Qiyomat alomatlari.
Muhammad Salamat Jabar
www.ziyouz.com kutubxonasi
34
Nuaym ibn Hammod fikri
Ibn Hajar aytadi: «Buxoriyning shayxi Nuaym ibn Hammod «Fitnalar» kitobida
Dajjolga va uning chiqishiga taalluqli hadislarni rivoyat qilgan.
Kitobdan
Jubayr ibn Nozir, Shurayh ibn Ubayd, Amr ibn Asvod va Kasir ibn
Murralarning quyidagi so‘zi keltirilgan:
«Dajjol inson emas. U Yaman orollaridan birida yetmish
halqa bilan kishanband
qilingan shaytondir. Dajjol chiqqanida oldiga urg‘ochi eshagi keladi. Uning (eshakning)
ikki qulog‘i orasi qirq ziro’ bo‘ladi. Eshagi ustiga misdan yasalgan minbar o‘rnatadi.
So‘ng uni minib oladi. Dajjolga jin qabilalari ergashadi. Unga yer xazinalarini chiqarib
berishadi».
Ular so‘ziga binoan Ibn Sayyodning Dajjol bo‘lishi mumkin emas. Bu ishonchli kishilar,
garchi rostgo‘y-ishonchli bo‘lsalar-da, yuqoridagi gapni biron
ahli kitobdan olishgan
bo‘lishi ehtimol»
(Ibn Hajar sharhi tugadi).
Ibn Hajar mazkur to‘rt ishonchli kishining «
Dajjol inson emas, shayton», degan so‘zini
inkor qilyapti. Ibn Hajarning hujjati shuki, agar ularning gapi tasdiqlanadigan bo‘lsa, Ibn
Sayyodning Dajjol ekani tasavvurga sig‘may qoladi (ya’ni Ibn Sayyod Dajjol bo‘lmaydi).
Lekin bu inkor g‘ayri maqbuldir.
Chunki Dajjol inson emas, shayton, degan so‘z Dajjolning mutlaqo inson emasligini va
uning to‘la-to‘kis jinlarga mansubligini anglatmaydi. Ehtimol, ular xuddi Ibn Vasif
sharhlagani kabi Dajjolni ins va jin o‘rtasidagi aralash maxluq demoqchidirlar.
Tarixchi Ibn Vasif aytadi: «Dajjol Shaqning (mashhur folbin) o‘zi.
Onasi jinlardan
bo‘lgan. (Shaqning) otasini yaxshi ko‘rib qolib, undan farzand ko‘rgan...»
(Bu yerda Ibn Hajarning yuqoridagi gaplari takrorlangan).
Har nima bo‘lganda ham, menimcha – yana tag‘in Allohning o‘zi bilguvchiroq – Dajjol
insu jin o‘rtasidagi bir maxluq yoki aniq jin-shaytonmi, bilmadimu,
lekin uning inson
(jinga aloqasiz inson) emasligi aniq. Dajjol sifatlari, fitnalari, hatto o‘ziga
ishongan
mo‘minni ham aldab-fitnalab qo‘yishi, vaholanki, u qabih ko‘rinishli, bir ko‘zli maxluq edi
va boshqa shu kabi insonga ta’sir qilish kuchlari faqat jin-shaytonda
yoki shayton bilan
ashaddiy kofir qo‘shiluvida hosil bo‘lgan. Aralash maxluqda shunday bo‘lishi mumkin,
xolos.
Alloh taolo O‘z fazli karami ila bizni dunyo fitnalaridan, qabr va oxirat azobidan omon
saqlasin. Omiyn.
Dostları ilə paylaş: