Tayanch iboralar: 1. korxona; 5. Korporatsiya; 2. Konsern; 6. Kartel; 3. Konsorsium; 7.Sindikat; 4. Xo‘jalik assotsiatsiyasi; 8.Trestlar va xoldinglar. Nazorat savollari: 1. Korxonaga ta’rif bering. 2. Bozor iqtisodiyoti sharoitida korxonaning qanday turlari bir-biridan
farqlantiriladi? 3. Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra korxonalar qanday turlarga
bo’linadi? 4. Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra korxonaning qanday turlari
mavjud? 5. Konsern va konsoriumning bir-biridan farqini izohlab bering. 6. Sindikatlarning xususiyatlarini sharhlang. Test savollari: 1. Ixtisoslashuv darajasiga ko’ra korxonalar qanday turlarga bo’linadi? A. ixtisoslashgan, universal, aralash
B. davlat, avtomatizasiyalangan, mexanik
C. xususiy, hissadorlik, aralash
D. moliyaviy, ixtisoslashgan, jamoa
2. Foydalanuvchi xomashyo turiga qarab sanoat korxonalari nechiga bo’linadi? A. qazib chiqaruvchi va qayta ishlovchi
B. sanoat va qishloq xo’jaligi
C. mexanik va ximik
D. mavsumiy va doimiy
3. Ishlab chiqarish va texnika munosabatlari belgisi bo‘yicha korxona bu.. A. ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar hajmi va turlari, ularni tayyorlash
texnologiyasiga miqdor va sifat jihatidan mos keluvchi mashinalar tizimi
B. xodimlar o‘rtasida ularni huquq va majburiyatlari asosida yuzaga keluvchi
munosabatlar
C. huquqiy shaxs sifatida faoliyat yuritadigan yuridik shaxs
D. tarmoqning mustaqil bo‘g‘ini bo‘lgan, o‘z-o‘zini moliya bilan
ta'minlangan, o‘z-o‘zini boshqarib faoliyat yuritadigan yuridik shaxs
4. Ijtimoiy munosabatlari belgisi bo‘yicha korxona bu...