Qaysi tarmoqqa qarashliligiga ko‘ra korxonalar ishlab chiqarish va noishlab
chiqarish (mashinasozlik, ko‘mir qazib chiqarish, sug‘urta va hokazo)
sohalariga
mansub bo‘lishi mumkin.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot turi va ko‘rinishiga ko‘ra, korxonalar sanoat,
qishloq xo‘jaligi, transport, moliya-kredit va boshqalarga bo‘linadi.
Texnologik umumiyligiga ko‘ra, korxonalar ishlab chiqarish jarayonini uzluksiz
va
diskret ravishda, kimyoviy yoki mexanik jarayonlarning ustunligi asosida
yurituvchilarga bo‘linadi.
Tayyor mahsulotning maqsadlariga ko‘ra, barcha korxonalar ikkita katta guruhga
bo‘linadi: ishlab chiqarish vositalarini ishlab chiqaruvchilar va iste'mol
mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilar.
Foydalaniluvchi xom ashyo turiga ko‘ra, sanoat korxonalari qazib chiqaruvchi va
qayta ishlovchi korxonalarga taqsimlanadi.
Yil davomida ishlash muddatiga ko‘ra, korxonalar mavsumiy va yil bo‘yi faoliyat
yurituvchilarga bo‘linadi.
Hajmiga ko‘ra, korxonalar yirik, mikrofirma va kichik korxonalarga taqsimlanadi.
Konsern umumiy manfaatlarga ega hamda shartnomalar,
kapital va
qo‘shma faoliyatda ishtirok etish bilan bog‘liq bo‘lgan korxonalarning yirik
birlashuvini aks ettiradi.
Dostları ilə paylaş: