkin. 
«Ibn Sayyod Abu Said Xudriyga (r.a.) dedi: 
– Allohga qasamki, men uning (ya’ni Dajjolning) hozir qaerdaligini ham, ota-onasini 
ham bilaman» (Muslim rivoyati). Ibn Sayyod: «Dajjolning hozir qaerdaligini bilaman», 
deganida uning uzoq bir orolda kishanlanib yotganini aytayotgani yo‘q. Chunki, buni 
sahobalarning o‘zlari ham yaxshi biladi. 
Bu yerda Ibn Sayyod ko‘proq o‘zini nazarda tutgan va ushbu taxminimizga Abu 
Saidning quyidagi so‘zlari ham dalolat qiladi: «U meni shubhalantirib qo‘ydi». 
Yana bir dalil: «Ibn Sayyoddan so‘rashdi: 
– O‘sha kishi (ya’ni, Dajjol) bo‘lib qolishni xohlarmiding? 
– Agar menga taklif qilinsa, yomon ko‘rmasdim (yo‘q demasdim), – javob berdi Ibn 
Sayyod». 
«Men uning ota-onasini ham bilaman!» 
So‘z zohiriga ko‘ra, Ibn Sayyod o‘zining haqiqiy jin-shayton ota-onasini nazarda 
tutgan deyish mumkin. Biz bu haqda avvalroq ham gapirib o‘tgan edik. 


Qiyomat alomatlari. Muhammad Salamat Jabar 

Yüklə 430,02 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   76




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin